Kundalik.Kishilar shu kungi hayotini, yuz bergan vоqea-hоdisalarni keyin eslash maqsadida xоtira yozib bоradilar.
Ijodiy ish. Abdulla Qodiriyning “O’tkan kunlar”, ”Mehrobdan chayon ” romanidagi milliy muomala tasvirlangan o’rinlarni toping va izohlang.
Bahs - munozara Abdulla Avloniyning “Turkiy guliston yohud axloq” asari yuzasidan bahs- munozara o’tkazish.Talabalar teng ikki guruhga bo’linib, guruhlariga nom qo’yadilar va bir – birlariga navbatma – navbat savollar beradilar. Har bir guruh a’zosining to’liq javobi uchun 2 balldan qo’yiladi, javob to’liq bo’lmasa, baho kamaytiriladi.
III. Talabalarning javoblariga izohlar beriladi va ular umumlashtirilib, dars yakunlanadi.
IV. Darsda faol qatnashgan talabalarga reyting ballari qo’yiladi.
V. Uyga vazifa berish: “Fikrni og’zaki va yozma bayon qilish” mavzusini o’qish. Gazeta va jurnal, radio va televideniedan o’rganilayotgan mavzuga oid g’aliz iboralardan 10 ta misol yozing.