5. Amir Shohmurod qachon Rossiyaga elchi yuborgan?
A) 1791-yilda B) 1795-yilda
C) 1787-yilda D) 1797-yilda
6.Amir Shohmurod Rossiyaga kim boshchiligida elchi yuborgan?
A) Ernazarbiy B) Polvonquli qurchi
C) Muhammad D) Qulibek
7.Amir Shohmurodning Rossiyaga elchi yuborishiga nima sabab bo’ldi?
A) Eronning Buxoro amirligi xavfsizligiga tahdid sola boshlaganligi
B) Usmoniy Turklarning Buxoroga tahdidi
C) Savdo-elchilik munosabatlari o’rnatish
D) Qurol-aslaha bo’yicha yordam olish
8. Amirlikdan qaysi hukmdor yuborgan elchilar Rossiya hukumati oldiga Ural daryosining Osiyo qit’asi qismidan amirlik savdogarlariga haq to‘lamasdan chorva mollari boqishlari uchun joy ajratib berish, Buxoroga po‘lat sotish, savdo karvonlarining talanishiga yo‘l qo‘ymaslik kabi masalalarni qo‘ydilar?
A) Amir Nasrullo B) Amir Haydar
C) Amir Muzaffar D) Amir Shohmurod
9. Qaysi amir hukmronligi davrida yuborilgan elchilar rus hukumati oldiga, asosan, Buxoro tovarlaridan olinayotgan boj to‘lovlarini kamaytirish, tog‘-kon ishlari olib borish uchun mutaxassislar yuborish hamda amirlikka zambarak quroli sotish kabi masalalarni qo'ydilar.
A) Amir Nasrullo B) Amir Haydar
C) Amir Muzaffar D) Amir Shohmurod
10. Buyuk Britaniya josuslari va tovarlarining O‘rta Osiyoga kirib kelishining kengayishi Rossiyani xavotirga solib qo‘ydi. Chunonchi, Banoras (Hindiston)dan kiritilayotgan ingliz tovarlari bu yerda o‘z narxidan necha marta arzon bahoda sotila boshlangan?
A) 5-7 marta B) 6-8 marta
C) 6-9 marta D) 7-9 marta
Dostları ilə paylaş: |