ATC
AVC
0
Q2 Q1
Firmaning yopilish nuqtasi
AFC
Q
12.7-rasm. Raqobatlashuvchi firmaning qisqa muddatli oraliqdagi harakat qilish qoidalari
B nuqta firmaning yopilish nuqtasi hisoblanadi. Yuqoridagi qoidalar firma uchun umumiy xarakterga ega. Firma qaysi bozorda faoliyat ko`rsatishidan qat`iy nazar ushbu qoidalar o`z kuchini saqlaydi.
12.7-rasmdagi A nuqta firmaning zararsiz ishlash nuqtasi deyiladi, bu
nuqtada
Pe min ATC(Q)
bo`lib, firma zarar ham ko`rmasdan, foyda
ham olmasdan ishlashini ifodalaydi.
Raqobatlashgan firmaning qisqa muddatli oraliqdagi taklifi
Firmaning taklif chizig`i har bir mumkin bo`lgan narxlarda firma qancha miqdorda mahsulot ishlab chiqarib taklif qilishini ifodalaydi. Yuqorida ko`rdikki, firma mahsulot ishlab chiqarishni narx chekli xarajatga teng bo`lgunga qadar oshiradi va narx o`rtacha o`zgaruvchan
xarajatdan kichik bo`lsa, ishlab chiqarishni to`xtatadi (firma yopiladi).
Demak, firmaning noldan yuqori hajmdagi ishlab chiqarish Q 0 taklif
chizig`i chekli xarajatning ( MC) o`rtacha o`zgaruvchan xarajatning minimumidan yuqorida yotgan qismi bilan ustma-ust tushadi.
AVC minimumidan yuqori bo`lgan har qanday narx P' da foydani
maksimallashtiradigan ishlab chiqarish hajmi aniqlashimiz mumkin (12.8-rasm).
Q' ni grafik orqali
P P'
Dostları ilə paylaş: |