8-mavzu. Moddiy, mehnat haqi va ustama xarajatlari hisobi mavzu rejasi: Xarajatlar to‘g‘risida tushuncha



Yüklə 0,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/11
tarix07.06.2023
ölçüsü0,71 Mb.
#126213
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
8-mavzu Moddiy, mehnat haqi va ustama xarajatlari hisobi

4-сонли 
БҲМСга 
мувофиқ 
таннархни 
калькуляция 
қилиш 
усуллари
Оддий 
усул
Меъёр
ий 
усул
Буюрт
мали 
усул
Босқи
чли 
усул


Buyurtma birligining tannarxi uning bajarilishi (mahsulot ishlab chiqarilishi, ishlar 
bajarilishi yoki xizmatlar ko‘rsatilishi) tugallangandan keyin aniqlanadi. Buyurtma 
bo‘yicha xarajatlarning butun summasi uning tannarxini tashkil qiladi. Agar ushbu 
buyurtma bir xildagi mahsulot (ishlar, xizmatlar) turkumidan iborat bo‘lsa, mahsulot 
(ishlar, xizmatlar) birligining tannarxi mazkur buyurtma bo‘yicha xarajatlar summasini 
mahsulot birliklari miqdoriga bo‘lish orqali aniqlanadi.
Buyurtmalar qisman bajarilib, ular buyurtmachilarga topshirilganda qisman ishlab 
chiqarish tannarxi ularning konstruksiyalari, texnologiyalari, ishlab chiqarish shart-
sharoitlaridagi o‘zgarishlarni hisobga olgan holda ilgari bajarilgan buyurtmalarning 
tannarxi bo‘yicha baholanadi.
Tannarxni aniqlashning bosqichli usuli boshlang‘ich xom ashyo va materiallar ishlab 
chiqarish jarayonida bir qator bosqich, faza, pog‘onalardan o‘tadigan tashkilotlarda 
qo‘llanadi. Ushbu usulda avval barcha mahsulotlar (ishlar, xizmatlar)ning tannarxi
so‘ngra uning birligi tannarxi aniqlanadi. 
Bosqichli usul tashkilotning tarmoqqa mansubligiga bog‘liq holda ikki variantda 
amalga oshirilishi mumkin: yarim tayyor mahsulotli va yarim tayyor mahsulotsiz 
variantlarda.
Yarim tayyor mahsulotli variantda har bir bosqich bo‘yicha mahsulot (ishlar, 
xizmatlar) tannarxi hisoblab chiqariladi qamda u avvalgi bosqichlar mahsuloti (ishlar, 
xizmatlar)ning tannarxi va mazkur bosqich bo‘yicha xarajatlardan iborat bo‘ladi. Oxirgi 
bosqich mahsulotining tannarxi barcha tayyor mahsulot (ishlar, xizmatlar) tannarxi hamdir.
Yarim tayyor mahsulotsiz variantda faqat oxirgi bosqich mahsulot (ishlar, xizmatlar) 
tannarxigina hisoblab chiqariladi. Bunda xarajatlar avvalgi bosqichlar mahsuloti (ishlar, 
xizmatlar)ning tannarxini hisobga olmasdan, har bir bosqich bo‘yicha alohida hisobga 
olinadi. Tayyor mahsulot (ishlar, xizmatlar) tannarxiga barcha alohida bosqichlar bo‘yicha 
uni ishlab chiqarish xarajatlari kiritiladi.
Bir texnologik jarayonda bitta xom ashyo va materiallardan turli xildagi, ulardan har 
biri o‘zining sotish narxiga ega bo‘lgan mahsulotlar (ishlar, xizmatlar) bir vaqtning o‘zida 
ishlab chiqarilganda ushbu turdagi mahsulotlar (ishlar, xizmatlar) birgalikda ishlab 
chiqariladigan mahsulot (ishlar, xizmatlar) deb ataladi.
Asosiy mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish jarayonida yuzaga keladigan 
mahsulot (ishlar, xizmatlar), sotish qiymati asosiy mahsulot (ishlar, xizmatlar)ga 
qaraganda juda past bo‘lgan mahsulot (ishlar, xizmatlar) qo‘shimcha mahsulot (ishlar, 
xizmatlar) deb ataladi.
Qo‘shimcha mahsulot (ishlar, xizmatlar)dan birgalikda ishlab chiqariladigan 
mahsulot (ishlar, xizmatlar)ning farqi shundan iboratki, ularni taqsimlash nuqtasiga 
yetgunga qadar turli xildagi mahsulotlar (ishlar, xizmatlar) sifatida identifikatsiyalash 
mumkin emas. 

Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin