2010 2011 2012 2013 2014 2015 2016 2017 2018 2019 2020 Ўзбекистон Қозоғистон 1-diagramma.O‘zbekistonvaQozog‘istonmilliysegmentsaytlariningyilliko‘sishko‘rsatkichlari(2020yil)(dona) Jadal sur’atlarda rivojlanayotgan Qozog‘iston aholisi 18,4 mln.,24 internet foydalanuvchilari soni 15,1 mln.25 bo‘lib, aholini internet bilan qamrovi 82 foizga teng. (2-diagramma)
82,1 Қозоғистон Ўзбекистон Қирғизистон Тожикистон ТуркманистонАҳолисони(млн.) Фойдаланувчиларсони(млн.) Интернетқамрови(фоиз) diagramma.MarkaziyOsiyodavlatlariningaholisiganisbatanInternetqamrovi(2020
yil)(mln.) Qirg‘iziston Respublikasi aholisi 6,4 mln.,26 Internetdan foydalanuvchilari 2,5 mln.,27 Tojikiston Respublikasi aholisi 9,1 mln.,28 global internetdan foydalanuvchilari 2,98 mln.,29 Turkmaniston Respublikasi aholisi 5,8 mln.,30 jahon internet tizimidan foydalanuvchilari 1,3 mln.31.
Barqaror rivojlanish jarayonida mobil aloqa vositalaridan ijtimoiy, iqtisodiy zaruriyat uchun foydalanish jarayoni muttasil ortib bormoqda. Jumladan, O‘zbekiston aholisining 29 millionga yaqini mobil qurilmalardan foydalanadi32. Jamiyatda mobil aloqa vositalari rivojlanib borishi natijasida global Internet saytlarini mobil versiyalari ko‘paymoqda va ijtimoiy tarmoqlar messenjer ko‘rinishiga o‘tmoqda. Shuningdek, hozirgi davrda mobil messenjerlar yaratilishi yoshlarning xorijiy ijtimoiy tarmoqlarga qiziqishini oshirmoqda. Yuqoridagi fikrlar istiqbolda milliy segment saytlar mobil sahifalari rivojlanib borishidan dalolat bermoqda. Shuning natijasida, O‘zbekiston milliy segmentidagi saytlarga foydalanuvchilarning 72,4 foizi aynan mobil dasturlar orqali kirgan33.
Ta’kidlash lozimki, yangi taraqqiyot bosqichi davrida global kompyuter tarmog‘ining jadal rivojlanishi uning auditoriyasida tobora kengayish jarayoni kuzatilmoqda. 1995 yilda jahonda internetdan foydalanuvchilar soni 10 million bo‘lgan bo‘lsa, 2005 yilga kelib ular soni 1 mlrd.dan oshib ketgan. Bunday jadal o‘sish natijasida global internet inson faoliyatida universal ijtimoiy kommunikatsiya rolini bajarmoqda.34 Global internet tarmog‘idan foydlanuvchilar soni 2010 yilga kelib 1 mlrd. 966 mln. kishini tashkil qildi.35 Hozirgi davrda internet 4,5 mlrd. kishining shaxslararo munosabatlardagi innovatsion axborot vositasi bo‘lib, turli ijtimoiy guruhlar, jamoatchilik vakillari munosabatlari, o‘zaro aloqasida muhim kommunikativ vosita vazifasini bajaradi. Ushbu jarayon global tarmoqning innovatsion kommunikativ potensiali bilan, ya’ni internet auditorining faol qismi tomonidan bildirilgan fikrlar, ikkinchi tomondan, internet tarmog‘ini ijtimoiy boshqaruv monitoringi amaliyoti mexanizmlaridagi kamchiliklarda namoyon bo‘ladi. Global kompyuter tizimidagi
norasmiy saytlarda salbiy mazmundagi axborotlar hajmining ko‘payishi, axborotlarni
nazorat qilish imkonining yo‘qligi internetga nisbatan axborot xavfsizligiga qarshi manba sifatidagi ijtimoiy fikrni shakllantirdi. Ta’kidlash lozimki, internet tarmog‘ida turfa axborotlar, jumladan, ma’naviy qashshoqlik, axloqiy tubanlikni targ‘ib qiladigan, pornografiya, «ommaviy madaniyat» kabi salbiy materiallar ham mavjud.36 «Yoshlarning O‘zbekiston internet milliy segmentidagi ishtirokining sotsiologik jihatlari» mavzusida anketa-so‘rovnomasi o‘tkazildi37. Tadqiqotda respondentlardan o‘zbek milliy saytlaridagi kamchiliklar so‘ralganda ular tahliliy ma’lumotlarning kamligini ko‘rsatdi (59,9 foiz). Shu bilan birga, saytlar yangilanishi sustligi (49,1 foiz), dizaynning innovatsion talablariga javob bermasligi (28,7 foiz), foydalanuvchilar auditoriyasining kamligi (23,8 foiz), jozibador reklama va roliklarning yetishmasligi (16,7 foiz) kabilar o‘zbek tilidagi saytlardagi asosiy kamchiliklardir. Hozirgi taraqqiyot bosqichida shaxsning raqamli texnologiyalardan foydalanish zaruriyati kundalik, ijtimoiy ehtiyojga aylanganligi sababli, uning inson faoliyatiga, hulqiga ta’siri, shaxsiy qadriyatlari tizimini belgilashdagi o‘rniga e’tibor berish lozim. Muallif tomonidan internet resurslari tarkibiy (kontent) tahlili natijasida quyidagilar aniqlandi: O‘zbekiston ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlariga xavf solayotgan axborot xurujida xakkerlar va kiberjinoyatchilar faol ishtirok etmoqda. Kontent tahlil natijalari tasdiqlaydiki, xakerlar tomonidan mavjud bo‘lgan salbiy axborotlar (15,0%) tashkil qiladi, aholi ongini buzib, unga ta’sir o‘tkazishga bo‘lgan urinishlar (16,3%), turli mish- mishlarni tarqatish (14,8 %), ijtimoiy islohotlar jarayoni tanqidi (10,5%), diniy ekstremistik ruhdagi tashviqot (8,0%) tashkil qiladi. 38