10. Davr xarajatlari hisobi.
Davr xarajatlari tarkibiga korxona ishlab chiqarish jarayoni bilan bevosita bog‘liq
bo‘lmagan xarajatlar kiradi.
Bular jumlasiga boshqaruv, tijorat bilan bog‘liq
xarajatlar,
shuningdek umumxo‘jalik xarajatlari, jumladan ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik
ishlari bo‘yicha xarajatlar ham kiradi. Bu xarajatlar korxona asosiy faoliyati va mahsulot
sotish bilan bog‘liq bo‘lmaganligi, lekin ma’lum bir jarayonlarni
amalga oshirish bilan
bog‘liq bo‘lganligi uchun ular operatsion xarajatlar, umumiy va ma’muriy xarajatlar
deyiladi. Ular mahsulot ishlab chiqarish va sotish hajmiga bog‘liq bo‘lmagani, va aksincha,
vaqt bilan, xo‘jalik faoliyatining davomiyligi bilan bog‘liq bo‘lgani sababli ular
davr
xarajatlari deb yuritiladi.
Mahsulot sotish, ma’muriy xarajatlar, xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jaliklar xarajatlari,
boshqa operatsion xarajatlar davr xarajatlari tarkibiga kiritiladi.
Hisobvaraqlar rejasiga binoan davr xarajatlari quyidagi hisobvaraqlarda aks ettiriladi:
9410-«Sotish xarajatlari»
9420-«Ma’muriy xarajatlar»
9430-«Boshqa operatsion xarajatlar»
Nizomga binoan sotish xarajatlari tarkibiga quyidagilar kiritiladi:
- temir yo‘l, suv, avtomobil, ot-ulovda tashish xarajatlari hamda transport vositalari
bekor turib qolganligi uchun to‘langan jarimalar;
- savdo va umumiy ovqatlanish korxonalarining xarajatlari;
- mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni sotish bilan boG‘liq mehnatga haq to‘lash xarajatlari
(ma’muriy-boshqaruv xodimlaridan tashqari);
- ularning ijtimoiy sug‘urta ajratmalari;
- savdo ehtiyojlari uchun foydalaniladigan binolar, inshootlar va xonalarni ijaraga
olish, saqlash va tuzatish xarajatlari;
- asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi;
- sanitariya kiyim-boshi, oshxona dasturxon va sochiqlari, oshxona idish-tovog‘i va
anjomlarining eskirishi;
- savdo reklamasi xarajatlari;
- bank xizmatlariga to‘lovlar va boshqalar.
Yuqorida keltirilgan xarajatlar 9410-«Sotish bo‘yicha xarajatlar» hisobvarag‘ida
hisobga olinadi. Ushbu hisobvaraq tranzit hisovaraq bo‘lib, qaysi davr bo‘lmasin uning oy
boshida qoldiq summasi bo‘lmaydi. Hisobvaraqning debet tomonida tovarlarni sotish bilan
boG‘liq bo‘lgan xarajatlar ko‘rsatilsa, kredit tomonida
ushbu xarajatlarni hisobdan
chiqarilishi aks ettiriladi. Bu summa foydaning kamayishiga olib keladi, ya’ni foyda
hisobidan qoplanadi.
9410-«Sotish bo‘yicha xarajatlar» hisobvaraG‘ining analitik hisobi 15-sonli
qaydnomada xarajatlarning debet va kredit oboroti ko‘rsatiladi. Debet oborotining jami
summasi №1, 2, 7, 10/1-jurnal orderlarda aks ettirilsa, kredit bo‘yicha oborot summalari
esa №11-jurnal-orderida aks ettiriladi.
Korxonalar
ishini olib borish, uyushtirish va boshqarish tegishli xarajatlarni talab
qiladi. Har bir korxona bunday xarajatlarni qoplash uchun tegishli ajratmalar qiladi va bu
ajratmalar 9420-«Ma’muriy (boshqaruv) xarajatlar» hisobvarag‘ida hisobga olinadi.
Unga quyidagi xarajatlar kiradi:
- boshqaruv xodimlariga tegishli bo‘lgan mehnatga haq to‘lash xarajatlari;
- boshqaruv xodimlariga tegishli ijtimoiy sug‘urta ajratmalari;
- xizmat yengil avtotransporti va xizmat mikroavtobusini saqlash, g‘llash va ijaraga
olish xarajatlari;
- xo‘jalik yurituvchi sub’ekt va uning tarkibiy bo‘linmalarini tashkil etish va ularni
boshqarish xarajatlari;
- boshqaruvning texnik vositalari, aloqa uzellari, signalizatsiya vositalari, hisoblash
markazlarini va ishlab chiqarishga tegishli bo‘lmagan boshqaruvning boshqa texnik
vositalarini saqlash hamda ularga xizmat ko‘rsatish xarajatlari;
- ijara, xizmatlar ko‘rsatilgani uchun aloqa uzellariga haq to‘lash (ATS, uyali,
yo‘ldosh, peyjing aloqa);
- bevosita ishlab chiqarish jarayoniga tegishli bo‘lmagan, tabiatni muhofaza qilish
ahamiyatiga ega bo‘lgan jamg‘armalarni saqlash va ulardan foydalanish bilan bog‘liq joriy
xarajatlar, shu jumladan yo‘l qo‘yiladigan normalar doirasida
va ulardan ortiqcha
ifloslantiruvchi moddalarning atrof-muhitga chiqarilganligi (tashlanganligi) uchun
to‘lovlar va boshqalar.
Boshqa operatsion xarajatlarga quyidagilar kiradi:
- Yangi tashkil etilayotgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektda ishlash uchun mutaxassislar
tayyorlash va ularni qayta tayyorlash xarajatlari, normalar doirasida
va ulardan ortiqcha
mutaxassislar tayyorlash hamda qayta tayyorlash bundan mustasno.
- Loyiha va qurilish-montaj ishlarida chala ishlarni bartaraf etish xarajatlarini
qoplash, shuningdek ob’ekt qoshidagi omborgacha transportda tashish choG‘idagi
shikastlanishlar va buzilishlar, korroziyaga qarshi himoya nuqsonlari tufayli kelib chiqqan
taftish xarajatlari (asbob-uskunalarni qismlarga ajratish) va shunga o‘xshash boshqa
xarajatlar yetkazib berish va ishlarni bajarish shartlarini buzgan yuridik shaxslar hisobiga
mazkur xarajatlar chala ishlar, shikastlanish yoki zarar ko‘rish uchun javobgar bo‘lgan
yetkazib beruvchi yoki boshqa xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar hisobiga undirilishi mumkin
bo‘lmagan darajada amalga oshiriladi.
- Maslahat va axborot xizmatlariga haq to‘lash.
- Auditorlik xizmatlariga haq to‘lash, shu jumladan xo‘jalik yurituvchi sub’ektning
qatnashchilaridan (mulkdorlardan) birining tashabbusi bo‘yicha o‘tkaziladigan auditorlik
xizmatlariga haq to‘lash.
- Ikki va undan ko‘p bolalari yoki o‘n olti yoshgacha nogiron bolasi bo‘lgan ayollarga
qonunchilikka muvofiq qo‘shimcha mehnat ta’tili haqini to‘lash.
- Xodimlarga tovarlar, mahsulotlar va boshqa narsalarni bepul berish yoki xodimlar
uchun ishlar, xizmatlarni bajarish.
- Xodimlarning (ovqatlanishi, yo‘l kirasi, davolanish va dam olishga,
ekskursiya va
sag‘hatlarga yo‘llanmalari, sport seksiyalarida, to‘garaklarda, klublardagi mashyoulotlari,
madaniy-ko‘ngilochar va jismoniy tarbiya (sport) tadbirlariga qatnashishi, xodimlarning
shaxsiy obunasi va iste’moli hamda boshqa shunga o‘xshash to‘lovlari) xarajatlarini
qoplash.
- boshqa xarajatlar.
Yuqoridagi keltirib o‘tilgan xarajatlar 9430-«Boshqa operatsion xarajatlar»
hisobvarag‘ida hisobga olinadi.
Nazorat uchun savollar
1. Xarajatlarning iqtisodiy mazmunini aytib bering.
2. Doimiy va o‘zgaruvchan xarajatlarning farqli jihatlari nimalardan iborat?
3. Mahsulot tannarxini kalkulyatsiya qilishning zamonaviy usullarini aytib bering.
4. Asosiy ishlab chiqarish xarajatlarining hisobi qanday tashkil qilinadi hamda
mahsulot tannarxida qanday aks ettiriladi?
5. Umumishlab chiqarish xarajatlarini taqsimlash uslubiyotini aytib bering.
6. Davr xarajatlariga qaysi turdagi xarajatlar kiradi.
7. 54-sonli Nizomning mohiyatini yoritib bering.