8-ma’ruza nochiziqli zanjirlar



Yüklə 468,96 Kb.
səhifə1/3
tarix12.05.2023
ölçüsü468,96 Kb.
#112180
  1   2   3
8-ma’ruza nochiziqli zanjirlar


8-MA’RUZA


NOCHIZIQLI ZANJIRLAR
Nochiziqli elektr zanjirlar nazariyasi
REJA:
8.1. Nochiziqli qarshilikli elektr zanjirlari elementlari, ularning parametrlari va xarakteristikalari.
8.2. Ferromagnit o‘zakli cho‘lg‘am xususiyatlari, xarakteristikalari va parametrlari.


8.1. Nochiziqli qarshilikli elektr zanjirlari elementlari, ularning parametrlari va xarakteristikalari.

Chiziqli elektr zanjirlarini tahlil qilishda shu paytgacha ular elementlarining parametrlari - rezistor qarshiligi R, g'altak induktivligi L, kondensator sig'imi C o'zgarmas bo'lib, zanjirdagi tok va kuchlanishlarga bog'liq emas, ya'ni ular chiziqli VAXga ega deb hisoblandi. Lekin bu holat zanjirdagi haqiqiy jarayonni ideallashtirishdir. Ko'pchilik hollarda elektr zanjirlardagi elementlar VAXsi nochiziq bo'lib, ularning parametrlari tok va kuchlanishlarning qiymatlari va yo'nalishlariga bog'liq bo'ladi. Bunday nochiziq elementlarning tarkibida hech bo'lmaganda bitta nochiziq elementi bo'lgan zanjirlar esa nochiziq zanjirlar deb ataladi.


Nochiziq zanjirlar energetika, avtomatika, radiotexnika, elektronika, elektr aloqa va boshqa sohalarda keng qo'llaniladi. Bunday zanjirlardagi jarayonlarni tahlil qilish chiziqli zanjirlardagi jarayonlarni tahlilidan ancha murakkabdir. Chunki, nochiziq zanjirlar o'zgaruvchan koeffitsiyentli tenglamalar bilan ifodalanadi.
Qarshilik, induktivlik va sig'im tegishli elementdagi elektr va magnit maydonlarining element yasalgan material bilan o'zaro ta'sirini miqdor jihatdan tavsiflaydi. Masalan, lE uzunlikdagi va SE kesimli to'g'ri chiziqli o'tkazgichning qarshiligi , kesimli va uzunlikli toroidal magnit o'tkazgichga o'ralgan va o'ramlar soni w ga teng bo'lgan g'altakning induktivligi , yupqa plastinalarining yuzasi S, ular orasidagi masofa d bo'lgan kondensator sig'imi formulalar bilan aniqlanadi.
Ko'pchilik elektrotexnika materiallarida va bog'lanishlar nochiziq funksiya ko'rinishida bo'ladi va shuning uchun ham bu materiallar asosida yasalgan rezistorlar, induktiv g'altaklar va kondensatorlar nochiziqlik xossalariga ega bo'ladi.
Nochiziq elementlar nochiziq rezistor, nochiziq induktiv g'altak va nochiziq kondensatorlarga bo'linadi.
Odatda nochiziq elementlar ikkita katta guruhga ajratiladi: boshqarilmaydigan (nochiziq ikkiqutbliklar) va boshqariladigan (nochiziq ikki-, uch-, to'rt- yoki ko'pqutbliklar). Birinchi guruh nochiziq elementlarga rezistor, diod, cho'g'lanma lampa, termoqarshilik, elektr yoyi, ferromagnit o'zakli induktiv g'altak, baretter, gazotron, stabilitron va boshqalar kiradi. Ikkinchi guruh nochiziq elementlarga bir nechta kirish qismalari bo'lgan va ulardan kamida bittasi boshqarish maqsadida foydalaniladigan elementlar kiradi. Bularga tranzistor, tiristor, radiolampa va boshqalar misol bo'la oladi.
Nochiziq elementlar xossalarini ularning VAXlari yordamida tahlil etish qulay hisoblanadi. VAX bir qiymatli va ko'p qiymatli bo'lishi mumkin. Bir qiymatli VAXlarda argument (masalan, tok) ning har bir qiymatiga funksiya (masalan, kuchlanish) ning faqat bitta qiymati mos keladi. Ko'p qiymatli VAXlarda esa argumentning bir qiymatiga funksiyaning bir nechta qiymatlari mos keladi. Masalan, gisterezis sirtmog'i ko'p qiymatli VAX lar guruhiga kiradi.
Nochiziq elementlar VAXsining ko'rinishiga ko'ra simmetrik va nosimmetrik VAXli elementlarga bo'linadi. Simmetrik VAXli nochiziq elementlarda xarakteristika elementdagi tok va kuchlanishning ishorasiga bog'liq bo'lmaydi (8.1.1-rasmdagi 1-egri chiziq). Bunday elementlarga cho'g'lanma lampa, termorezistor, ferromagnit o'zakli g'altak va boshqalar kiradi. Nosimmetrik VAXli nochiziq elementlarda xarakteristikaning ko'rinishi undan o'tayotgan tokning yo'nalishiga va qismalardagi kuchlanish ishoralariga bog'liq bo'ladi (8.1.1-rasmdagi 2-egri chiziq). Bunday elementlarga diod, stabilitron, dinistor va boshqalar kiradi.
Agar nochiziq element VAXsining ma'lum qismida yoki bo'lsa, u holda bunday element nobarqaror VAXli element deb ataladi. Ularning VAXsi N yoki S harfini eslatadi. Masalan, tunnel diod VAXsining ning shakli N harfiga o'xshash bo'lganligi uchun u N turdagi nochiziq qarshilik deb ataladi.
Amaliyotda ko'p qo'llaniladigan nochiziq rezistorlar quyida keltirilgan:
Varikap - p-n o'tishga asoslangan sig'imli yarim o'tkazgich element.

Yüklə 468,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin