6 Sinf Tarix mavzulashtirilgan test 1042 ta Javoblari bilan
12-Mesopotamiya sivilizatsiyalari (36)
Testlar
1. Qadimgi yunonlar qayerni Mesopotamiya deb nomlashgan?
A) Amudaryo va Sirdaryo oralig’idagi vodiyni
B) Nil daryosi vodiysini
C) Dajla va Frot daryolari oralig’idagi vodiyni
D) Hind va Gang daryolari vodiylarini
2. Mesopotamiya atamasi qanday ma’noni bildiradi?
A) Xudolar darvozasi
B) Daryoning narigi tomoni
C) Ikki daryo oralig’i
D) Qora tuproqli mamlakat
3. Mesopotamiyada vujudga kelgan-Yer yuzini butunlay suv bosishi to’g’risidagi rivoyatni aniqlang.
A) «Olam rivoyati»
B) «Gilgamesh haqida rivoyat»
C) «To’fon rivoyati»
D) «Sinuxet hikoyasi»
4. Mesopotamiya ahli nimani «hayot daraxti» deyishgan?
A) shakarqamish o’simligini
B) choy o’simligini
C) hurmo daraxtini
D) tut daraxtini
5. Mesopotamiyada qachon shumerlar manzilgohlari vujudga kelgan?
A) mil.avv.1-mingyillikda
B) mil.avv.4-mingyillikda
C) mil.avv.2-mingyillikda
D) mil.avv.3-mingyillikda
6. Shumerlar Mesopotamiyaning qaysi qismini «shumer» deb ataganlar?
A) sharqiy qismini
B) g’arbiy qismini
C) janubiy qismini
D) shimoliy qismini
7. Mesopotamiyaning qaysi qismida ko’chmanchi chorvadorlar – akkadlar o’rnashgan edi?
A) g’arbiy qismida
B) sharqiy qismida
C) shimoliy qismida
D) janubiy qismida
8. Akkadlar qachon butun Mesopotamiyani egallab oladilar?
A) mil.avv.2-mingyillik boshlarida
B) mil.avv.4-mingyillik o’rtalarida
C) mil.avv.4-mingyillik oxirlarida
D) mil.avv.3-mingyillik oxirida
9. Mesopotamiya aholisining asosiy mashg’uloti qaysi soha edi?
A) hunarmandchilik
B) chorvachilik
C) dehqonchilik
D) savdo-sotiq
10. Mesopotamiya aholisi Kavkazorti va Eron o’lkalaridan donga ayriboshlab qanday mahsulotlar olib keltirishgan?
A) noyob toshlarni
B) kumush, qalayi
C) hamma javoblar to’g’ri
D) oltin, mis
11. Mesopotamiyaga Suriyadan qanday mahsulot keltirilgan?
A) hunarmandlar yasagan buyumlar
B) kedr yog’ochi
C) qahrabo
D) yog’och
12. Mesopotamiyada savdoda nima pul sifatida ishlatilgan?
A) oltin quymasi shaklidagi metall tangalar
B) kumush quymasi shaklidagi metall tangalar
C) metall tangalar
D) temir quymasi shaklidagi metall tangalar
13. Mesopotamiyada 550 grammga teng bo’lgan og’irlik o’lchovi qanday atalgan?
A) mino
B) karat
C) podsho tirsagi
D) kilogramm
14. Shumerlar qachon mixxatni ixtio etishgan edi?
A) mil.avv.5-mingyillikda
B) mil.avv.2-mingyillikda
C) mil.avv.3-mingyillikda
D) mil.avv.4-mingyillikda
15. Mesopotamiyada Uruk, Umma, Lagash, Ur shaharlari qachon vujudga kelgan?
A) mil.avv.2-mingyillik oxirida
B) mil.avv.1-mingyillik oxirida
C) mil.avv.3-mingyillik oxirida
D) mil.avv.4-mingyillik oxirida
16. Mesopotamiyada paydo bo’lgan shahar-davlatlarda xudo nomidan kimlar hukmdorlik qilardilar?
A) podsholar
B) kohinlar
C) sardorlar
D) xattotlar
17. Mesopotamiyaning qadimiy ibodatxonalari qanday atalgan?
A) zikkurat
B) nekropol
C) sfinks
D) piramida
18. Mesopotamiyada Shamash qanday xudo hisoblangan?
A) oy xudosi
B) urush va g’alaba xudosi
C) savdo xudosi
D) quyosh xudosi
19. Mesopotamiyada qaysi xudo oliy hakam hisoblangan, yomon ishlari uchun odamlarni sud qilgan?
A) Sina
B) Ishtar
C) Shamash
D) Ea
20. Mesopotamiyada Oy xudosi qanday aytilgan?
A) Shamash
B) Sina
C) Ishtar
D) Ea
21. Mesopotamiyada Ea qanday xudo bo’lgan?
A) quyosh xudosi
B) oy xudosi
C) g’alaba ilohasi
D) suv xudosi
22. Mesopotamiyada Ishtar qanday xudo bo’lgan?
A) adolat va adliya ilohasi
B) urush va g’alaba ilohasi
C) oy xudosi
D) quyosh xudosi
23. Mil.avv.3-mingyillikda Shumer shaharlari orasida eng qudratlisi qaysi bo’lgan?
A) Ur shahri
B) Uruk shahri
C) Lagash shahri
D) Umma shahri
24. Mesopotamiyada katta-katta yer mulklari kimga tegishli bo’lgan?
A) kohinlarga
B) hukmdorlar va kohinlarga
C) hukmdorlarga
D) davlatga
25. Mesopotamiyada Lagash davlati qachon yuksalib Shumer va Akkadning ko’p shaharlarini o’ziga qo’shib olgan?
A) mil.v.3-mingyillik o’rtalarida
B) mil.v.2-mingyillik o’rtalarida
C) mil.v.1-mingyillik o’rtalarida
D) mil.v.4-mingyillik o’rtalarida
26. Mesopotamiyaning qaysi shahar-davlatidagi ibodatxona xudolar va qahramonlar haykallari bilan bezatilgan?
A) Ur shahri
B) Uruk shahri
C) Umma shahri
D) Lagash shahri
27. Mesopotamiyaning sevimli qahramoni Gilgamesh qaysi shahar podshosi bo’lgan?
A) Ur shahar
B) Umma shahri
C) Lagash shahri
D) Uruk shahri
28. Afsonalar qahramoni Gilgamesh do’st tutingan pahlavonni aniqlang.
A) Gudea
B) Enkidu
C) Enten
D) Emesh
29. Sargon I qachon Akkadni o’z hokimiyati ostida birlashtirgan?
A) mil.va.2-mingyillik o’rtalarida
B) mil.va.4-mingyillik o’rtalarida
C) mil.va.3-mingyillik o’rtalarida
D) mil.va.1-mingyillik o’rtalarida
30. Mesopotamiyada qaysi podsho savdo-sotiqni rivojlantirish uchun shaharlarda yagona bo’lgan uzunlik, maydon va og’irlik o’lchovini joriy etgan?
A) Nabonid
B) Sargon I
C) Navuxodonosor II
D) Xammurapi
31. Mesopotamiyada qaysi podsho jahon tarixida birinchi bo’lib 5400 nafar jangchidan iborat muntazam qo’shin tuzgan?
A) Valtasar
B) Sargon I
C) Nabonid
D) Xammurapi
32. Sargon I Mesopotamiyadan qaysi xududga boradigan dengiz savdo yo’llarini egallab olgan?
A) hamma javoblar to’g’ri
B) Arabiston
C) Hindiston
D) Eron
33. O’z hukmronligini so’ngida Shumer-Akkad podshosi Sargon I qanday unvon olgan?
A) «to’rt davlat podshosi»
B) «to’rt dengiz podshosi»
C) «to’rt iqlim mamlakati podshosi»
D) «podsholar xudosi»
34. Shumer-Akkad davlati qachon ko’chmanchi qabilalar zarbasidan parchalanib ketgan?
A) mil.avv.1-mingyillikda
B) mil.avv.2-mingyillik oxirlarida
C) mil.avv.3-mingyillikda
D) mil.avv.2-mingyillikda
35. Tepasida ibodatxonasi bo’lgan zinapoyali yirik minora qanday atalgan?
A) term
B) akropol
C) zikkurat
D) piramida
36. Qadimgi Mesopotamiyadagi zikkuratlar nimadan qurilgan edi?
A) loydan
B) toshdan
C) yog'ochdan
D) xom g'ishtdan