34. Biy, otaliq va inoq mansablari qaysi Xiva xoni davrida bekor qildi.
A) OlloqulixonB) Muhammad Rahimxon I
C) Abulg’ozi BahodirxonD) Eltuzarxon
35. Xonlikda nechta devon (vazirlik) faoliyat ko‘rsatgan?
A) 2 ta B) 3 ta C) 4 ta D) 5 ta
36. Xiva xonligida devonga kim rahbarlik qilgan?
A) Qo’shbegi B) Mehtar
C) Yasovulboshi D) Devonbegi
37. Xiva xonligida faoliyat ko`rsatgan devonlarni aniqlang
1. Xo`jalik devoni
2. Ijtimoiy-siyosiy ishlar bilan shug`ullanuvchi devon
3.Harbiy devon
4. Tashqi ishlar devoni
A) 1,2,3 B) 1,2,3,4 C) 1,3,4 D) 2,3,4
38. Xivada Oliy Kengash a’zosi yasovulboshi vazifalarini belgilang
1. Xonlikda to‘planadigan soliqlarning davlat xazinasiga tushishini ta’minlagan
2. Xonlik xavfsizlik xizmatini boshqargan
3. Moliya ishlari uchun. shuningdek, qo‘shinning holati uchun javobgar bo’lgan
4. Barcha harbiy harakatlarda ishtirok etgan
5. Xonning qo’riqlanishi va maxfiy davlat hujjatlarining saqlanishi uchun javobgar bo’lgan
6. Urush harakatlari vaqtida qo‘shinga qo‘mondonlik qilgan
A) 1, 2, 6 B) 1, 3, 4
C) 2, 5, 6 D) 2, 3, 5
Dostları ilə paylaş: |