13
Olimlar fikrlaridan shunday xulosaga kelish mumkinki, integratsiya differensiya
jarayonlari bilan birgalikda fanlarni yaqinlashtirish va bog‘lash jarayoni bo‘lib, yangi,
butun, yaxlit bo‘limlar yaratishga yordam beruvchi, fanlararo aloqalarni amalga
oshiruvchi yuqori ko‘rinishdir. O‘quv predmetlari orasida integratsiya predmetlar
tizimini inkor etmaydi va integratsiya tizimini takomillashtirish, kamchiliklarni
bartaraf etish yo‘li bo‘lib, predmetlar orasidagi aloqalar va bog‘liqliklarni
chuqurlashtirishga qaratilgan bunday yondashuv-differensiya va integratsiya orasidagi
munosabatlarni tushunishga tayanadi.
Pedagogikaning maqsadi bir hil maqsad vazifalarga ega bo‘lgan turli fanlarning
element va qismlarini bir butunga birlashtirishga yo‘naltirilgan integratsiyani amalga
oshirishda o‘qituvchilarga yordam berishdir. Ko‘p yillik kuzatishlar shuni ko‘rsatadiki,
boshlang‘ich sinf o‘quvchilari, keyinchalik esa bitiruvchilar u yoki bu fanlarni
o‘rganib, boshqa fanlarni o‘rganishga qiynaladi, ularda mustaqil fikrlash, olingan
bilimlarga o‘xshash yoki yangi vaziyatlarga ko‘chira bilish ko‘nikmalari yetishmaydi.
Bularning hammasi dars jarayonida turli fanlar bo‘yicha mashg‘ulotlarning o‘zaro
kelishmovchiligi tufayli sodir bo‘lmoqda. Bu holatda integratsiya bir predmet bo‘yicha
bilimlarni ikkinchisiga ko‘chirish va faoliyatning almashinishi emas, balki zamonaviy
fanlar integratsiyasi yo‘nalishlarini aks ettiruvchi yangi didaktik ekvivalentlarni
yaratish jarayonidir. Qator olimlar maktab ta'limini integratsiyalashning muhimligiga
e'tibor qaratsa, ba'zilari integratsiya darsni samarali tashkil qilish vositasi, predmetlar
aloqalarini yangi pog‘onalarga ko‘tarish shakli, deb hisoblaydi. Demak, integratsiya -
o‘quvchining turli fanlar bo‘yicha kuzatishlari va xulosalarini tasdiqlab yoki
chuqurlashtirib beruvchi yangi dalillarni topib berish manbaidir. Ular faoliyatning turli
shakllarini almashib turishi orqali o‘quvchilarning charchashi va asabiylashishini
oldini oladi.
Dostları ilə paylaş: