8-sinf jahon tarixi



Yüklə 1,37 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə66/71
tarix21.05.2023
ölçüsü1,37 Mb.
#119098
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   71
7-sinf-OZBEKISTON-TARIXI

 
 
036-Ulug’bek ma’rifatparvar davlat arbobi (30) 
Savollar va javobi 
1. Mirzo Ulug'bek yashab o'tgan yillarni aniqlang. 
 1394 - 1449 yillar 
2. 1409 yilda Ulug'bek qayerlarning hokimi etib tayinlangan edi? 
 Turkiston va Movarounnahr 
3. Mirzo Ulug'bekning asl ismi qanday bo'lgan? 
 Muhammad Tarag'ay 
4. Shoxrux tomonidan Hisori Shodmon hukmdori etib kim tayinlangan edi? 
 Muhammad Jahongir 
5. Shoxrux tomonidan Farg'onadan to O'zgangacha bo'lgan hududlar kimga berilgan edi? 
 Amirak Ahmad 
6. XV asr boshlarida na Shoxrux va na Ulug'bekni tan olgan Turkiston hokimi kim bo'lgan edi? 
 Shayx Nuriddin 
7. 1410 yilda Shayx Nuriddin kimlar bilan birlashib temuriylarga qarshi isyon ko'targan edi? 
 Muhammad Jahongir, Amir Abduholiq va Chingiz o'g'lon 
8. 1410 yilning 20 aprelida Ulug'bek va isyonchilar o'rtasida qayerda jang bo'lib o'tgan edi? 
 Samarqand yaqinidagi Qizilravot mavzeyida 
9. 1410 yil 20 aprelida isyonchilardan yengilgan Ulug'bek qayerga qochgan edi? 
 Kalifga 
10. Nechanchi yildan boshlab Ulug'bek Movarounnahr va Turkistonni to'liq boshqara boshlaydi? 
 1412-yildan 
11. Ulug'bek nechanchi yilda Farg'ona va Qoshgarni egallagan edi? 
 1414 yilda 
12. Qachon Ulug'bek Xorazmni Oltin O'rda xonlarni tasarrufidan qaytarib olgan edi? 
 1413 yilda 
13. Ulug‟bekning qayerga yurishi muvaffaqiyatli bo‟lgan edi? 
 Mug‟uliston 
14. Ulug'bek qachon Mo'g'ulistonga yurish boshlagan edi? 
 1425 yil bahorida 
15. Ulug'bek va Mo'g'uliston qo'shinlari o'rtasidagi jang qayerda bo'lib o'tgan edi? 
 Issiqko'l yaqinida 
16. Ulug'bek qaysi yurishdan keyin ikki bo'lak nefrit toshi olib kelib, Go'ri Amir maqbarasiga qabr 
toshi yaratgan edi? 
 Mo'g'uliston yurishi 
17. Mo'g'uliston yurishidan keyin Ulug'bek qayerga o'ziga xos "zafarnoma" yozib qoldirgan edi? 
 Jizzaxning Ilono'tti darasida 
18. Ulug'bekning qayerga yurishi muvaffaqiyatsiz bo'lgan edi? 
 Dashti Qipchoqga 
19. Shohrux qachon va qayerda vafot etgan edi? 
 Ray viloyatida, 1447 yil 12 martda 
20. Shohrux vafotidan keyin Xurosonda o‟zboshimchalik bilan taxtni kim egallab oladi? 
 Alouddavla 
21. Ulug'bek va Abdullatif qo'shinlari qachon Tarnob jangida Alouddavlat qo'shinlarini yenggan 
edi? 
 1448 yil bahorida 
22. Ulug'bekning o'g'li Abdullatif Hirotda necha kun hukmronlik qilgan edi? 


 15 kun 
23. Kimning qo'shinlar yaqinlashib kelayotganini eshitgan Abdullatif Hirotni tashlab qochgan edi? 
 Abulqosim Bobur 
24. Balxga hokim etib tayinlangan Abdullatif savdogarlarni o‟z tomoniga o‟gdirib olish uchun 
qaysi soliqni bekor qilgan edi? 
 tamg‟a 
25. Mironshoh Qavchin kim? 
 Samarqand amiri 
26. Ixtiyoruddin qal'asi qaysi shaharda joylashgan edi? 
 Hirot 
27. Hirotdan Samarqandga qaytayotgan Mirzo Ulug'bek kimlarning zarbasiga uchragan edi? 
 Abulxayrxon boshchiligidagi Dashti Qipchoq qo'shiniga 
28. Xurosonga yurishlar davrida Ulug'bek kimni Samarqandda vaqtinchalik noib etib qoldirgan edi? 
 Abdulazizni 
29. Mirzo Ulug'bekning o'ldirilishiga qarshi bo'lgan Samarqand qozisi kim edi? 
 Shamsiddin Muhammad Miskin 
30. Mirzo Ulug'bek qaysi yillarda Movarounnahrni boshqargan edi? 
 1409-1449 yillar

Yüklə 1,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin