8-sinf 1-bilet Hujayraning kimyoviy tarkibi


–bilet 1.Sensor sistemalar (analizatorlar) va ularning funksiyalarini tushutirib bering?



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə33/37
tarix27.03.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#90194
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   37
BIOLOGIYA FANIDAN IMTIHON JAVOBLARI 2020 yil

28–bilet


1.Sensor sistemalar (analizatorlar) va ularning funksiyalarini tushutirib bering?
Nerv impulslari sezgi organlarida joy­lashgan retseptorlardan sezuvchi ney­ronlar orqali markaziy nerv sistema­siga uzatiladi. Nerv impulslari ta’sirida yarimsharlar po‘stlog‘idagi neyronlaming qo‘zg‘alishi sezgi tuyg'usini hosil qiladi. Retseptorlar, qo‘zg‘alishni nerv markazi- ga o'tkazadigan nerv yo‘li va yarimshar­lar po‘stlog‘inmg maxsus zonasi sensor sistemani (lot. sensus - sezgi) hosil qiladi. Bunday sistemani I.P. Pavlov analizatorlar deb atagan (79-rasm). Shunday qilib, analiza­torlar atrof-muhitda va organizmda sodir bo‘ladigan hodisalarni qabul qilib, tahlil qilishga ixtisoslashgan nerv tuzilmalaridan iborat. Ichki analizatorlar organizm ichki muhiti, muvozanat saqlash, tayanch-harakat apparati, qon bosimini nazorat qiladi. Mar­kaziy nerv sistemasi analizatorlar orqali organizmda va undan tashqarida yuz bera- yotgan jarayonlar haqida aniq axborot oladi. Ana shu asosda organlar va to'qimalarga buyruq beradi.
2.Yassioyoqlik nima?
Oyoqning tovon kafti ustki yuzasi gumbaz shaklida yuqoriga kotarilgan, pastki yuzasi esa chuqur egilgan bo'lih, tana uchun ressorlik vazifasini ba- jaradi. Tovonning bunday tuzilishi tufayli odam harakat qilganida yoki yuk ko‘targanida og‘irlik kaft bilan tovonga teng taqsimlanadi. Tovon gumbazi odam sakraganida yoki tasodifan yiqilganida organizmni kuchli zarbadan saqlaydi.Yassioyoqlik tovon gumbazining pasayib, yassilanishi, ba’zan butun lay yo‘q bo1 lib ketishidan iborat (29-rasm). Yassioyoq odam ko'p yurganida yoki uzoq vaqt tik turib qolganida uning oyoqlari kaftida og‘riq paydo bo‘ladi. Yassioyoqlik tug‘ma yoki hayot davomida orttirilgan bo‘lishi mumkin. Tug‘ma yassioyoqlik ota- onadan o‘tgan yoki homiladorlik davrida ona organizmida paydo bo‘ladigan ayrim o‘zgarishlar ta’sirida paydo bolishi mumkin.
Yassioyoqlik tug‘ilishdan keyin paydo bo‘lishi ko'pincha bolalik va o‘smirlik davrida tor, ayniqsa, poshnasi baland poyabzal kiyib yurish bilan bog‘liq. Yassioyoqlik uzoq vaqt tik turib ishlaydigan yoki ortiqcha semirgan kishilarda ham paydo bo'ladi.
Yassioyoqlikning oldini olish uchun uning dastlabki belgilari paydo bo‘lishi bilan mutaxassis shifokorga murojaat qilish va uning tavsiyasi bilan maxsus mashqlarni muntazam bajarib borish zarur.



Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin