8-umumiy o`rta ta’lim maktabi Aniq fanlar metod birlashmasining bajarilgan ishlar yuzasidan



Yüklə 32,99 Kb.
tarix12.10.2023
ölçüsü32,99 Kb.
#154553
8-maktab MB hisoboti 2023



Yangiyer shahridagi


8-umumiy o`rta ta’lim maktabi Aniq fanlar metod birlashmasining bajarilgan ishlar yuzasidan
2022-2023-oquv yili
yakuni bo`yicha



Yangiyer shahridagi 8-umumiy o`rta ta’lim maktabi Aniq fanlar metod birlashmasining bajarilgan ishlar yuzasidan


2022-2023-oquv yili
yakuni bo`yicha HISOBOTI

2022-2023 o`quv yili Aniq fanlar metod birllashmasi o`z faoliyatini yillik ish reja tuzib olish bilan boshladi. Aniq fanlar metod birlashmasiga matematika, informatika, fanlarining 8 nafar a’zosi birlashtirilgan, ular tarkibi o`tkazilgan attestatsiya yakuniariga ko`ra matematika fanidan 1 nafar oily toifali, 4 nafar mutaxassis, informatika fanidan 1 nafar ikkinchi toifali, 1 nafar mutaxassis o`qituvchilardan iborat edi.


Dars soatlari O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Sog`liqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligining 2020 yil 30 iyundagi 3271-qaroriga asosidagi Nizomga muvofiq taqsimlandi.
Har bir o`qituvchi yillik ish rejasini davlat dasturi asosida ishlab chiqdi. Ish rejalar metod birlashma yig`ilishida ko`rib chiqildi va tasdiqlash uchun tavsiya qilindi. Aniq fanlar metod birlashma a’zolari har biri o`quvchilarni Xalqaro PIRLS tadqiqotlariga tayyorlash rejasini ishlab chidqi, shu asosda o`quvchilar bilan tayyorgarlik ishlarini olib bordi.
Maktab I tur ichki olimpiadasi Nizom asosida o`tkazildi. G`olib o`quvchilar shahar olimpiadasida qatnashib keldi. Aniq fanlar tasarrufiga kiruvchi fanlar bo`yicha qatnashgan o`quvchilar shaharda o`rtacha 66,4% natija ko`rsatdi. Ikki nafar o`quvchi tumanda 4-5 o`rinni egalladi.
Ilg`or o`qitish metodlarini izlab topish, metod birlashma yig`lishlarida ma’ruza qilish, muhokama qilish va o`rgatish ishlari yo`lga qo`yildi. Toyloqov Faxriddinning “Zamonaviy dars o`tish metodlari”, Norqo`ziyeva Munavvarning “Aniq fanlarni o`qitishda zamonaviy texnologiyalardan foydalanish” mavzulardagi ma’ruzasi o`rganib, dars soatlarida qollanishga tavsiya qilindi.
“Ustoz-shogird” an’analari yo`lga qo`yildi. Matematika o`qituvchisi Fayzullayev Sherzod- matematika o`qituvchisi G`aniyeva O`g`iljonga, matematika o`qituvchisi Sultonov Alisher- informatika o`qituvchisi Toyloqov Faxriddinga biriktirildi.
Ochiq darslar jadvali ishlab chiqildi, shu reja asosida metod birlashma tasarrufida 8 soat ochiq dars o`tildi.
Fan to`garak mashg`ulotlari o`z faoliyatini sentabr oyidan boshladi. Ish reja asosida mashg`ulotlar olib borish yo`lga qo`yildi.
“Bir million o`zbek dasturchilari” loyihasida informatika fan o`qituvchilari Toyloqov Faxriddin va Bo`ronova Umida “Full Stack Development Track” va “Android Development Track”, “Data Analysis Track” yo`nalishlarida ish olib borishdi. Ikkinchi yarim yillikda o`quvchilarni loyihada ishtirok etib sertifikatlarni qo`lga kiritishni rejalashtirib oldik.

Yangiyer shahar 8-umumiy o’rta ta’lim maktabida5-muhum tashabbusning uchunchi tashabbusi yo’nalishida ochilgan ‘’ Yosh dasturchi ‘’to’garagining sentabr, oktabr,noyabr oylarida bajarilgan ishlar bo’yicha Yangiyer shahar 8- umumiy o’rta talim maktabida 5-sentabrdan boshlab ‘’Yosh dasturchi’’ to’garagi tashkil etildi.


Respublikada birinchi bor o`tkazilayotgan Matematika o`qituvchilari o`rtasidagi olimpiadada matematika o`qituvchilari ”, Norqo`ziyeva Munavvar va Sultonov Alisher Sultonov Alisher
Sultonov Alisherlar munosib ishtiron etib qaytishdi.
Matematika va informatika fan o`qituvchilari uchun dushanba, kimyo, fizika, biologiya, geografiya o`qituvchilari chorshanba metod kunlarini samarali tashkil qilish, tayanch mashg`ulotlariga to`liq qatnashish yo`lga qo`yildi.
Yil davomida metod birlashmaning har bir a`zosi kamida to`rttadan ochiq darslar tashkillashtirdi, bittadan metodik ma’ruzalar tayyorlab, o`z tavsiyalarini berib borishdi.
“Bir million o`zbek dasturchilari” loyihasida maktabning 7-11-sinf o`quvchilarining 35-40%i sertifikatlarni qo`lga kiritdi
Metod birlashma a’zolari so`nggi attestatsiya natijasiga ko`ra
Oily toifa 1 nafar
Ikkinchi toifa 1 nafar
Mutaxassis 5 nafar
Bo`ldi. “Ustoz-shogird” an’analari yaxshi yo`lga qo`yildi

Metod birlashma 2022-2023-o`quv yilida reja asosida ish faoliyatini olib bordi. Metod birlashma yig`ilishlari o`z vaqtida o`tkazlib, qilingan va rejalashtirilgan ishlar, ilg`or metodik tavsiyalar yuzasidan fikr almashtirdilar.


Kamchiliklar o`rganib chiqildi, o`quvchilarni fan olimpiadalariga tayyorlashning samarali usullaridan foydalanish choralarini ishlab chiqishni vazifasini oldimizga maqsad qilib qo`ydik
Yakuniy nazorat imtihonlariga tayyorgarlik, uni yaxshi o`tkazish, o`quvchilarni oliy o`quv yurtlariga tayyorlash ishlari faol ravishda olib borilmoqda.
8-maktab Aniq fanlar metodbirlashmasi rahbari


Yüklə 32,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin