8-mavzu. M. Veberning byurokratiya nazariyasi va menejment sotsiologiyasi Reja



Yüklə 70 Kb.
səhifə1/2
tarix02.01.2022
ölçüsü70 Kb.
#47661
  1   2
маруза 8



8-mavzu. M. Veberning byurokratiya nazariyasi va menejment sotsiologiyasi

Reja:

1.Klassik boshqaruv maktabi namoyondasi M. Veberning byurokratiya konsepsiyasini yaratilishi.

2.Menejment sotsiologiyasi.

1.Klassik boshqaruv maktabi namoyondasi M. Veberning byurokratiya konsepsiyasini yaratilishi.
Boshqaruvning klassik ѐki ma’muriy maktabi (1920-1950) va uni rivojlantirishiga fransuz olimi nemis sotsiologi M.Veber eng katta ulush qo‘shganlar. Bu maktabning vakillari tashkilotlarning umumiy ta’riflari va qonuniyatlarini aniqlashga harakat qilganlar. Ularning maqsadi boshqaruvning ikkita jihatiga daxldor bo‘lgan universal tamoyillarni yaratishdan iborat bo‘lgan. Birinchisi tashkilotni boshqarishning ratsional tizimini ishlab chiqish. Bu nazariyachilar biznesning asosiy xizmatlarini belgilab olib, tashkilotni bo‘linmalarga bo‘lishning eng yaxshi usulini belgilash mumkinligiga ishonganlar. Ular moliya, ishlab chiqarish va marketingni xuddi shunday xizmatlar deb hisoblanganlar. Ikkinchi jihat – tashkilot va xodimlar boshqaruvining tuzilishini qurish. Yakkaboshchilik tamoyili bunga misol bo‘lib xizmat qilgan, unga ko‘ra odam faqat bitta boshliqdan bo‘yruqlar olishi va fakat bitta unga bo‘ysunishi kerak.

Sotsial-ruhiy usullarning asosiy maqsadi jamoalarda sog‘lom ijtimoiy-ruhiy muhitni yaratishdir. Bu usul ijtimoiy-ma’naviy vaziyatga ta’sir etish yo‘li bilan kishilarning fe’l-atvori, ruhiyatini hisobga olib ularning ijtimoiy (sotsial) talablarini qondirish orqali boshqarishni bildiradi. Boshqacha qilib aytganda, sotsial-ruhiy usullar bu ishlab chiqarish jamoalarini, ulardagi “psixologik vaziyatni”, har bir xodimnyng shaxsiy xususiyatlarini o‘rganishga asoslangan usullardir. O‘z mohiyatiga ko‘ra boshqarish usullarining bu guruhi jamoaning shakllanish va yuksalish jarayoniga, kishilarning ongiga, ma’naviy manfaatlariga jamiyat manfaatlarini hisobga olgan holda ta’sir qiluvchi vositalarning majmuidir. Sotsial-ruhiy usullar “Boshqarish sotsiologiya”si va “Bosh- qarish psixologiyasi”ga asoslanadi. Boshqarish sotsiologiyasi insonning ishlab chiqarish omillari bilan o‘zaro aloqasi, jamoaning sotsial rivojlanishini rejalashtirish, mehnat jamoasini tarkib toptirish, xodimlarning tashabbusi va ijodiy faolligini oshirish kabi muhim muammolarni ko‘rib chiqadi. Boshqarish psixologiyasi kishilarning boshqarish faoliyatlari xususiyatlarini va natijalarni aniqlashga xizmat qiladigan hodisalarni o‘rganadi. U kadrlarni tanlashda, ularni joy-jo- yiga qo‘yishda, topshiriqlarni, funksiyalarni taqsimlashda, xodimlarni rag‘batlantirishda, intizomni mustahkamlashda va hokazolarda qo‘llaniladi. Psixologiya insonning ruhiyatini o‘rganuvchi fandir. Inson ruhiyatiga esa sezish, idrok qilish, tasavvur, tafakkur, taassuf jarayonlari, xotira, diqqat, e’tibor, iroda, shuningdek inson shaxsining ruhiy xususiyatlari, chunonchi, qiziqish, qobiliyat, xarakter va mijoz kiradi. Sotsial psixologiya—bu kishilar va jamoa faoliyati psixologik va sotsial omillarning o‘zaro aloqasi qonunlarini, turli sotsial guruxlar xususiyatlarini, jamoa muloqoti va o‘zaro ta’sir ko‘rsatish shakllarini o‘rganadigan psixologiya fanining sohasidir.

Boshqarishning sotsial-ruhiy usullari quyidagi muammolarni hal qilishga qaratilgan:


  1. Kishilarning sotsial-ruhiy xususiyatlari, chunonchi, qobiliyatlari, mijozlari, harakatlari va hokazolarni hisobga olgan holda mehnat jamoalarini tashkil toptirish. Buning natijasida jamoani rivojlantirish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish maqsadida hamkorliqsa ishlash uchun qulay shart-sharoitlar yaratiladi.

  2. Sotsial yurish-turish me’yorlarini o‘rnatish va rivojlantirishga yaxshi va namunali an’analarni qo‘llab-quvvatlash va milliy urf-odatlarni joriy etish hamda jamoa ongini o‘stirishga yordam beradi.

  3. Sotsial rivojlantirishni va kishilarning intilishini, tashabbusini rag‘batlantirish, umumiy ta’lim darajasini oshirish, mzdaniy, ma’naviy va ma’rifiy o‘sish, malaka oshirish, estetik ravnaq va mehnatga ijodiy munosabatni ta’minlaydi.

  4. Kishilarning madaniy va sotsial-maishiy ehgiyojlarini qondirish, chunonchi, uy-joylar, bolalar bogchalari, klublar, profilaktoriylar, sport inshootlari va hokazolarni qurishga sharoit tug‘diradi.

  5. Mehnat jamoalarida talabchanlik, o‘zaro yordam, intizomni buzuvchilarga murosasizliqdan iborat sog‘lom sotsial-psixologik muhitni vujudga keltirish va uni qo‘llab-quvvatlashga sharoit tugdiradi.

  6. Odamlarning o‘z mehnatidan, tanlagan mutaxassisligi va kasbidan qoniqishlari uchun, ishlab chiqarish samaradorligi va ish sifatini oshirish uchun shart-sharoitlarini vujudga keltiradi.

Bu muammolarning yechimi boshqarishning yanada uyushqoq, samarali bo‘lishini talab qiladi. Amaliy boshqarishda sotsial-ruhiy metodlardan samarali foydalanish uchun boshqarish ob’ektaning holati to‘g‘risida keng axborotga ega bo‘lish kerak. Bunday axborot. olish uchun jamoada bevosita sotsiologik tadqiqotlar o‘tkazish lozim.

Sotsial tadqiqotlar juda xilma-xil axborotlar olish imkonini beradi, chunonchi:

-jamoa a’zolarining mehnatga va rahbarlarga munosabati;

-boshqarish usullarining bir-biri bilan o‘zaro munosabati;

-jamoaning ehgiyojlari va qiziqishlari;

-xodimlar shaxsiyati;

-xodimlar qo‘nimsizligi sabablari;

-xodimlarning ishlab chiqarishdagi faolligi;

-jamoa a’zolarining ma’naviy va jismoniy ravnaqi;

-ehtiyojlarning qondirilish darajasi va hokazo to‘g‘risidagi axborotlar.

Bu axborotlar jamoalarda ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga va xilma-xil ehtiyojlarni qondirishga qaratilgan tadbirlar ishlab chiqish uchun muhim vosita bo‘lib xizmat qiladi. Sotsiologik tadqiqotlar olib borishga korxonaning o‘z sotsiologik xizmatlari, shuningdek, xo‘jalik shartnomasi asosida ilmiy muassasalar va o‘quv yurtlarining xodimlari jalb kilinishi mumkin.

Sotsiologik axborotlarni maxsus tadqiqotlar o‘tkazish yo‘li bilan olish mumkin. Bulardan eng muhimlari quyidagilardir:



Yüklə 70 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin