8-sinf jahon tarixi



Yüklə 59,38 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə62/82
tarix26.12.2023
ölçüsü59,38 Kb.
#198528
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   82
6-sinf-TARIX-1024

 
 
23-Antik tarixning boshlanishi (14)
 
Savollar va javobi 


1. Krit orolining markazi bo'lgan shaharni aniqlang. 

Knoss 
2. Yunonistonda eng baland tog’ qaysi bo’lgan? 

Olimp tog’i 
3. Qadimgi Yunonistonda qachondan ilk-shahar davlatlar vujudga kela boshlagan? 

mil.avv.2-mingyillikda 
4. Qadimgi Yunonistonda mil.avv.2 -mingyillikda vujudga kelgan davlatlarni aniqlang? 

Knoss, Mikena, Tirinf, Pilos 
5. Mil.avv.2-mingyillikda Minoy sivilizatsiyasi qayerda vujudga kelgan? 

Krit orolida 
6. Krit oroliga Yunoniston hududidan mikena qabilalari bostirib kirgan sanani aniqlang? 

mil.avv.1450-yil 
7. Minoy sivilizatsiyasini barbod bo’lishini nihoyasiga yetkazgan qabilalarni aniqlang? 

axey qabilalari 
8. Doriylar qachon janubiy Yunonistonga bostirib kirganlar va Miken davlatini yakson qilganlar? 

mil.avv.1200-yil 
9. Sparta davlatiga qaysi xalqlar asos solishgan edi? 

doriylar 
10. Odamlar yashaydigan hududlarni Yunonlar qanday atashgan? 

oykumena 
11. Qadimgi Yunonlarning jangovar kemasi qanday atalgan? 

triyera 
12. Ellada nomi qadimda qaysi davlatga tegishli bo’lgan? 

Yunoniston 
13. Dastlab Yunonistonning barcha aholisi qanday nomlangan? 

ellinlar 
14. Yunonistonning sharqida joylashgan dengizni aniqlang. 

Egey dengizi
 
 
24-25-Qadimgi Yunoniston ravnaqi (41)
 
Savollar va javobi 
1. Qadimgi Yunonistonda qachon dehqonchilik va hunarmandchilikning rivoj topishi bilan 
manzilgohlar va shaharlar soni ham ortib borgan? 

mil.avv.IX-VII asrlar 
2. Qadimgi Yunonistonda I -mingyillikda qaysi shahar-davlatlar eng yiriklari bo’lgan? 

Afina va Sparta 
3. Yunonistonda qachon Finikiya alifbosiga asoslangan yangi yozuv vujudga kelgan? 

mil.avv.VIII asrda 
4. Yunon koloniyalaridan Yunonistonga qanday mahsulotlar kelitirlganligini aniqlang? 

g’alla, metall, qullar 
5. Yunonistondan koloniyalariga sotish uchun qanday mahsulotlar keltirilganligini aniqlang? 

vino, zaytun yog’i, kulolchilik hamda temirchilar, zargarlar yasagan buyumlar 
6. Finikiya alifbosiga asoslangan yunon yozuvi necha harfdan iborat bo’lgan? 

24 harf 
7. Qadimgi Yunonistonda shahar-davlatlar qanday aytilgan? 

polis 
8. «Polis» atamasi qanday ma’noni bildiradi? 

«shahar» ma’nosini 
9. Qadimgi Yunon shahar-davlatlarining armiyasi asosini tashkil qiluvchi og’ir qurollangan askarlar 
qanday atalgan? 



goplit 
10. Qadimgi Yunonistonda og’ir qurollangan askarlarning bir necha, odatda 9 yoki 16 qator saf 
tortishi qanday nomlangan? 

falanga 
11. Attika viloyati qayerda joylashganligini aniqlang? 

O'rta Yunonistonning janubi-sharqida 
12. Attikaning g’arbiy qismida qachon yunonlar «Akropol»(Yuqori shahar) deb atalgan qal’a 
qurganlar? 

mil.avv.2-mingyillik 
13. Qadimgi Yunonistonda qurilgan Akropol(Yuqori shahar) atrofiga odamlar ko’chib joylashishi 
oqibatida qaysi shahar vujudga kelgan? 

Afina 
14. Qadimgi Attika viloyati aholisi qaysi guruhlarga bo’lingan edi? 

3 guruhga-qullar, ajnabiylar, fuqarolar 
15. Qadimda Afina davlat fuqarosi bo’lish uchun qanday shart qo’yilar edi? 

otasi va onasi ozod afinalik bo’lishi kerak edi 
16. Qadimgi Attika viloyatida kimlarni «meteklar» deyishgan? 

ajnabiylarni 
17. Qadimgi Afina davlatida qachondan boshlab davlat organlarida ishlashga haq to’lanib 
boshlangan? 

mil.avv.V asrdan 
18. Qadimgi Afina davlatiga foyda keltiruvchi sohalarni aniqlang? 

hamma javob to’g’ri 
19. Afina davlatining asosiy porti qaysi bandargoh bo’lgan? 

Pirey porti 
20. Afina dengiz ittifoqi g’aznasi qaysi davlatda joylashgan edi? 

Afina 
21. Afinada ota-onalar o’z bolalarini qanday o’qitishar edilar? 

pedagogga haq to’lab o’qitishar edi 
22. Yunonchadan tarjima qilganda «pedagog» atamasi qanday ma’noni bildiradi? 

«bolani yo’lda kuzatib boruvchi» 
23. Afina davlatida bolalarga necha yoshidan boshlab yozuv va hisob o’rgatilgan? 

7 yoshdan 
24. Afinada puldor ota-onalarning farzandlari o’qishini qayerda davom qildirishgan? 

palestrlarda 
25. Afina palestrlarida o’quvchilarga qanday fanlar o’qitilgan? 

adabiyot, she’r yozish, musiqa 
26. Afinada o’g’il bolalar necha yoshidan gimnastika bilan shug’ullanganlar? 

14 yoshdan 
27. Afina palestrlaridan joy olgan «Diskobol»(Disk uloqtiruvchi) haykalining muallifi kim bo’lgan? 

Miron 
28. «Nayzabardor» haykalining muallifi kim bo’lgan? 

Poliklet 
29. Afinada oliy ma’lumot beradigan o’quv yurtlarida qaysi fanlar o’qitilgan? 

astronomiya, geometriya, geografiya, tarix 
30. Janubiy Yunonistonga mil.avv.XII asrda qaysi qabilalar bostirib kirishgan? 

doriylar 
31. Janubiy Yunonistonda doriylar qaysi davlatga asos solishgan? 

Sparta 
32. Spartada qulga aylantirilgan yunonlarni qanday atashgan? 

ilotlar 
33. Mil.avv.VIII-VII asrlarda Yunonistondagi qaysi davlatda qulga aylantirilgan aholi ko’pchilikni 


tashkil qilgan? 

Sparta 
34. Spartaliklar o’z hukmronligini kuch bilan saqlab qolish uchun davlatda alohida shart-sharoitlar 
yaratganlar.Qanday tartib joriy qilganliklarini aniqlang? 

hamma javoblar to’g’ri 
35. Qadimgi qaysi davlatda faylasuflar ham, rassomlar ham, olimlar ham yo’q bo’lgan? 

Sparta 
36. Spartada to’la – to’kis huquqlarga ega bo’lmagan fuqarolar qanday atalgan? 

periyek 
37. Spartada periyeklar qaysi huquqlardan mahrum qilingan edilar? 

Xalq kengashida ishtirok qilish va armiyada xizmat qilish huquqidan 
38. Qadimda qaysi davlatda ayollarni jismoniy mashqlar bilan shug’ullanishga va sport 
musobaqalarida qatnashishga majbur qilishgan? 

Sparta 
39. Buyuk Yunon koloniyalashtirishi davri qaysi asrlarda bo’lgan? 

mil.avv.VIII-VI asrlar 
40. Yunonlar yunon bo’lmagan xalqlarni qanday nom bilan atashgan? 

varvarlar 
41. Buyuk Yunon koloniyalashtirishi davrida Qora dengiz bo’yida qaysi yunon koloniyalari 
vujudga kelgan? 

hamma javoblar to’g’ri

Yüklə 59,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin