Innovatsion yondashuvlar ta’lim tizimini modernizatsiyalash va ta’lim samaradorligiga erishishning asosiy shartidir. Zero, bugungi kun yoshlarining tanlagan sohasiga qiziqishini yanada oshirish, layoqati bor yigit-qizlarni ta’limga va mutaxassisligiga to‘g‘ri yo‘naltirish ta’lim-tarbiyada erishajak yutuqlarimiz samarali bo‘lishini ta’minlaydi.
O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasida “... oliy ta’lim sohasida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish, hududlarda davlat va nodavlat oliy ta’lim muassasalari faoliyatini tashkil etish asosida oliy ta’lim bilan qamrov darajasini 50 foizdan oshirish, sohada sog‘lom raqobat muhitini yaratish” vazifasi qo‘yildi.
Yangi tahrirdagi “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunda “Davlat ta’lim standartlari va davlat ta’limi talablariga muvofiq ta’lim xizmatlarini ko‘rsatuvchi nodavlat ta’lim tashkilotlari bitiruvchilariga davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi ta’lim to‘g‘risidagi hujjatlarni beradi”, deb belgilab qo‘yildi. Ya’ni tegishli tashkilotlarning litsenziyasiga ega xususiy oliy ta’lim muassasasi diplomi davlat oliy ta’lim muassasalari diplomlari bilan bir xil maqomga ega.
Hozirgi kunda tizimda 10 mingdan ortiq maktab, 30 mingdan ortiq bog‘chalarda 8,5 millionga yaqin tarbiyalanuvchi va o‘quvchiga salkam 700 ming nafar pedagog ta’lim-tarbiya berib kelmoqda. So‘nggi besh yilda 422 ta davlat bog‘chasi qurilishi hamda 21 mingdan ortiq nodavlat muassasalar ochilishi hisobiga 1 million 200 ming o‘rin yaratilgan. Tizimga bolalarni qamrab olish ko‘rsatkichi 72 foizga yetgan.

So‘nggi yillarda yuzlab zamonaviy maktablar barpo etildi. Prezident maktablari, ijod maktablari hayotimizga kirib keldi, ixtisoslashtirilgan maktablar tarmog‘i kengaytirildi. Yangi darsliklar va o‘quv qo‘llanmalari yaratildi.
Innovatsiya jarayoni tarkibiy tuzilmalar va qonuniyatlarni qamrab olgan tizimdan iborat boʼlib, innovatsiya jarayonlari, ularning funktsiyalari, rivojlanish qonuniyatlari, mexanizmlari va uni amalga oshirish texnologiyalari, boshqa¬rish tamoyillarining pedagogik asoslarini oʼrganish oliy oʼquv yurti oʼquv oʼquv jarayonini zamonaviy pedagogika hamda psixologiya fanlari yutuqlari asosida jahon standartlari darajasida tashkil etish imkonini beradi.