9- mashq. Lyuksmetr yordamida yoritilganlikni o‘lchash Kerakli asbob va materiallar



Yüklə 44,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/3
tarix13.12.2023
ölçüsü44,8 Kb.
#175016
1   2   3
7-Люксметр лаб (1)

Nazariy ma’lumotlar: 
Ma‟lumki to„g„ri radiatsiya va sochilgan radiatsiya birgalikda erdagi tabiiy 
yoritilganlikni vujudga keltiradi. Kunduzgi yorug„lik quyosh radiatsiyasining bir 
qismi, ya‟ni to„lqin uzunligi 

- 0,38 mk-0,76 mk orasida bo„lgan nurlanishgina 
ro„yobga chiqaradi. 
Quyosh erga tushayotgan quyosh nurlanishini energetik jihatdan xarakterlaydi. 
YOritilganlik esa quyosh nurlanishining fotometrik xarakteristikasi bo„lib, quyosh 
radiatsiyasidan farqli ravishda yorug„lik birliklarida o„lchanadi. Quyosh radiatsiyasi va 
tabiy yoritilganlikning o„zaro bog„lanishini o„rganish uchun ularni bir vaqtda o„lchash, 
boshqacha aytganda, quyosh radiatsiyasining yorug„lik ekvivalentini topish zarur. 
Kilolyuks xisobida o„lchanayotgan tabiy yoritilganlikni ayni shu vaqtda 
мин
см
кал

2
birlikda o„lchanayotgan quyosh radiatsiyasi intensivligining qiymatiga nisbatini 
quyosh radiatsiyasining yorug„lik ekvivalenti deyiladi va E harfi bilan belgilanadi. 
Odatda quyosh radiatsiyasining qiymatlari bo„yicha yoritilganlikni hisoblashda 
quyoshning gorizontdan balandligi 40

dan oshiq bo„lganda uning qiymati kam 
o„zgargan. SHunga asosan yig„indi radiatsiya uchun E ning qiymatini 71-72 
klk/kilolyuks/, to„g„ri radiatsiya uchun 70 kilolyuksni olish kerak. Sochilgan quyosh 
radiatsiyasida esa bulutli osmon uchun E ning qiymatini 10% aniqlik bilan 72 klk, 
boshqa xollarning hammasi uchun 81 klk qilib qabul qilish kerak. (N. P. Rusin, L.A. 
Flit, Solnse i xleb, Leningrad, «Gidrometizdat» nashriyoti, 1971 yil). 
Quyosh radiatsiyasi yorug„lik ekvivalentining bu qiymatlari odatda gorizontal 
sirtlarning yoritilganligini hisoblashdagina qo„llaniladi. Toshkent shahri territoriyasi 
uchun tabiy yoritilganlikning maksimal qiymatilari iyun oyiga (bu davrda uning 
maksimal qiymati 10
5
/lyuks/gacha yaqinlashadi), minimal qiymati esa dekabr oyiga 
to„g„ri keladi. 
Quyosh yorug„ligi o„simlik va hayvonat dunyosi uchun asosiy xayot omillaridan 
biridir. Tirik organizmlar ( xususan o„simliklar) quyosh radiatsiyasining intensivligi, 
spektral sostavi o„zgarishiga va yorug„lik kuni uzunligiga juda ta‟sirchan bo„ladilar. 
YOrug„lik intensivligining roliga ba‟zi misollar keltiramiz: tajriblar yorug„lik 
ta‟sirida turli ekinlar bargida fotosintez boshlanishining minimal qiymatlari ular uchun 
har xil ekanligini ko„rsatadi. Masalan, o„ta sust o„sish, gullash va xosil to„plash 
davrida bodring uchun minimal yoritilganlik 2400 lk, pomidor uchun 4000 lk, nuxat 
uchun 1100 lk ga tengligini ko„rsatadi. 
Yorug„lik intensivligining oshishi fotosintezda avvalo assimilsiya qilinayotgan 
karbonat angidrid miqdorining chiziqli oshishiga olib keladi. Ammo yoritilganlik 


oshgan sari fotosintez jarayonining tezligi kamaya boradi va nihoyat yoritilganlikning 
biror qiymatida “yorug„likka to„yinishi” ro„y beradi. 
Yorug„lik intensivligining keyingi oshishi fotosintezni tezlashtirmay qo„yadi. 
Fotosintezning intensiv borishi uchun yoritilganlikning optimal intervali ham turli 
o„simliklarda har hil qiymatga ega. Masalan, g„o„za uchun 50-70 klk pomidor, tarvuz, 
qovunlar uchun 30-40 klk bodring va karamlar uchun 20-30 klk optimal yoritilganlik 
deb qaraladi. 
SHunday qilib, qishloq ho„jalik ekinlarining hosildorligini oshirish uchun 
agrotexnika qoidalari bilan bir qatorida, ekinlarini to„g„ri joylashtirish, ekish - optimal 
yorug„lik rejimini yaratishga ham alohida e‟tibor berish kerak. SHuning uchun qishloq 
xo„jalik xodimlari ekinlarga dala sharoitida zaruriy optimal yorug„lik rejimi va uni 
o„lchash haqida etarlicha bilimga ega bo„lishlari kerak. 
Qishloq xo„jaligi ishlab chiqarishida tabiy yoritilganlikdan tashqari, yorug„likning 
turli xil sun‟iy manbalardan ham keng ko„lamda foydalaniladi. Masalan, 
mamlakatimizning shimoliy rayonlari teplitsalarida sabzavot (pomidor yoki bodring) 
ko„chatlarining o„sishi va rivojlanishining tezlashtirish hamda tabiy yoritilganlik 
kamaygan oylarda uning o„rnini qoplash uchun, ekinlar qo„shimcha ravishda sun‟iy 
yorug„lik manbalari bilan nurlantiriladi. SHu maqsadda quvvati xar xil cho„g„lanma, 
lyuminessent lampalardan keng foydalanilmoqda. Nixoyat kishilarning yashash va 
ishlash joylaridagi yoritilganlik ham normal bo„lishi kerakligini qayd qilib o„tamiz. 
Binobarin, yoritilganlikni o„lchash va boshqarish ilmiy va amaliy jixatdan ahamiyati 
katta. 
YOritilganlikni o„lchash uchun ishlatiladigan asboblar lyuksmetrlar deb yuritiladi. 
Biz bu laboratoriya ishida YU - 116 tipdagi lyuksmetrdan tabiiy yoritilganlikni, 
cho„g„lanma va lyumenessent lampalar nurlanishidan xosil bo„ladigan yoritilganlikni 
o„lchash usullari bilan tanishamiz. 

Yüklə 44,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin