6 Sinf Tarix mavzulashtirilgan test 1042 ta Javoblari bilan
16-Hindiston sivilizatsiyasi (23)
Savollar va javobi
1. Hindiston mamlakati Osiyo qit’asida qaysi hududlarini egallagan?
Hind va Gang daryolari vodiylarini
2. Hind daryosi vodiysida qachon yagona davlatga birlashgan katta shaharlar vujudga kela boshlagan?
mil.avv.3-mingyillikda
3. Mil.avv.3 -mingyillikda Hind daryosi havzasining eng yirik shaxarlarini belgilang?
Moxenjodoro, Xarappa
4. Hind daryosi vodiysi manzilgohlari qachon zavolga yuz tutdi?
mil.avv.XVIII asrda
5. Hindiston hududiga ko’chmanchi oriylar qachon bostirib kelgan?
mil.avv.1500-yil
6. Olimlarning faraziga ko’ra oriylar qayerda yashaganlar?
Sharqiy Yevropa va Uralda
7. Hind daryosi vodiysidagi Moxenjodoro va Xarappa shaharlari nima sababdan butunlay zavolga yuz tutgan?
oriylar hujumi tufayli
8. Hindlar tasavvuriga ko’ra qaysi hudo har tongda oltin aravada osmon bo’ylab yo’lga chiqadi?
quyosh xudosi
9. Hindlar tasavvuricha Indra qanday xudo bo’lgan?
momaqaldiroq xudosi
10. Hindlarda boshi filnikiga o’xshash donishmand bosh xudoni aniqlang?
Ganesha
11. Hindlarda qaysi xayvonni o’ldirgan kimsa jinoyatchi deb e’lon qilingan?
sigirni o’ldirsa
12. Qadimda qaysi xalq odam vafot etgandan so’ng butunlay o’lmaydi, balki boshqa bir mavjudotga aylanib, hayvonga, qumursqaga aylanadi deb hisoblashgan?
hindlar
13. Qadimgi hindlarda aholi tabaqalari qanday atalgan?
kasta yoki varna
14. Qadimgi hindlarda kohinlar qaysi tabaqaga kirishgan?
braxmanlar
15. Qadimgi hindlarda jangchilar qaysi tabaqaga kirganligini aniqlang?
kshatriylar
16. Qadimgi hindlarda vayshilar tabaqasiga kimlar mansub bo’lishgan?
hamma javoblar to’g’ri
17. Qadimgi hindlarda xizmatkorlar va qullar qaysi tabaqaga mansub bo’lishgan?
shudralar
18. Qadimgi hindlar e’tiqodiga ko’ra aholi tabaqalari qaysi xudoning jismidan yaratilgan deb hisoblangan?
Braxma
19. Qadimgi hindlar e’tiqodiga ko’ra xudo Braxmanning qo’llaridan qaysi tabaqa yaratilgan?
jangchilar
20. Qadimgi hindlar e’tiqodiga ko’ra xudo Braxmaning dahanidan qaysi tabaqa yaratilgan?
kohinlar
21. Qadimgi hindlar e’tiqodiga ko’ra xudo Braxmaning oyoqlari tovonidan qaysi tabaqa yaratilgan?
xizmatkorlar
22. Qadimgi hindlarda birorta ham tabaqaga mansub bo’lmaganlar qanday atalgan?
chandal
23. Qadimgi hindlarda aholining qaysi tabaqasi qishloqlardan tashqarida yashashga majbur bo’lganlar?
chandallar