8-mavzu. Havoyi bog`lovchilar. Ma’ruza rejasi



Yüklə 40,13 Kb.
səhifə1/4
tarix21.12.2022
ölçüsü40,13 Kb.
#77016
  1   2   3   4
8-ma\'ruza (5)


8-mavzu. Havoyi bog`lovchilar.


Ma’ruza rejasi.



  1. Havoyi bog`lovchilar

  2. Qurilish va yuqori mustahkamlikka ega gipslar

  3. Gips bog`lovchilarning ishlab chiqarishda chiqindilardan foydalanish



Havoyi bog`lovchilar, havoyi ohak, gips, ganch, gidravlik ohak, gips bog`lovchilarning ishlab chiqarishda chiqindilardan foydalanish , qotish jarayoni, korroziya, modifikatorlar. Qurilish ohagi (O’zRST 698-96) deb kal’tsiy karbonat, magniy karbonat tog’ jinslarining (ohaktosh, dolomit va boshqalar) qaynash temperaturasidan kam haroratda pishirish natijasida hosil bo’lgan havoyi bog’lovchi materialiga aytiladi.
Karbonat kal’tsiy tog’ jinslarining ajralishi quyidagi reyaktsiya bilan boradi va endotermik jarayon kuzatiladi.
CaCO3 t=9000C – 10000C CaO+CO2
Hosil bo’lgan mahsulot so’ndirilmagan ohak deyiladi. Uni mexanik yoki ximiyaviy usul bilan qayta ishlab ohakning turli xillari olinadi. Maydalangan so’nmagan, so’ndirilgan ohak bo’tqasi shular jumlasidandir. Qotish sharoituga va tayyorlanish usuliga qarab havoyi hamda gidravlik ohaklarga bo’linadi.
Qurilish ohagini, ohakli – qumli, aralash, maxsus (rentgen balkalaridan muhofazalovchi, yuqori bosimni tutuvchi) qorishmalarni tayyorlashda; bino inshootlarni ta’mirlashda ishlatiladi.
Qurilish ohagining xossalarini aniqlash uchun keltirilgan 100t mahsulotdan 20 kg olindi. Maydalangan ohak qoplangan bo’lsa, 100 qopning har biridan 2 kg dan olinib namuna uchun tanlanadi.
Gidratlangan ohakning 5 joyidan teng qisimlarga 2 kg dan laboratoriyaga beriladi.
Maydalanmagan yoki maydalangan ohaklarni joylashtirib, har biridan 10 kg dan va gidratlangan ohakdan 5 kg tajriba ishlarini o’tkazish uchun ajratiladi. Ajratilgan namunalarnining birinchi qismini sinov ishlarini o’tgazishga ikkinchi qismini 15 kun davomida zichlanib yopiladigan idishlarda saqlanib, tajribani takror o’tkazish uchun ishlatiladi.

Yüklə 40,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin