ADABIYOTLAR 1. Karima Qosimova va boshqalar “Ona tili o’qitish metodikasi” Toshkent 2009.
2. Nurmatova M. Ifodali o`qish to`garagi. “Til va adabiyot ta`limi” 1992 yil. 1-son.
3. Jalilova M. Ne`matova G. Takrorlash mashg`ulotlarini “Topqirlar bellashuvi” tarzida o`tkazish. “Til va adabiyot ta`limi” 1994 yil 2-3 qo`shma sonlari.
4. J.O.Tolibova. Pedagogik texnologiyalar – do‘stona muhit yaratish omili. - T.: 2005
Ona tilidan sinfdan tashqari olib boiladigan ishlar ham ta`limiy, ham tarbiyaviy maqsadlarni ko`zlaydi. Uning ta`limiy ahamiyati shundaki, o`quvchi bu jarayonda qo`shimcha bilim, malaka va ko`nikmalarga ega bo`ladi. Tarbiyaviy ahamiyati esa nutq odobini tarbiyalash, zukkolik, tezkorlik va hozirjavoblik singari fazilatlarni shakllantirish, mustaqil fikrlash, ijodiy faoliyat ko`rsatish, nutq odobini tarbiyalash singarilarda o`z ifodasini topadi.
Doimiy tadbirlarga to`garak mashg`ulotlari kiritilsa, qolganlari vaqt-vaqti bilan o`tkaziladigan tadbirlarga kiradi.
Sinfdan tashqari ishlar ayniqsa boshlang’ich sinf o’quvchilari uchun katta ahamiyat kasb etadi. Ularga nutqini o’stirish, olingan bilim va malakalarni mustahkamlash uchun yordam beradi. Yangi qo’shimcha ma’lumotlar manbai hisoblanadi.
Sinfdan tashqari ishlarning ta’limiy ahamiyati – o’quvchilarga qo’shimcha bilim, malaka va ko’nikmalar berish.
Tarbiyaviy ahamiyati – o’quvchilarning ijodiy faoliyat ko’rsatishiga, nutq odobiga, mustaqil fikrlashiga zamin hozirlash
Ta‘limdagi texnologiyalar o`quvchilarning mustaqil bilim olishlari uchun xizmat qiladi. O`quvchilarning fikrlash jarayoni va faoliyatini faollashtirish usullarini tanlash o`qituvchidan katta mahorat talab qiladi. Dars jarayonida qo`llanilayotgan har bir usul mavzuni ochib berishga yo`naltiriladi. Usullarsiz, qo`yilgan maqsadga, belgilangan mazmunni amalga oshirishga, bilish faoliyatini faollashtirishga, sezilarli natijalarga erishish mumkin emas. An‘anaviy darslardan qochib, ta‘limning yangi texnologiyalarini qo`llash orqali zamonaviy o`quvchi shaxsiga ta‘lim-tarbiya beriladi. Shunday texnologiyalaridan biri ―krossvord‖ texnologiyasidir. Krossvord -topishmoqli o`yin. Unda bir –biri bilan kesishgan chiziqlardan tashkil topgan kataklarga shartli belgilar qo`yiladi va izohi beriladi. Krossvordlar kishining xotirasini mustahkamlash bilim darajasini oshirishga yordam beradi va zehnini o`tkirlaydi. Boshlang`ich sinf o`quvchilarining o`ziga xos tomonlarini hisobga olib 1-4 sinf darsliklarida ham krossvordning sodda ko`rinishlari berilgan. O`quvchilarni bu boshqotirmalarni yechishga o`rgatish o`qituvchidan ma`lum darajada uslubiy tayyorgarlikni taqozo etadi. Shuning uchun o`quvchilarni bunday mashg`ulotlarni bajarishga o`rgatishni uning sodda ko`rinishlarini yechishdan boshlash zarur. O`quvchilar krossvordni bajarish va ularni tuzishga o`rgatish o`ziga xos usullardan foydalanishini taqozo etadi. Krossvord texnologiyasi o`qituvchi va o`quvchilar o`rtasida yo`naltirilgan va belgilangan natijaga olib keluvchi jarayon hisoblanadi. Bolalarda aql faoliyatini rivojlantirishning qiziqarli usullaridan biri bu krossvordli o`yinlar berishdir. Ayanan mana shu usul bola tafakkurining shakllanishi, zehnining oshishiga, diqqatni rivojlantirishga, fikrlash qobilyatini oshirishga, aqlini charxlashga yordam beradi. Krossvordlarning usullari juda ko`p, faqat ularni dars jarayonida to`g`ri qo`llay olish pedagogik mahoratga bog`liq. Bu texnologiyani boshlang`ich sinflardan boshlab qo`llash afzal. Boshlang`ich matematik tushunchalarni shakllantirishda foydalanish darsning sifati va samaradorligini oshiradi, qisqa vaqt ichida ko`p bilim beradi, o`tilganlarni takrorlashga, mustahkamlashga va xotirada qolishga yordam beradi. Xuddi xitoy faylasufi Konfutsiy aytganiday ―eshitganimni tezda unutaman, ko`rganimni biroz eslab qolaman, bajarishimga imkon bersang, butun umr yodimda qoladi‖. Ona tili fanida krossvordlar Ona tili fanida krossvordlar dastlab o`quvchilarning kundalik hayotida ko`p va erkin ishlatiladigan so`zlardan foydalaniladi. Bolalar bunday ko`nikmaga ega bo`lishgandan keyin biroz murakkabroq so`zlar tanlanadi. O`quvchilar ko`nikmasi shaklana borgan sari uning murakkabroq turlariga o`tiladi. Krossvordlar tuzish va uni bajarishga o`quvchini o`rgatish jarayonida so`z ichida so`z o`yiniga o`xshash mashg`ulotlar ham bajariladi. Bunday mashg`ulotlar ona tili kechalarida, munozaralarda, savol- javob bahslarida, tanlovlarda va ona tiliga bag`ishlangan turli tadbirlarda qo`llanishi mumkin. Ona tili darslarida foydalaniladigan krossvordlardan namunalar. 1-sinf uchun krossvord
Oq oltin…?
Apelsinga o’xshaydi
Ko’rinishi ozgina
Sariq rangli meaning
Ko’rinishi sozgina
Tosh qoplangan hamma yoq