Har qanday jamiyat taraqqiyoti, uning darajasi fuqarolar ma‘naviyati, turmush tarzi, kishilarning ma‘naviy-moddiy, ijtimoiy ehtiyojlari hamda ularning qay darajada qondirilishiga bog`liq. Mustaqillik davrida tarixan qisqa muddat ichida mamlakatimizda ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, ma‘naviy-ma‘rifiy va tarbiyaviy mafkuraviy sohalarda ulkan o`zgarishlar ro`y berdi.
Ma‘rifiy-ma‘naviy islohotlar davlat siyosatining asosiy ustuvor yo`nalishiga aylandi. Joylarda ma‘naviyat bilan bog`liq tadbirlarning amalga oshirilishi uchun butun mas‘uliyat hokimlar, vazirliklar, idoralar, tashkilotlarning birinchi rahbarlari zimmasiga yuklatildi. Ma‘naviyati yuksak millat va davlatning kelajagi buyuk bo`lishi mumkinligi omma ongiga singdirildi. Tarixiy, madaniy-axloqiy, ijtimoiy-siyosiy qadriyatlarga jamiyatni poklantiruvchi, kelajakni ma‘naviy jihatdan mustahkamlovchi omil, deb qarala boshlandi.
Mamlakatimizning birinchi Prezidenti Islom Karimov qayd etganidek, mustaqillik davrida bajarilishi lozim bo`lgan eng ustuvor vazifa ―xalqimizorasidakattama‟rifiy-amaliyishlarniolib borib,milliymafkuramizgakuch-quvvatberadigan,uniyangi-yangimarralarsarisafarbar etadigan,kengommagata‟siro`tkazishga,xalqnio`zigatarafdoretishgaxizmatqiladigan siyosiy,ijtimoiy,iqtisodiy,ma‟naviymanbalarnito`g„ribelgilabolishdir" (KarimovI.AO`z kelajagimiznio`zqo`limizbilanqurmoqdamiz.-T.:O`zbekiston,1999.B.16.) .
Darhaqiqat, mustaqil O`zbekistonda ma‘naviyat sohasidagi vazifalar ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy barqarorlik sharoitida muttasil ravishda bajarib kelinmoqda. Chunonchi, istiqlolning dastlabki yillarida jamiyat ma‘naviy hayotidagi bosh vazifa – eskicha fikrlash sarqitlarini bartaraf etish bo`lgan bo`lsa, ijtimoiy taraqqiyotning hozirgi bosqichidagi eng muhim vazifa erkin fuqarolik jamiyatining ma‘naviyatini shakllantirish. Bir so`z bilan aytganda, ozod, o`z haq- huquqlarini yaxshi taniydigan, boqimandalikning har qanday ko`rinishlarini o`zi uchun or deb biladigan, o`z kuchi va aqliga ishonib yashaydigan, ayni zamonda o`z shaxsiy manfaatlarini xalq, Vatan manfaatlari bilan uyg`un holda ko`radigan komil insonlarni tarbiyalashdan iborat bo`ldi.
Ma‘naviyat jamiyat a‘zolarini ruhan poklantiruvchi, ma‘nan yuksaltiruvchi, inson ichki dunyosiga, irodasiga kuch-quvvat beruvchi, millat vijdonini uyg`otuvchi va doimiy harakatdagi kuchdir. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov ta‘biri bilan aytganda, yangi asr bo`sag`asida ma‘naviyat sohasidagi strategik maqsadimiz ―milliyqadriyatlarimiznitiklash,o`zligimizni anglash,milliyg„oyavamafkuranishakllantirish,muqaddasdinimizningma‟naviy hayotimizdagi o`rninivahurmatinitiklashkabimustaqillikyillaridaboshlanganezguishlarimizni izchillik bilan davom ettirish, ularni yangi bosqichga ko`tarish va ta‟sirchanligini kuchaytirishdir" (KarimovI.A.OzodvaobodVatan,erkinvafarovonhayotpirovard maqsadimiz. 8-j. -T.: O`zbekiston, 2000. B. 24).