Bioxilmaxillik – bu erdagi turli tuman hayotning xilma xilligidir. Bioxilmaxillik deganda ko`z oldimizga o`simliklar, hayvonlar va mikroorganizmlarning boy va xilma xil turfa olami keladi. Bioxilmaxillik o`z ichiga quyidagilarni oladi:
Bioxilmaxillik

Genetik xilma-xillik – Er sayyorasidagi tarqalgan organizmlarning genetik axborot hajmini o`z ichiga oladi.
Turlar xilma-xilligi – Er sayyorasidagi tirik organizm turlarning turli-tumanligini o`z ichiga oladi.
Ekotizimlarning xilma-xilligi – biosferadagi yashash muhitlari va biotik jamoalarni turli xil tumanligini, kechayotgan ekologik jarayonlar ilma-xilligini o`z ichiga oladi.

O`simliklar va hayvonot dunyosi
Olimlarning fikricha, Yerdagi taksonomik jihatdan aniqlangan turlarning soni 13 millionga yaqindir. Hozirgi paytgacha, Yer yuzida 1,75 million turlar aniqlangan bo‘lib, ulardan 750000 - hasharotlar, 41000 - umurtqali hayvonlar, 250000 – o‘simliklar tashkil etadi. Qolgan turlar-murakkab tarkibdagi umurtqasiz hayvonlar, suv o‘tlari, mikroorganizmlar va boshqa organizmlardan iborat. Hozirgi kunda biz ko‘rayotgan bioxilma-xillik Yerdagi tashqi va ichki tabiiy jarayonlar natijasida yuz million yillar davomida kechgan murakkab evolyutsiya jarayonining natijasi va hosilasidir.So‘nggi yillarda tabiatda antropogen (shuningdek, texnogen) ta'sirning zo‘rayganligi, ekologik o‘zgarishlarning sodir bo‘layotgani hamda o‘rmonlar (ayniqsa, nam tropik o‘rmonlar) egallagan hududlarning o‘rmonlarning kesilishi natijasida qisqarishi natijasida bioxilma-xillikka putur yetdi, ko‘plab o‘simlik va hayvonot turlari butunlay yo‘qoldi yoki ularning soni keskin kamaydi. Bioxilma-xillik bu sayyoramizning hayot resurslarini saqlab qolish demakdir. BMT ma'lumotlariga binoan, Yer yuzi aholisi tez ko‘payib borayotgan bir paytda, hayvonot dunyosi 3/1 qismga kamayib bormoqda. Xususan, 21 % sut emizuvchilar, 30 % sudralib yuruvchilar, 12 % qushlar, 17 % akulalar hamda 27 % korallar Yer yuzidan batamom yo‘qolib ketishi mumkin. Ayniqsa, Yevropada industrial rivojlanish tufayli qishloq xo‘jaligi hududlaridagi qushlar soni 40 % ga, iqlim o‘zgarishi tufayli dengiz qushlari soni esa 44 % ga kamaygan. Bu ma'lumotlarga qaraganda bioxilma-xillik misli ko‘rilmagan darajada kamayib bormoqda, o‘simlik va hayvonot turlarining yo‘qolish sur'ati nihoyatda yuqoridir.