Salt ishlash qо‘shimcha isroflari Salt ishlash qо‘shimcha isroflari Rq.o ning asosiy tashkil etuvchilari: a) pо‘lat tunukalarga mexanik ishlov (shtampovka) berilishi natijasida pо‘latning tuzilishini (strukturasi) о‘zgarishi natijasida hosil bо‘lgan quvvat isrofi; b) о‘zakning qismlari tutashgan joylari va о‘zakni tortuvchi shpilka о‘rnatilgan joylardagi induksiyaning har xilligi tufayli vujudga kelgan isrof; v) о‘zakning maxkamlagichlari va boshqa konstruktiv qismlar – shpilkalar, tо‘sinlarni siquvchi pо‘lat balkalar, transformator bakida va h.k. larda hosil bо‘luvchi isroflar; g) yuqori kuchlanishli transformatorlarning himoyalovchi materiallaridagi qо‘shimcha isrof.
Salt ishlash rejimidagi qо‘shimcha isroflarini aniq hisoblashning imkoni yо‘q, shuning uchun ularni transformatorning salt ishlash isroflarining tarkibiga qо‘shgan holda, avvaldan tuzilgan jadval yordamida aniqlanadi. Issiq juvalangan pо‘latlardan tayyorlangan transformatorlarda salt ishlash rejimidagi qо‘shimcha isroflarining hamma turlari magnit о‘zakdagi induksiyaning qiymati 1,5 Tl dan ortib ketgandan keyin kо‘payadi. О‘tkazilgan tadqiqotlarning natijalaridan kо‘rinib turibdiki, transformatorning magnit о‘zaklaridagi induksiyaning qiymati kо‘pincha uchraydigan 1,15 1,17 Tl qiymatga yaqin bо‘lganda qо‘shimcha quvvat isrofi Rq.o ning ulushi asosiy isroflar Rp.a ning 15 20% ini tashkil etadi.
Transformatorning foydali ish koeffitsiyenti Transformatorni quvvat isroflari chо‘lg‘amlaridagi elektrik isroflarga va magnit о‘zakdagi magnit isroflarga bо‘linadi. CHо‘lg‘amlardagi uyurma toklar hisobiga hosil bо‘lgan quvvat isroflari uncha katta bо‘lmaganligi sababli ularni chо‘lg‘amlardagi elektrik isroflarga qо‘shib hisoblanadi. Bundan tashqari transformatorning rostlovchi chо‘lg‘amlarida va konstruktiv elementlarida sochilish magnit oqimi hisobiga uyurma toklar hosil bо‘ladi va qо‘shimcha quvvat isroflarini keltirib chiqaradi. Quvvatning bu isroflari tokning kvadratiga proporsional bо‘lganligi sababli ularni ham elektrik isroflarga qо‘shib hisoblanadi. Qisqa tutashuv qarshiligining aktiv tashkil etuvchisini tajribada aniqlangan qiymati, yuqoridagi qо‘shimcha isroflarni ham о‘z ichiga oladi. Quvvatning magnit isroflari yuklama о‘zgarganda biroz о‘zgarishi mumkin, shuning uchun davlat standarti magnit isroflarni salt ishlash rejimining quvvati R0 ga teng deb qabul qilishni tavsiya etadi. Quvvatning qо‘shimcha elektrik isroflarini transformatorning chо‘lg‘amlaridagi qisqa tutashuv quvvati Rq ga teng deb hisoblanadi. Agar transformatorning yuklamasi nominal yuklamadan farq qilsa, u holda yuklamaning IIn qiy-matlaridagi elektrik isroflarni Rk ga teng deb qabul qilinadi, bu yerda Kyuk yuklanish koeffitsiyenti deyilib, quyidagicha aniqlanadi Kyuk =I2/I2n. Shunday qilib, nominal kuchlanish ostida ishlayotgan transformatordagi quvvat isroflarining yig‘indisi
R=Rmg+Rel=R0+K2yuk Rk (5-22)
Isteomolchiga uzatilayetgan foydali quvvatni Davlat standarti bо‘yicha quyidagicha hisoblanadi.
R2=Kyuk Snsos2 (5-23)
Bu formulada yuklama о‘zgarganda ikkilamchi kuchlanishni bir oz о‘zgarishini hisobga olinmaydi. Yuqorida aytib о‘tilganlariga asosan transformatorning foydali ish koeffitsiyenti
= (5-24)
Transformatordagi о‘zgaruvchi quvvat isroflar, yaoni elektr isroflar о‘zgarmas, magnit isroflarga teng bо‘lganda foydali ish koeffitsiyenti eng katta qiymatiga erishadi.
Nazorat savollari 1. Transformatorlarda foydali ish koeffitsiyentini tushurtirib bering
2. Transformatorlarda isroflarning turlarikanaka buladi
3. Transformatorlarda salt ishlash rejimi kanaka isrof turiga kiradi Adabiyotlar: 1. Волдек А. И. «Электрические машинў» Москва. Энергия, 2018 г.
2. Kamolov N. K. Usmonov SH.Y. «Elektromexanika» fanidan darslik
3. U.Ibroximov «Elektr mashinalari».
4. Иванов-Смолинский А.В Электрические машина, «Энергия», 2018й.