8-ma’ruza mashg`uloti Mavzu: Termodinamika qonunlari. Reja: Erkinlik darajasi bo’yicha energiya taqsimoti



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə4/10
tarix23.06.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#134522
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
61a1f838889757.24184907

6-rasm. Sovutgich mashinasining tuzilishi
Termodinamik tizim sikl davomida temperaturasi past bo‘lgan termostatdan (T2) Q2 issiqlik miqdori oladi va temperaturasi yuqori bo‘lgan termostatga (T1) Q1 issiqlik miqdorini uzatadi.

shuning uchun bajarilgan ish manfiy hisoblanadi
,
yoki
Temperaturasi yuqori bo‘lgan termostatga (T1) berilgan Q1 issiqlik miqdori temperaturasi past bo‘lgan termostatdan (T2) olingan Q2 issiqlik miqdoridan tizim ustidan tashqi kuchlar bajarilgan A ish qiymatiga kattadir.
Tizim aylanma jarayon natijasida o‘zining boshlang‘ich holatiga qaytadi va tizimning ichki energiyasi o‘zgarmaydi
, ,
Odatda, aylanma jarayon vaqtida tizim tashqaridan issiqlik miqdorini olishi va unga uzatishi mumkin, shuning uchun
Q = Q1 – Q2
bu yerda Q1 – tizimning olgan issiqlik miqdori, Q2 – tashqariga uzatgan issiqlik miqdori. Shu sababli, aylanma jarayon uchun foydali ish koeffitsienti quyidagicha aniqlanadi:
,
Termodinamik jarayon agarda, avval to‘g‘ri siklda va keyin teskari siklda sodir bo‘lsa, u o‘z holatiga qaytuvchi jarayon deb hisoblanadi.Chunki bu holda atrof - muhit va qaralayotgan tizimda ortiqcha o‘zgarishlar sodir bo‘lmaydi. Shu sharoitga ega bo‘lmagan barcha jarayonlar qaytmas jarayonlar deb hisoblanadi.Istalgan muvozanatdagi jarayon qaytar jarayondir, chunki tizimda sodir bo‘ladigan muvozanatli jarayon uchun u to‘g‘ri yoki teskari yo‘nalishda o‘tishi muhim emas.
6. Termodinamikaning ikkinchi qonuni. Entropiya.
Ishchi jism R1 bosim va T1 temperatura bilan tavsiflanadigan 1 - boshlang‘ich holatdan, ketma - ket sodir bo‘ladigan izotermik va adiabatik jarayonlar orqali 3-holatga o‘tadi va T2 - sovutgich temperaturasiga ega bo‘ladi. Ishchi jismning holatini bunday o‘zgarishi isitgichdan olingan Q1 issiqlik miqdori hisobiga amalga oshadi. Ishchi jismning 3 - holatdan 1 - boshlang‘ich holatga qaytib o‘tishi yana izotermik va adiabatik siqilish hisobiga amalga oshadi. Holatning bu o‘zgarishida ajralib chiqqan Q2 issiqlik miqdori Q1 issiqlik miqdori qiymatidan kichikdir: Q2 Q1
Shunday qilib, ishchi jismning 1 - holatdan 3 - holatga va 3 – holatdan 1 – holatga o‘tishdagi qaytar jarayonda ajralib chiqqan va yutilgan issiqlik bir xil miqdorda emas ekan. Buning sababi, 1 - holatdan 2 - holatga ikki xil yo‘l bilan o‘tilganidadir, ya’ni, 1 - holatdan 3 - holatga o‘tish jarayoni katta bosim ostida kengayish, 3 - holatdan 1 - holatga o‘tish jarayoni esa, kichik bosim ostida siqilishi hisobiga amalga oshganligidadir. Bundan juda muhim xulosaga kelish mumkin: ishchi jismga uzatilgan yoki undan olingan issiqlik miqdori uning boshlang‘ich yoki oxirgi holatiga bog‘liq bo‘lmay, holatlarni o‘zgarish jarayonining ko‘rinishiga bog‘liqdir. Boshqacha qilib aytganda, Q issiqlik mikdori, ichki energiyaga o‘xshash, jism holatining funktsiyasi emas. Bu xulosa, termodinamikaning birinchi qonuni ifodasidan ham ko‘rinib turibdi:
Jismning dA – bajargan ishi (yoki uning ustidan bajarilgan ish) uni qanday amalga oshirilganiga bog‘liqdir. dU – ichki energiyaning o‘zgarishi esa, holatning qanday o‘zgarishiga bog‘liq emas.
Jismga T1 temperaturali isitgichdan uzatilgan Q1 issiqlik miqdori, T2 temperaturali sovutgichga berilgan Q2 issiqlik miqdoriga teng emas, ammo bu issiqlik miqdorlarning holatlar temperaturalariga nisbatlari, miqdor jihatdan bir-birlariga tengdir:
Bu - nisbatni ba’zan keltirilgan (tartibga solingan) issiqlik miqdor ideb ataladi.Jarayonning cheksiz kichik qismida jismga uzatilgan keltirilgan issiqlik miqdori ga tengdir. Istalgan qaytar aylanma jarayonlarda natijaviy keltirilgan issiqlik miqdori nolga tengdir:
Bu yopiq konturdan olingan integralning nolga teng bo‘lishi, integral ostidagi ifodani qandaydir funktsiyaning to‘la diferentsialiekanligini bildiradi
,
Bu yerda S – funktsiya holat funktsiyasi yoki entropiya deb ataladi.



Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin