8-mavzu. Dinlar o’zaro ta’sirining globallashuvi Reja:
1. Dinning madaniyat fenomeni sifatida o‘ziga xos xususiyatlari.
2. Dinlarning rivojiga globallashuvning ta’siri. Din globallashuvining mezonlari.
3. Din globallashuvida xalqning iroda va erkinligi masalasi. Din o”zaro aloqasining o’ziga xos xususiyatlari.
4.Globallashuvning a’anaviy dinlarga ta’siri. Islom dinida globallashuv talqini.
Tayanch so‘z va iboralar: Religiya, Diniy madaniyat, Din globallashuvi, Xristainlik dini, Islom dini, Buddaviylik dini, Byuk geografik kashfiyotlar, migrasiya, missyonerlik, islomofobiya, diniy ekstrimizm va terorizm. Fanda taxminan besh mingta din ma’lum bo‘lib, ular rang barang diniy shakllari va til ifodasidagi o‘ziga xos xususiyatlari bilan ajralib turadi. Bunday holat din tushunchasi va ta’rifini ishlab chiqish, ya’ni din nima degan savolga javob topish muammosini bir qadar murakkablashtirib yuboradi. Hozirda dinning taxminan 250ta ta’rifi, shu jumladan, diniy, ya’ni teologik ta’rifi, aniq fanlarning qoidalari va empirik materiallari asosida shakllanadigan ta’riflari, shuningdek dinning mohiyatini ochib berishga da’vogarlik qiluvchi falsafiy ta’riflari mavjud.
«Religiya» atamasi lotincha «relegere» - birgalikda bog‘liq degan so‘zdan, mazkur holatda dindor odamning ilohiy mavjudotlar bilan bog‘liqligini anglatuvchi so‘zdan, shuningdek «religio» – xudojo‘ylik, ehtirom degan so‘zdan kelib chiqqan. Bu atama nasroniylik (xristianlik) ana’analari uchun xosdir.
Sansrkitchada dharma atamasi qo‘llanilib (oriy tilida dhar – tasdiqlamoq, qo‘llab-quvvatlamoq, himoya qilmoq) ta’limot, ezgulik, axloqiy ibtido, burch, adolat, qonun degan ma’nolarni anglatadi. Bu so‘z buddizmda qo‘llaniladi, Hindistonda xalqning turmush tarziga hamda uni belgilovchi qoidalar yig‘indisiga nisbatan ham tatbiq etiladi.
Islomda din atamasi qo‘llanilib, u dastlab hokimiyat, bo‘ysundirish degan ma’noni anglatgan, keyin esa Parvardigorga va Uning cheksiz hukmiga so‘zsiz itoat etish, o‘zini Allohga topshirish, diniy ko‘rsatmalarni bajarish, chin e’tiqod yo‘lida komillikka intilish ma’nosida ishlatilgan. Din - iymon (arabcha ishonmoq, e’tiqod qilmoqa), islom ( o‘zini Allohga bag‘ishlamoq, itoatgo‘ylik, diniy ko‘rsatmalarni bajarish), ixson (samimiylik, vijdonlilik, pok qalblilik) degan so‘zlarni ifodalay boshladi.
Xitoy tilida dinga nisbatan chiao – ta’limot degan so‘z qo‘llaniladi.
Qadimiy slavyanlarda «vera»(«e’tiqod»), «verstvo»(«e’tiqodlilik»), «verovaniya» («e’tiqod qilmoq») degan so‘zlar qo‘llaniladi. Rus tilida XUSH asrdan boshlab «religiya»degan so‘zdan foydalanib kelinadi.
Din falsafiy jihatdan guruh, individ ma’naviy hayotining sohalaridan birini; olamni anglash vositasini; inson va jamiyatning vujudga kelish jarayonida zaruriy tarzda yuzaga keladigan ma’naviy ishlab chiqarish sohalaridan birini; hayotiy faoliyatning bir jihatini anglatadi. U voqelikni o‘ziga xos shaklda ifodalaydi va aks ettiradi, madaniyat fenomeni hisoblanadi.
