oddiy usuli bir turdagi mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab
chiqaradigan va yarim tayyor mahsulotlar va tugallanmagan ishlab chiqarishga ega
bo‘lmagan tashkilotlarda qo‘llaniladi. Ushbu usul qo‘llanilganda hisobot davridagi barcha
ishlab chiqarish xarajatlari barcha ishlab chiqarilgan mahsulotlar (ishlar, xizmatlar)
tannarxiga kiritiladi. Mahsulot (ishlar, xizmatlar) birligining tannarxi ishlab chiqarish
xarajatlari summasini ishlab chiqarilgan mahsulotlar (ishlar, xizmatlar) birliklarining
umumiy miqdoriga bo‘lish yo‘li bilan hisoblab chiqariladi.
Tannarxni aniqlashning
me’yoriy usuli xom ashyo, materiallar, mehnat va ishlab
chiqarish quvvatidan foydalanishning belgilangan me’yorlari bo‘yicha xarajatlarni hisobga
olishga asoslangan. Me’yornomalar vaqti-vaqti bilan tahlil qilib turiladi va zarur hollarda
joriy shart-sharoitlarga muvofiq qaytadan ko‘rib chiqiladi.
Tannarxni aniqlashning
buyurtma usuli ishlab chiqarish xarajatlari mahsulot (ish,
xizmat) (bir xildagi mahsulotlar guruhi)ga doir alohida buyurtmalar bo‘yicha
identifikatsiyalanadigan va hisobga olinadigan yakka tartibda gi va mayda turkumli ishlab
chiqarishga ega bo‘lgan tashkilotlarda qo‘llanadi. Buyurtmaning ob’ekti bo‘lib mahsulot
(ish, xizmat), bir xildagi mahsulot (ish, xizmat)ning mayda turkumlari yoki ta’mirlash,
montaj va eksperimental ishlar hisoblanadi. Ishlab chiqarish jarayoni uzoq davom etadigan
yirik mahsulotlarni tayyorlashda buyurtmalar yaxlit mahsulotga emas, balki uning
tugallangan konstruksiyalarga ega bo‘lgan alohida agregatlari, uzellariga berilishi
mumkin.
Tannarxni
aniqlashning
ushbu
usulida
barcha
xarajatlar
buyurtmaning
yakunlanishiga qadar to‘laligicha tugallanmagan ishlab chiqarish deb hisoblanadi.
4-сонли БҲМСга мувофиқ