audiovizual vositalardan zamonaviy kompyuterlarga o‘tish uchun ellik yildan kamroq
vaqt talab etildi. Misli ko‘rilmagan sur’atlarda - atigi 10-15 yil ichida odamlar
Internet va uyali aloqa yordamida muloqot qilish uchun cheksiz imkoniyatlarni
qo‘lga kiritdilar. YAngi ixtirolar yaratilganidan ular amalga
joriy etilgunga qadar
o‘tadigan vaqt ham yanada qisqardi; ular endi aksariyat hollarda yillar bilan emas,
balki oylar va hatto kunlar bilan o‘lchanadi. XXI asrning eng so‘nggi
kashfiyotlaridan biri bo‘lmish nanotexnologiyalarning (mitti texnologiyalar)
yaratilishi insonning barcha sohadagi imkoniyatlarini yanada kengaytirdi.
SHunday qilib, atigi ikki-uch yuz yil muqaddam turli
millatlar asosan alohida-
alohida yashagan, ularning o‘zaro aloqalari yaxshi yo‘lga qo‘yilmagan bo‘lsa,
endilikda Erda nafaqat «oq dog‘lar», ya’ni inson oyog‘i etmagan joylar qolmadi,
balki tabiiy holatiga inson bevosita yoki bilvosita ta’sir ko‘rsatmagan sof
hududlar, suv va fazo bo‘shliqlari ham deyarli mavjud emas. Bularning barchasi endi
bizning sayyoramizni «umumiy uy», «Koinotdagi orolcha», «qattiq to‘lqinlanayotgan
okeandagi qayiq», «dunyoviy qishloq» deb, barcha odamlar uchun umumiy tus olgan
muammolarni
esa - olamshumul, umuminsoniy, global deb nomlash uchun asos
bo‘lmoqda.
Dostları ilə paylaş: