Ta'lim tamoyillari.
Bu o'qish va o'qitish jarayonida obyektivmavjud bo'lgan va uni bir butun qilib
turgan qismlari orasidagi zaruriy bog'liqlikdan
kelib chiqib,
odamlar tomonidan
ishlab chiqilgan vata'lim jarayonida amal qilishga
tavsiya etilgan harakatlar
tarkibidir.Pedagogik yondashuv bu ta'lim-tarbiyadagi o'zaro bog'liqlik. Tarkibiy va
tashkiliy jihatdan bir butun bo'lgan jarayon va hodisalarni o'rganuvchi
pedagogik
faoliyatdir. Pedagogik yondashuvlar turlari ular qo'llanilayotgan
manbaga mos
holda turlicha bo'ladi. Ular ichidan pedagogik texnologiyalarning ta'lim-tarbiyada
keng qo'llanilishi bilan texnologik yondashuvga e'tibor kuchaymoqda.
Texnologik yondashuv - bu ta'limning aniq kutilgan natijalariga ega bo'lgan
uzluksiz jarayondir. Uning komponentlari quyidagilardan iborat: tizimli yondashuv
asosida o'quv jarayonini loyihalash; o'quv maqsadini mumkin qadar aniqlashtirish;
ta'lim oluvchilarni ularning xatti-harakatlari asosida o'qitish; teskari (qaytma) aloqa;
bilim, ko'nikma va malakalarning to'la o'zlashtirilishi rejalashtirilgan maqsadlarga
erishishini kafolatlash; o'qitishning samaradorligiga erishish.
Pedagogik qobiliyat - bu o'qituvchining pedagogik
faoliyatga xos boigan
zaruriy xususiyatlari majmuasidan iborat bo'lib, unda
shu xususiyatlar negizida
pedagogik faoliyat bilan mohirona shug'ullana olish layoqatining shakllanganligini
ko'rsatuvchi muayyan darajadir.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. I. A. Karimov “Barkamol avlod orzusi” T., “Sharq” 1999 y
2. O’zbekiston Respublikasi “Kadrlar tayyorlash milliy Dasturi” T., 2000 y
3. O‘.Asqarova, M. Nishonov, M. Xayitbayev “Pedagogika” T., “Talqin” 2008 y
4. A. To’xtaboev, A.Eraliev “Tashkiliy xatti-xarakatlar” Andijon.,“Xayot” 2001 y
5. O. Musurmonova “Ma'naviy qadriyatlar va yoshlar tarbiyasi” T., “O’qituvchi”
1990 y