Axloqning ziddi - g‘ayriaxloqiylik ko‘pincha turli ziddiyatlar ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. Taassuflar bo‘lsinki, davlatlar, millatlar o‘rtasida, sun’iy ravishda, ziddiyatlar keltirib chiqarish bilan maxsus shug‘ullanadigan guruhlar ham mavjud. So‘nggi yillarda siyosatshunoslar tomonidan xalqaro miqyosdagi mavjud mojarolar va ziddiyatlar mohiyatini aniqlash borasida muayyan ilmiy kuzatishlar olib borilmoqda. Ulardan katta qiziqish uyg‘otgani Amerika politologi S.Xantingtonning «Madaniyatlar to‘qnashuvi» nomli asaridir1. Asarda endigi ziddiyatlarning davlatlar emas, madaniyatlar o‘rtasidagi kurash bilan bog‘lanishi haqida fikr yuritiladi. Muallif o‘z qarashlarida konfliktlarning rivojini, ularning o‘zaro ziddiyatli, qarama-qarshi xususiyatlarining mohiyatini metodologik jihatdan asoslashga urinadi. Masalan, u shunday deydi: «Mening gipotezam shundaki, yangi davr konfliktlar omili mafkuraviy, iqtisodiy asoslarda emas, balki madaniy farqlarda namoyon bo‘ladi. Xalqaro maydonda eng kuchli faoliyat ko‘rsatuvchilar sifatida milliy davlatlar ustuvorligi ta’minlanadi. SHu tariqa asosiy konfliktlar sivilizatsiyalarga tegishli bo‘lgan millatlar yoki guruhlar o‘rtasida sodir bo‘ladi. Kelajak konfliktlar o‘chog‘i sifatida sivilizatsiyalar o‘rtasidagi to‘qnashuvlar bo‘lib qoladi.
Sivilizatsiyalar o‘rtasidagi to‘qnashuvlar bugungi dunyoning mojarolari evolyusiyasining eng so‘nggi nuqtasi sifatida namoyon bo‘ladi»1.
Xantington gipotezasi o‘z-o‘zicha amalga oshishi mumkinligi taxmini bilan dunyoni vahimaga soladi. U nafaqat mojarolarning rag‘batiga sababchi bo‘lmoqda, aslida xalqaro munosabatlarda kuchlar muvozanatini buzishga, xalqaro birlashmalar o‘rtasida antagonizmni kuchaytirishga va oqibatda G‘arb va g‘arb bo‘lmagan davlatlar o‘rtasida xavfli mojorolarning paydo bo‘lishiga olib kelmoqda.
Agar millatlar qurol–aslaha to‘plashga harakat qiladigan bo‘lsalar, dunyo hech qachon tahdidlardan xavfsiz bo‘la olmaydi. Xantington shu tariqa AQSH ga echimi yo‘q global siyosat g‘oyasini o‘rtaga tashlaydi2.
U islomga g‘arb uchun katta tahdid soluvchi yirik madaniyat sifatida qaraydi. Uning mavjud xalqaro tahdidlar borasida bildirgan tahliliy fikrlari bilan butunlay qo‘shilib bo‘lmaydi, albatta. Faqat madaniyatlar uyg‘unligi insoniyatni tahdidlardan xolos etadi, degan g‘oya asoschisi Toynbidan farqli o‘laroq, tahdidlarni ularga qarshi turish yo‘li bilan bartaraf etish taklifini bildiradi3. Bunday munosabat madaniyatlar o‘rtasidagi mavjud ziddiyatlarni chuqurlashtirishi mumkin ekanligini e’tiborga olmaydi. Ayni paytda, olimning madaniyatlar o‘rtasidagi to‘qnashuvlar rivojini tarixiy va tadrijiy jihatdan paydo bo‘layotgan tahdidlar deb qarashida dalillardan ko‘ra ehtiroslar ustuvorlik qilganga o‘xshaydi.
Dinning madaniyat fenomeni sifatida o’ziga xos xususiyatlari. Islom dinida globallashuvning talqini. So’fizmda global muammolarning ko’tarilishi. Dinlarning rivojiga globallashuvning ta’siri. Din globallashuvining mezonlari. Din globallashuvida xalqning iroda va erkinligi masalasi. Din o’zaro aloqasining o’ziga xos xususiyatlari. Globallashuvning a’anaviy dinga ta’siri.