8-mavzu. Havoyi bog`lovchilar. Ma’ruza rejasi


Qurilish va yuqori mustahkamlikka ega gipslar



Yüklə 40,13 Kb.
səhifə3/4
tarix21.12.2022
ölçüsü40,13 Kb.
#77016
1   2   3   4
8-ma\'ruza (5)

Qurilish va yuqori mustahkamlikka ega gipslar
Hosil boʼlgan mayda tosh holatdagi gipsni maydalab kukunga aylantirilib oʼta tez qotuvchan gips bogʼlovchisi tayyorlanadi. Ushbu jixatlarni hisobga olib gips bogʼlovchisi tayyorlashni shartli ravishda 3 usulga boʼlish mumkin:
Gips toshi maydalanadi, tuyiladi va pishiriladi;
Gips toshi maydalanadi, yuqori bosim ostida bugʼlanadi, soʼng quritib tuyiladi.
Gips toshi gips pishirish qozoni, aylanma xumdonadorlikadorlik, quritish barabani, shaxtali tegirmon va boshqa apparatlarda issiqlik bilan qayta ishlanib bogʼlovchiga aylantirilishi mumkin. Gips pishirish uskunalari davriy va uzluksiz ishlaydigan turlarga boʼlinadi. Davriy uslubda ishlaydigan gips pishirish qozoni hajmi 3-15 m3 boʼladi. Qozon pastki qismida yoqilgan oʼtdan qizigan havo qozonning pastki, oʼrta va yuqori qismlarida quvurlar ichidan oʼtib gips hom ashyosini qizdiradi.
Maydalab, quritilib tegirmonda tuyilgan gips toshi qozonning yuklash moslamasi (lyuki) orqali solinadi va 1-3 soat davomida kurakli tik val yordamida toʼxtovsiz aralashtirib turiladi. Pishirilgan gips bogʼlovchisi qozonning pastki qismidagi maxsus teshik orqali yetiltirish bunkeriga uzatiladi va 20-40 minut saqlanadi. Bu yerda mahsulotning issiqligi tufayli qisman chala pishgan gips toshi zarrachalari suvsizlanadi.
Gips toshi aylanma xumdonlarda pishirilganda qizigan yoqilgʼi gazlar qarshi harakatlanayotgan hom ashyoni bevosita qisman suvsizlantiradi va yarim molekulyar suvli gips hosil boʼladi. Pishirilgan gips sharli tegirmonda tuyiladi.
Gips toshi bir yoʼla pishirilishi va tuyilishi ham mumkin. Buning uchun sharli tegirmonlardan foydalaniladi. Bu usul uzluksiz boʼlib, tegirmonda kukunlangan gips toshi zarrachalari qizdirilgan tutun gazlari oqimi vositasida suvsizlantiriladi va maxsus siklon moslamalarida gips zarrachalari choʼktiriladi.
Hosil boʼlgan mayda tosh holatdagi gipsni maydalab kukunga aylantirilib oʼta tez qotuvchan gips bogʼlovchisi tayyorlanadi. Ushbu jixatlarni hisobga olib gips bogʼlovchisi tayyorlashni shartli ravishda 3 usulga boʼlish mumkin:
Gips toshi maydalanadi, tuyiladi va pishiriladi;
Gips bogʼlovchisining qotishi. Gips bogʼlovchisi suv bilan aralashtirilganda ikki molekulyar suvli gips toshiga aylanadi va qotadi:
СаSO4*0,5H2O1,5H2OCaSO4*2H2O (1)
Mineral bogʼlovchilar nazariy bilimlari namoyondasi professor А.А.Baykov nazariyasiga binoan gips qotish jarayonini uch bosqichga boʼlish mumkin. Birinchi davrda gips bogʼlovchi zarrachalari suvda eriydi va yarim molekulyar suvli gipsdan ikki molekulyar suvli gips hosil boʼladi. Ikki molekulyar suvli gips yarim molekulyar suvli gipsga nisbatan kam erishi sababli, yarim molekulyar suvli gipsning kimyoviy reaktsiya boshlanishida hosil boʼlgan toʼyingan eritmasi ikki molekulyar suvli gipsga nisbatan oʼta toʼyingan boʼladi va u eritmadan ajragan holda hosil boʼladi. Ikkinchi davrda yarim molekulyar suvli gips suv bilan bevosita reaktsiya natijasida mikrokristallar hosil qiladi va toʼyingan kolloid massa (gel) vujudga keladi. Uchinchi davrda ikki molekulyar suvli gipsning kolloid zarrachalari qayta kristallanib nisbatan yirik kristallar hosil boʼladi. Mikrokristallar kristall toʼsiqlarini hosil qiladi va oʼzaro birikishi natijasida gips bogʼlovchisi qattiq moddaga aylanadi.
Gips bogʼlovchisi mustahkamligini oshirish uchun 60-70oS haroratda qizdirish mumkin. Bir kg gips bogʼlovchisi gidratatsiyasi natijasida 133 KDj issiqlik miqdori ajralib chiqishi gipsdan mahsulot tayyorlanganda uning qurishini va qotishini qisman tezlashtiradi.
Ularning ishlab chiqarish texnologik sxemasi, xossalari va ulardan foydalanish sohalari
Gips ishlab chiqarish. Gips bogʼlovchisi ishlab chiqarish gips toshidan kimyoviy bogʼlangan 75% suvni bugʼlatib yuborish bilan ishlab chiqariladi.
Gips bogʼlovchisining normal quyuqligi 50-70% suv sarfi bilan ifodalanadi va u gipsning maydalik darajasi va aralashmalarning miqdoriga bogʼliq boʼladi. Suv sarfini kamaytirish uchun gips bogʼlovchisi tarkibiga turli organik plastifikatorlar kiritish mumkin

1-rasm. Gips pishirish qozonida qurilish gipsi ishlab chiqarish texnalogiyasi
1-grefirli ko`pik kran; 2-gips toshi bunkeri; 3-lotokli ta`minlagich (nometal); 4-jag`li maydalagich; 5-tasmali konveyerlar; 6-gips bo`laklari saqlanadigan bunker; 7-tapilkali ta`minlagich; 8-shaxtali tegirmon: 9-ikkilangan siklon; 10-siklonlar batariyasi; 11-shamollatkich; 12-rukabali filtrlar; 13-chang yutuvchi kamera; 14-shneklar; 15-pishmagan maydalangan gips bunkeri; 16-tomlenie kamerasi; 17-gips pishirish qozoni; 18-elevator; 19-gips bog`lovchisi saqlanadigan bunker; 20-uzatish konveуeri.
.
Gips bogʼlovchilari quyuqlanishi davriga qarab uch guruhga boʼlinadi: А-tez quyuqlanuvchan (quyuqlanish boshi 2 minut va oxiri 15 minut); B-normal quyuqlanuvchan (6minutdan 30 minutgacha); V-sekin quyuqlanuvchan (quyuqlanish boshlanishi kamida 20 minut).
Davlat standarti tomonidan 12 markada gips bogʼlovchisi ishlab chiqariladi (MPa): G-2, G-3, G-4, G-5, G-6, G-7, G-10, G-13, G-16, G-19, G-22, G-25. Bunda egilishdagi mustahkamlik chegarasi kamida har bir marka uchun mutanosiblikda 1,2 dan 8 MPa gacha qiymatda mos boʼlishi kerak.

Yüklə 40,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin