8-ma’ruza Mikroprotsessorlar va mikrokontrollerlar Reja



Yüklə 389,5 Kb.
səhifə2/4
tarix02.05.2022
ölçüsü389,5 Kb.
#56800
1   2   3   4
8-Mikroprosessorlar. Mikrokontroller

Tashqi chiqma

Ta’rif

A/D[15:0]

Adreslar/ma’lumotlarning kichik 0 – 15 razryadlari

A[19:16]/ST[6:3]

Holat adreslari/signallarining katta 16 – 19 razryadlari

BHE* /ST[7]

Holat ma’lumotlari/signallari katta baytini uzatishga ruxsat

STB(QSO)

Adres strobi (komanda navbati holati)

R*

O’qish

W* /(LOCK*)

Yozish (kanalning blokirovkasi)

M-IO*(ST2*)

Xotira – tashqi qurilma (sikl holati)

OP-IP*(ST1*)

UzatishG’qabul (sikl holati)

DE*(STO*)

Ma’lumotlarni uzatishga ruxsat (sikl holati)

TEST*

Tekshirish

RDY

Tayyorlik

CLR

Tozalash (Сброс)

CLC

Takt signali

INT

Tashqi bo’linishga so’rov

INTA*(QS1)

Bo’linishning tasdig’i (komanda navbati holati)

NMI

Niqoblanmasdan bo’lininsh so’rovi

HLD(RQ*/EO)

PDP ga so’rov (magistraldan foydalanishga so’rov/tasdiq)

NLDA(RQ* /El)

PDP tasdig’i (magistraldan foydalanishga so’rov/tasdiq)

MIN/MAX*

(min / 1, max / 0) rejimning berilish imkoniyati

AMQ quyidagicha turkumlanadi:

• raqamli axborotni uzatish va ishlash jarayonlarini tashkil etish usuli bo’yicha ketma-ket va parallel AMQ farqlanadi. Ketma-ket AMQlarda raqamli axborotni uzatish va ishlash uning alohida xonalari ustida vaqt bo’yicha ketma-ket amalga oshiriladi. Parallel

AMQlarda raqamli axborotni uzatish va ishlash uning barcha xonalari ustida vaqt bo’yicha parallel amalga oshiriladi

• sonlarni ifodalash usuli bo’yicha qo’zg’almas vergulli sonlar ustida amal bajaruvchi, suriluvchi vergulli sonlar ustida amal bajaruvchi va ikkili-o’nli sonlap ustida amal bajaruvchi AMQlar farqlanadi.

Ikkili-o’nli sonlar ustida amal bajarilganida AMQ da o’nli tuzatish sxemasi bo’lishi shart. Bu sxema olingan natijani shunday o’zgartiradiki, har bir ikkili-o’nli xonada 9 dan katta bo’lmagan raqam bo’ladi.

• element va uzellarning ishlashi bo’yicha blok tipdagi va universal (kup vazifali) tipdagi AMQlar farqlanadi. Blok tipidagi AMQlarda asosiy amallar bir-biriga bog’liq bo’lmagan alohida bloklarda bajariladi. Universal AMQda barcha amallar bir xil uzellardan foydalanib bajariladi (8.2 rasm).

1K va 2K kalitlar quzg’almas vergulli sonlar ustida amal bajarish uchun 1, 2, 3 jamlagichlarni birlashtiradi.

Suriluvchi vergulli sonlar ustida amal bajarish uchun 2K kalit mantissani ishlash maqsadida 2 va 3 - jamlagichlarni birlashtirsa, 1K kalit 1-jamlagichni ikkinchi jamlagichdan ajratadi. 1-jamlagich tartibni ishlaydi.

8.2-rasm. Universal arifmetik-mantiqiy qurilma.
Strukturalari bo’yicha bevosita bog’lanishli va ko’pbog’lamli AMQlar farqlanadi. Ko’pbog’laml AMQlarda axborot manbai va qabul qiluvchi registlarning kirish va chiqish yo’llari bitta shinaga ulanadi. Kirish va chiqish yo’llari signallarining taqsimlanishi boshqarish signallari tasirida amalga oshiriladi.

Bevosita bog’lanishli AMQlarda qabul qiluvchi registrning kirish yo’li manbaa registrining va axborot ishlanadigan registrning chiqish yo’llari bilan bog’langan (8.3-rasm)

Masalan, bu sxemada jamlash quyidagicha amalga oshiriladi: operandlar 1-registrga beriladi. 2-registr sifatida to’plovchi jamlagich yoki xotirali avtomat ishlatiladi. Bu registr vaqtning turli onida kelayotgan qo’shiluvchilarni jamlaydi, natijani 3-registrga uzatadi.

8.3-rasm. Bevosita bog’lanishli arifmetik-mantiqiy qurilma.
Bu sxemada ko’paytirish quyidagicha amalga oshiriladi: ko’payuvchi 3-registrga, ko’paytiruvchi 1-registrga joylanadi. 2- va 3- registrlar siljituvchi registrlar. Ko’paytiruvchi xonasining qiymatiga qarab agar ko’paytiruvchi xonasi qiymati 1 bo’lsa, ko’payuvchi bir xonaga, agar ko’paytiruvchi xonasi qiymati 0 bo’lsa ko’payuvchi 2 xonaga siljitiladi. Bu qismiy ko’paytmalar 2-registrda jamlanadi.
4. Mikrokontrollerni (MK) bitta mikrosxemada joylashgan kompyuter sifatida tasavvur etish mumkinki, uning o’lchami va energiya iste’moli, narxi kichik; unumdorligi va ishonchliligi katta hamda turli masalalarni echishga moslanuvchanlik qobiliyati mavjud.

MKning mikroprotsessordan farqi shundaki, unda markaziy protsessordan tashkari xotira va ko’p sonli kiritishG’chikarish qurilmalari, analog-raqam o’zgartirgichlari, axborotni uzatishning ketma-ket va parallel kanallari, real vaqt taymerlari, modulyatorlar va x. mavjud. Tuzilishi va ishlash printsipi bo’yicha MKning shaxsiy kompyuterdan farqi yo’q. Shu sababli mikrokontroller va mikro-EHM atamalari sinonim atamalar hisoblanadi. Ammo mikrokontroller atamasi (inglizcha control - boshqarish so’zidan) keng tarkalgan, chunki u asosan turli qurilmalarga o’rnatilgan avtomatik boshqarish tizimlarida ishlatiladi. Bu qurilmalar -fotoapparatlar, uyali telefonlar, musiqa markazlari, televizorlar, yuvish mashinalari, mikroto’lqin pechlari, avtomobillar, yadro reaktorlari va h.

Arxitekturasi 8.4-rasmda keltirilgan MK8051 mikrokontroller namunaviy hisoblanadi va uning asosida juda ko’p mikrokontrollerlar yaratilgan. Markaziy protsessor - MKning asosiy uzeli - u bilan komandalar tizimi tushunchasi bog’liq.


Yüklə 389,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin