8-ma’ruza. Algebra elementlarini o’qitish metodikasi reja



Yüklə 19,63 Kb.
səhifə1/2
tarix10.02.2023
ölçüsü19,63 Kb.
#83688
  1   2
8-ma\'ruzaMO\'M. HEMIS


8-MA’RUZA. ALGEBRA ELEMENTLARINI O’QITISH METODIKASI
REJA:

  1. Boshlang’ich sinflarda algebra elementlarini o’rgatish metodikasining umumiy masalalari

  2. Son va ifoda tushunchasi.

  3. Sonli vs harfiy ifoda.

Bugungi fan-texnika jadal sur’atlar bilan rivojlanib borayotgan bir davrda ta’lim-tarbiya sohasiham ancha oʻzgarishlarni taqozo qiladi. Umumiy oʻrta ta’limning “Milliy oʻquv dasturi” va “Ta’lim toʻgʻrisida”gi qonundan kelib chiqadigan muhim vazifalardan biri kelgusida barkamol, ilmli shaxslarni voyaga yetkazishdir. Bunday ma’suliyatli ish bevosita ta’lim-tarbiya muassasa xodimlarini befarq qoldirmasligi shart. Milliy oʻquv dasturida aytilganidek, matematika darslarini tashkil qilishda nazariyadan koʻra koʻproq amaliyotga e’tibor berish hamda oʻquvchilarga tayyor oʻquv materiallarini berishga asoslangan yondashuvdan ma’lum darajada voz kechish talab qilinadi. Matematika darslarida koʻproq keys, tadqiqot, loyiha, kichik oʻquv kashfiyotlari kabi interaktiv metodlardan foydalanish tavsiya etiladi. Oʻquvchilarda kichik tadqiqotchilik koʻnikmalarini shakllantirishda kuzatish, tajriba, oʻlchashlar, analiz(tahlil) va sintez, induksiya va deduksiya, taqqoslash va analogiya kabi ilmiy izlanish metodlaridan oʻrnida foydalanish talab etiladi. Oʻquvchilarda bilim va koʻnikmalarni shunchaki shakllantirib qolmasdan, ularni hayotiy vaziyatlarda qoʻllay olish kompetensiyalarini ham tarkib toptirish muhim ahamiyat kasb etadi. Boshlangʻich sinf oʻquvchilarini algebraik ifodalar bilan tanishtirish, ya’ni sonlarni harflar bilan belgilash, kelajakda oʻquvchilarning oʻzgaruvchi, funksiya tushunchalarini oʻrganishiga zamin tayyorlaydi. Kichik maktab yoshidagi oʻquvchilarni tenglama va masalalarni tenglama tuzib yechishga oʻrgatish, masalalarni turli usulda yechishni takomillashtirishda, masalalarni toʻgʻri tushunib mulohaza yuritishda muhim oʻrin tutadi. Algebraik material boshlangʻich ta’limning toʻrt oʻquv yilida oʻrganiladi. Algebraik materiallarni oʻrgatish jarayonida boshlangʻich sinf oʻqituvchisi quyidagilarni bilishi zarur: - boshlangʻich matematika kursidagi algebraik mazmundagi oʻquv materiallarni ularning sinflar boʻyicha milliy oʻquv dasturidagi ketma-ketligini; - algebraik materiallar bilan tanishtirish jarayonidagi oʻrganilayotgan arifmetik materiallar mazmunini; - algebraik materialni oʻrganish jarayonida foydalanadigan koʻrsatmali qoʻllanmalarni; - algebraik mazmundagi oʻquv topshiriqlari koʻrinishlarini; - algebraik materialni oʻrganishda foydalaniladigan didaktik oʻyinlarni; - algebraik materialning oʻrganilganligini tekshirishning turli shakl va metodlarini. Boshlangʻich sinflarda oʻrganiladigan algebraik materiallar quyidagilardan iborat: Mazkur mavzuni oʻqitish vazifalariga quyidagilarni kiritish mumkin: 1. Oʻquvchilarda sonli ifodalarni oʻqish, yozish va taqqoslash koʻnikmalarini shakllantirish; 2. Oʻquvchilarda ifodadagi amallarni bajarish tartibiga rioya qilgan holda hisoblash koʻnikmasini shakllantirish; 3. Oʻquvchilarni a+b, c-d, 6*a, d:4, c*d, a:b koʻrinishdagi harfiy ifodalarni oʻqish, yozish malakalarini shakllantirish va harflarning berilgan qiymatlarida ifoda qiymatini topishga oʻrgatish; 72 4. Oʻquvchilarni x+4= 12, x-7= 5, 8-x= 4, x*4= 16, x:3= 15, 28:x= 4 koʻrinishdagi sodda tenglamalar bilan tanishtirish va bu tenglamalarni tanlash, soʻngra amal komponentlari va natijasi orasidagi bogʻlanishlarga asoslanib yechish malakasini shakllantirish. Ikki amalli murakkab tenglamalarniyechishni hamda masalalarni tenglama tuzib yechishni oʻrgatish. Oʻqituvchi algebraik materiallarni oʻquvchilarga tushuntirar ekan, arifmetik material bilan algebraik materiallarni oʻqitishdagi uzviy bogʻliqlikni amalda qoʻllay olishi maqsadga muvofiq koʻrsatmali vositalarni qoʻllay olishi, maqsadga muvofiq didaktik oʻyinlardan foydalanishi, oʻquvchi bilimini sinashning turli shakl va metodlarini amalda qoʻllashi, algebra elementlarini qamrab oluvchi yozma mustaqil ish oʻquv topshiriqlarini tanlay olishi zarur. Oʻquvchilarni sonli ifodalar bilan tanishtirishda metodikada 4 bosqich koʻzda tutiladi. I bosqich. I sinfning boshidayoq, qoʻshish va ayirish amallari ma’nosini oʻzlashtirish bosqichida bolalar bunday ifodalarni oʻqiydi: «Beshga birni qoʻshsak, olti hosil boʻladi», «Sakkizdan uchni ayirsak, besh chiqadi». Misollarning yozuvdagi « + » va « – » belgilarining ma’nosi ushbu alomat boʻyicha oʻzlashtiriladi: koʻpayadigan (kamayadigan) boʻlsa, demak, qoʻshamiz (ayiramiz), demak « + » (« – » ) belgisini qoʻyish kerak. Birinchi sinfdan boshlab ifodalarning nomlari kiritiladi: 1. 3 + 2. Bu 3 va 2 sonlarining yigʻindisi. U 5 ga teng. 2. 6 – 4. Bu 6 va 4 sonlarining ayirmasi. U 2 ga teng. “Do‘stini top” o‘yini. O‘quvchilar Mushukvoy tayyorlab kelgan topshiriqni guruh bilan hamkorlikda bajaradi. Har ikkala qatordagi misollarni yechadi. Natijaga ajratilgan ranglar bilan jadval ichi bo‘yaladi. Bu o‘yinlar orqali o‘quvchilarni matematikaga bo‘lgan qiziqishi va ishtiyoqini o‘stirish mumkin. O‘quvchilar bu singari o‘yin topshiriqlarni ishtiyoq bilan bajaradi. II bosqich. Ikkinchi bosqichda matematik ifodalar bilan tanishish koʻpincha 1- bosqich amallari deb ataladigan 4 + 5 – 3, 3 + 3 + 3, 8 – 2 – 2, 10 – (3 + 4) kabi ifodalar va 2- bosqich amallari deb ataladigan 8 : 2 ∙ 3, 5 ∙ 4 : 10, 3 ∙ 2 ∙ 4, 20 : 2 : 5 kabi ifodalar xosdir. Bunday ifodalarni hisoblash usullarini ochib berayotib oʻqituvchi matematiklar bunday ifodalarning qiymatlarini, ularda amallar qanday tartibda yozilgan boʻlsa shu tartibda bajarib hisoblashga kelishib olganliklarini aytadi va bunday ifodalarni oʻqishni oʻrgatadi: 1. 4 + 5 – 3 - «Toʻrtga beshni qoʻshing va natijadan uchni ayiring»; 2. 5 ∙ 4 : 10 - «Beshni toʻrtga koʻpaytiring va natijani 10 ga boʻling». III bosqich. Bu bosqichdagi ifodalar toʻrt amalning hammasini oʻz ichiga oladi: 5 ∙ 3 + 10, 43 – 7 ∙ 6, 4 ∙ 8 + 15 : 5, 27 : 3 – 2 ∙ 4. Murakkab ifodalarni tuzish matematik diktant yordamida kiritilishi mumkin, masalan: «8 va 4 sonlarining koʻpaytmasini yozing, endi esa uni hisoblamasdan 20 sonini qoʻshing. Qanday ifoda hosil boʻladi?» IV bosqich. Bu bosqichga qavslarni oʻz ichiga oladigan ifodalar qaraladi. 1. Qavslarni shunday qoʻyingki, tengliklar toʻgʻri boʻlsin: 25 – 15 : 5 = 2, 3 ∙ 6 – 4 = 6, 24 : 8 – 2 = 4. 2. Yulduzchalar oʻrniga «+» yoki « – » belgilarini shunday qoʻyingki, toʻgʻri tengliklar hosil boʻlsin: 38 * 3 * 7 = 34, 38 * 3 * 7 = 42, 38 * 3 * 7 = 28, 38 * 3 * 7 = 48. 3. Yulduzchalar oʻrniga amallar ishoralarini shunday qoʻyingki, tengliklar toʻgʻri boʻlsin: 12 * 5 * 2 = 4, 12 * 6 * 2 = 9, 12 * 6 * 2 = 24, 12 * 6 * 2 = 0. Algebraik materiallarni oʻrganish orqali oʻquvchilarda matematik qobiliyat rivojlanadi. Bu matematikaning murakkab olamiga kirib borishning ilk qadami hisoblanadi. Yuqori sinflarga qadam qoʻyar ekan, algebraik materiallarni chuqur oʻzlashtirgan oʻquvchining matematikaga boʻlgan qiziqishi yanada ortadi. Buning uchun oʻqituvchining yagona vazifasi algebraik materiallarni oʻrgatish jarayonida darslik bilan chegaralanib qolmasdan oʻquvchilar uchun individual topshiriqlar tayyorlab, oʻquvchining bilimini yanada 73 mustahkamlashga harakat qilishdan iborat.

Yüklə 19,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin