8-sinf jahon tarixi



Yüklə 59,38 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə53/82
tarix26.12.2023
ölçüsü59,38 Kb.
#198528
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   82
6-sinf-TARIX-1024

 
 
12-Mesopotamiya sivilizatsiyalari (36)
 
Savollar va javobi 
1. Qadimgi yunonlar qayerni Mesopotamiya deb nomlashgan? 

Dajla va Frot daryolari oralig’idagi vodiyni 
2. Mesopotamiya atamasi qanday ma’noni bildiradi? 

Ikki daryo oralig’i 
3. Mesopotamiyada vujudga kelgan-Yer yuzini butunlay suv bosishi to’g’risidagi rivoyatni 
aniqlang. 



«To’fon rivoyati» 
4. Mesopotamiya ahli nimani «hayot daraxti» deyishgan? 

hurmo daraxtini 
5. Mesopotamiyada qachon shumerlar manzilgohlari vujudga kelgan? 

mil.avv.4-mingyillikda 
6. Shumerlar Mesopotamiyaning qaysi qismini «shumer» deb ataganlar? 

janubiy qismini 
7. Mesopotamiyaning qaysi qismida ko’chmanchi chorvadorlar – akkadlar o’rnashgan edi? 

shimoliy qismida 
8. Akkadlar qachon butun Mesopotamiyani egallab oladilar? 

mil.avv.3-mingyillik oxirida 
9. Mesopotamiya aholisining asosiy mashg’uloti qaysi soha edi? 

dehqonchilik 
10. Mesopotamiya aholisi Kavkazorti va Eron o’lkalaridan donga ayriboshlab qanday mahsulotlar 
olib keltirishgan? 

hamma javoblar to’g’ri 
11. Mesopotamiyaga Suriyadan qanday mahsulot keltirilgan? 

kedr yog’ochi 
12. Mesopotamiyada savdoda nima pul sifatida ishlatilgan? 

kumush quymasi shaklidagi metall tangalar 
13. Mesopotamiyada 550 grammga teng bo’lgan og’irlik o’lchovi qanday atalgan? 

mino 
14. Shumerlar qachon mixxatni ixtio etishgan edi? 

mil.avv.4-mingyillikda 
15. Mesopotamiyada Uruk, Umma, Lagash, Ur shaharlari qachon vujudga kelgan? 

mil.avv.4-mingyillik oxirida 
16. Mesopotamiyada paydo bo’lgan shahar-davlatlarda xudo nomidan kimlar hukmdorlik 
qilardilar? 

kohinlar 
17. Mesopotamiyaning qadimiy ibodatxonalari qanday atalgan? 

zikkurat 
18. Mesopotamiyada Shamash qanday xudo hisoblangan? 

quyosh xudosi 
19. Mesopotamiyada qaysi xudo oliy hakam hisoblangan, yomon ishlari uchun odamlarni sud 
qilgan? 

Shamash 
20. Mesopotamiyada Oy xudosi qanday aytilgan? 

Sina 
21. Mesopotamiyada Ea qanday xudo bo’lgan? 

suv xudosi 
22. Mesopotamiyada Ishtar qanday xudo bo’lgan? 

urush va g’alaba ilohasi 
23. Mil.avv.3-mingyillikda Shumer shaharlari orasida eng qudratlisi qaysi bo’lgan? 

Ur shahri 
24. Mesopotamiyada katta-katta yer mulklari kimga tegishli bo’lgan? 

hukmdorlar va kohinlarga 
25. Mesopotamiyada Lagash davlati qachon yuksalib Shumer va Akkadning ko’p shaharlarini 
o’ziga qo’shib olgan? 

mil.v.3-mingyillik o’rtalarida 
26. Mesopotamiyaning qaysi shahar-davlatidagi ibodatxona xudolar va qahramonlar haykallari 
bilan bezatilgan? 

Lagash shahri 


27. Mesopotamiyaning sevimli qahramoni Gilgamesh qaysi shahar podshosi bo’lgan? 

Uruk shahri 
28. Afsonalar qahramoni Gilgamesh do’st tutingan pahlavonni aniqlang. 

Enkidu 
29. Sargon I qachon Akkadni o’z hokimiyati ostida birlashtirgan? 

mil.va.3-mingyillik o’rtalarida 
30. Mesopotamiyada qaysi podsho savdo-sotiqni rivojlantirish uchun shaharlarda yagona bo’lgan 
uzunlik, maydon va og’irlik o’lchovini joriy etgan? 

Sargon I 
31. Mesopotamiyada qaysi podsho jahon tarixida birinchi bo’lib 5400 nafar jangchidan iborat 
muntazam qo’shin tuzgan? 

Sargon I 
32. Sargon I Mesopotamiyadan qaysi xududga boradigan dengiz savdo yo’llarini egallab olgan? 

hamma javoblar to’g’ri 
33. O’z hukmronligini so’ngida Shumer-Akkad podshosi Sargon I qanday unvon olgan? 

«to’rt iqlim mamlakati podshosi» 
34. Shumer-Akkad davlati qachon ko’chmanchi qabilalar zarbasidan parchalanib ketgan? 

mil.avv.2-mingyillikda 
35. Tepasida ibodatxonasi bo’lgan zinapoyali yirik minora qanday atalgan? 

zikkurat 
36. Qadimgi Mesopotamiyadagi zikkuratlar nimadan qurilgan edi? 

xom g'ishtdan

Yüklə 59,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin