Tushuncha mazmuni
Ikkinchi savolni yoritishda, tushunchaning muayyan hajm va mazmunga ega bo‘lishi to‘g‘risida talabalarga konkret misollar asosida tushuntirib berish lozim.
Tushuncha muayyan hajm va mazmunga ega bo‘ladi. Tushunchaning hajmi deb tushunchada aks etgan buyumlar yig‘indisiga aytiladi. Chunonchi, yuqoridagi «ona» tushunchasining hajmiga barcha onalar, dunyo xalqlari orasida farzand ko‘rib, uni tarbiyalab, voyaga yetkazgan va yetkazayotgan ayollar kiradi.
Tushunchaning mazmuni deb ishtirok etayotgan buyumlardagi belgilarga aytiladi. Chunonchi, «ona» tushunchasidan muhim belgilar go‘dakka volidalik qilish (go‘dakni tug‘ish), boqish, mehribonlik va muruvvat qilish kabi eng asosiy belgilar tushunchaning mazmunini shakllantiradi.
Tushunchaning hajmi va mazmuni o‘rtasida o‘zaro bog‘liqlik bo‘lib, u shakl va mazmun o‘rtasidagi o‘zaro teskari munosabat qonuni deb ataladi.
Buning ma’nosi shuki, maboda hajm ortaversa, mazmun aniqlashadi, ya’ni boyib boradi. Demak, mazmun boyisa, hajm qisqaradi. Binobarin, tushunchada ifodalangan fikr oydinlashadi. Masalan, «jinoyat» tushunchasini olib ko‘radigan bo‘lsak, u holda mazkur tushuncha juda keng hajmli bo‘lib, uning mazmuni anchayin mavhumdir. Ya’ni, qaysi jinoyat ustida aniq fikr yuritilayotganini anglay olmaymiz. Maboda «o‘g‘rilik» tushunchasini olib ko‘rsak, mazkur tushunchaning hajmi nisbatan siqiq bo‘lib, undagi mazmun esa, boydir. Darhaqiqat, «o‘g‘rilik» tushunchasining mazmunan boyligi, uning jinoyat turining qaysi bir sohasiga aniq taalluuqliligi, aytaylik, jamoa, davlat, shirkat, shaxsiy mulkni pinhona, yohud oshkora o‘zlashtirishdan iborat ijtimoiy xavfli xatti-harakat ekanligidadir. Fan tushunchalarining mazmunini ochish bilan ular ifodalangan narsalarning mohiyatini ta’riflab beradi.
Bunday hollarda hajm va mazmun o‘rtasidagi mutanosiblik buzilmasligi uchun tushunchalardagi ana shu xususiyatlarni inobatga olish lozim.
Tushunchalarning turlari
Uchinchidan savolni yoritishda talabalar e’tiborini tushunchaning bir necha turlarga bo‘linishiga qaratib, fikrni aniq misollar yordamida bayon qilish maqsadga muvofiq.
Tushuncha muayyan mezonlarga, eng avvalo hajmi va mazmuniga ko‘ra, undan so‘ng esa tafakkurdagi boshqa vazifalariga ko‘ra turlarga bo‘linadi. Tushuncha hajmiga ko‘ra yakka ju’ziy, umumiy va nol turdagi ko‘rinishlarga bo‘linadi.
Yakka tushunchalar alohida olingan buyumlarning muhim, belgilaridir masalan, II kurs talabasi Ahmedov, «Toshkent», «Oy» boshqalar.
Ju’ziy tushuncha esa, muayyan ko‘plikdagi buyumlarning ayrim qismini ifodalaydi. Chunonchi, «ba’zi tinglovchilar», «ba’zi a’lochilar» degan tushunchalarda tinglovchilarning va a’lochilarning ayrim qismi nazarda tutiladi. Ju’ziy tushuncha «ba’zi», «anchagina», «aksariyat», kabi so‘zlar bilan boshlanadigan narsalarni bildiradi.
Umumiy tushuncha esa Muayyan sinf, guruh, ko‘plikka taaluqli barcha buyumlarning yig‘indisidir. Masalan «stol», «kitob», «davlat», «soat», «samolyot» kabi tushunchalarda ifoda etilgan barcha narsalarning yig‘indisi fikrlanadi. Ba’zi hollarda umumiylik o‘zbek tilida «lar» qo‘shimchasiga ega bo‘ladi.
Yakka, ju’ziy, umumiy tushunchalardan tashqari nol hajmdagi tushunchalar ham mavjud. Nol hajmi tushunchaga insoniyat tajribasida uchramagan, shuningdek fanda qayd etilmagan buyumlar aks etadi. Masalan, «jin- ajina» «shayton», «pari» kabilar nol hajmli tushunchalardir.
Tushuncha mazmuniga ko‘ra mavhum va aniq turlarga bo‘linadi. Mavhum tushuncha buyumlarning belgilarini ifodalaydi. Masalan, oq sut, qora qalam, qizil gul, ko‘m- ko‘k osmon kabi narsalarning belgilarida «oqlik», «qoralik», «qizillik» «ko‘klik» kabi hayotdagi- buyumlardan alohida mavjudlik mavqeiga ega bo‘lmaydigan sifatlardan mavhum : tushunchalar paydo bo‘ladi.
Aniq tushuncha esa, buyumlarning mustaqil mavjudligini ifrdalaydi. Chunonchi, «Konstitutsiya», «huquq - targ‘ibot idoralari» kabilar mavjud narsalarning ko‘pligini aks ettiradi. Bundan tashqari, ijobiy va salbiy. sanaladigan.va sanalmaydigan, isbatan va nisbatsiz. taqkoslanadigan va takkoslanmaydigan. sigishadigan va sigishmaydigan turlarga ham bo‘linadi.
Ijobiy tushunchalar buyumlarga xos - sifatlarning mavjudligini bildiradi. Masalan, «qizil qalam». Salbiy tushunchada esa, buyumlarga muayyan sifatlarning mansub emasligi qayd egiladi. Masalan «insofsiz kishi», «noinsof sotuvchi», «intizomsiz talaba»,«tartibsiz bola».
Sanaladigan va sanalmaydigan tushunchalar. Sanaladigan tushunchada qayd etilishi lozim bo‘lgan buyumlarning yig‘indisi ifodalaniladi. Masalan, «2-45-guruh tinglovchilari» , «a’lochi talabalar» kabilar. Sanalmaydigan tushunchaga hajmdagi buyumlarni sanab bo‘lmaydigan ko‘plikdagi fikrlar kiradi. Masalan, «yulduz», «jinoyat», «inson» kabilar.
Mazkur tushunchalar ifodalangan buyumlar sanoqsiz va noaniq bo‘lib, ularni qayd etishning iloji yo‘q..Ularning son- sanog‘i mavhumdir.
Tushunchada ifodalangan buyumlarning mustaqil yohud bir - biri bilan aloqadorlikda mavjud bo‘lganligiga qarab ular nisbatan va nisbatsiz bo‘ladi.
Nisbatli tushuncha buyumlarning o‘zga buyumlar muayyan aloqadorlikda mavjud ekanligini ifodalaydi. Masalan, ota- bola, shimol - janub, ostun-ustin, og‘ir- yengil kabilar. Mazkur tushunchalarda in’ikos etilgan buyumlar yakka yashamaydilar va albatta nisbatli bo‘ladilar.
Nisbatsiz tushuncha esa buyumlarning mustaqil yashashini ifoda etadi.
Masalan, «oy", "yulduz», «qonun» «konstitutsiya» kabi tushunchalar mustaqil, nisbatsiz tushunchalar bo‘lib, ularda mavjudligi o‘zga buyumlarga bevosita bog‘lanmagan narsa aks etgandir.
Dostları ilə paylaş: |