Bulung’ur tumani №48-umumiy o’rta ta’lim maktabi 9-sinf o’quvchisi
___________________________ning
Fizika fanidan lobaratoriya daftari
9 – S I N F Labaratoriya ishi№1 Mavzu: Qattiq jismning solishtirma issiqlik sig’imini aniqlash Ishning maqsadi: Qattiq jismning solishtirma issiqlik sig’imini aniqlashni o’rganish.
Kerakli asboblar: Karolimetr, termometr, tarozi, tarozi toshlari, metall silindr, suv qaynab turgan idish, ilgak, filtr qog’oz.
Hurmatli o’quvchi! Sizga yuqoridagi jihozlar berilgan bo’lsa, qanday qilib qattiq jismning solishtirma issiqlik sig’imini aniqlagan bo’lar edingiz. Taxminlaringizni labaratoriya ish daftaringizga yozing.
Ishni bajarish tartibi 1. Kalorimetrning ichki idishi tarozida tortiladi m1, kg.
2. Unga yarmidan kamroq suv quyilib yana tarozida tortiladi m2, kg. ms=m2-m1 formuladan kalorimetrdagi suv massasi aniqlanadi.
3. Kalorimetr ichki idishi tashqi idishga solinib, undagi suvning boshlang’ich temperaturasi o’lchanadi t1, .
4. Metall silindr massasi m3 tarozida tortiladi.
5. Ilgak yordamida qaynab turgan suvga metall silindr solinadi va bir necha minut ushlab turiladi, hamda qaynab turgan suv temperaturasi o’lchanadi t2 . So’ngra silindr qaynoq suvdan olinib tezda kalorimetrdagi suvga solinadi.
6. Termometr bilan suvni aralashtirib, temperaturaning ko’tarilishi to’xtagandan so’ng temperatura yozib olinadi t, . Olingan ma’lumotlar quyidagi jadvalda yoziladi.
7. formuladan foydalanib qattiq jismning solishtirma issiqlik sig’imini aniqlang. Bunda Ck –kalorimetr yasalgan metallning solishtirma issiqlik sig’imi.
8. Tajribani yana ikki marta takrorlang. Absolyut va nisbiy xatoliklarni toping.
9. Esse yozing. Quyidagi jadvalni to’ldiring. Laboratoria ishi haqidagi xulosalarni yozing.