Sotsiologik tadqiqotlarni uyushtirish usullari: Hujjatli usul - bunda zarur ma’lumotlar statistik to‘plamlardan, boshlang‘ich hisobga olish hujjatlaridan olinadi.
Shaxsiy xarakterdagi hujjatlardan foydalanish usuli. Turli masalalar yuzasidan kishilarning o‘z qo‘llari bilan yezilgan narsalar: ariza, shikoyat, qarindosh-urug‘ va tanishlarga yozilgan xatlar, tarjimai hol, tushuntirish xatlari va hokazolar; turli guruxdagi kishilarning hayotiy maqsadi, yurish-turish sabablari, talablari, exgiyojlari, tashvishlari to‘g‘risida fikr yuritish imkoniyatini beruvchi muhim sotsiologik axborot bo‘lishi mumkin.
Ilmiy konferensiyalar o‘tkazish usuli. Bunday konferensiyalarni tayyorlash va uni o‘gkazishda, odatda, ayrim masalalar yuzasidan material to‘plovchi, amaliy tavsiyanomalar ishlab chiquvchi bir qancha xodimlar ishtirok etadi. Bu metodning ijobiy tomoni shundaki, muammolarni o‘rganishga keng jamoatchilik jalb etil adi va jamoa fikridan foydalanil adi.
Anketali usul. Oldindan tayyorlangan dastur bo‘yicha yozma ravishda savollar beriladi va yozma javoblar olinadi.
Intervyu olish usuli. Bunda muammoni o‘rganish uchun xodim bilan bevosita suhbat o‘gkazil adi. Rahbar yoki tadqiqotchi suhbat davomida masalalarni aniqlashlari, chuqurlashtirishlari, shu yo‘l bilan ishonchli va mukammal ma’lumotlar olishlari mumkin.
Kuzatish usuli. Jamoa faoliyatini shaxsan kuzatish, odamlar bilan uchrashish va muloqatda bo‘lib, ob’ektiv va batafsil axborot yig‘ish, shuningdek har bir jamoa rolini baholash imkonini beradi.
Sotsial eksperiment o‘tkazish usuli. Bu usulda sun’iy ravishda sotsial vaziyatni vujudga keltirish yo‘li bilan sotsial hodisalar to‘g‘risidagi ilmiy xulosalar va mavjud bilimlar tskshirib ko‘riladi. Buning uchun maxsus guruh uyushtirilib, shu guruh faoliyati umumlashtiriladi va amaliy xulosalar chiqariladi.
Qayd qilingan sotsiologik tadqiqotlarning ham ijobiy jihat- lari, ham kamchiliklari bor. Shuni hisobga olgan hodsa, u yoki bu usulni voqealikni real aks etshrishi va ko‘proq samara beri shita qarab tanlash lozim. Tajribalar esa bu usullarni ma’lum darajada birga qo‘shib qo‘llanishi maqsadga muvofiq ekanligini ko‘rsatadi.