@Respublika filologlari. o‘zbek tili 9-sinf chiqish testi
1. D 2. B 3. D 4. C 5. A 6. B 7. C 8. B 9. D 10. C 11. Qani, ma, mang, marhamat 12. Shoira Rasulova 13. Son bilan 14. Olmosh bilan 15. Ravish bilan
9 – sinf Chiqish testi
1. Yaxshilikni minnat uchun qilmaydilar. Gap turini aniqlang.
A. Shaxsi topilmas gap B. Shaxsi noma`lum gap
C. Shaxsi ma`lum gap D. Shaxsi umumlashgan gap
2. Yaqin kunlarda test sinovlaridan o’tamiz. Gap turini aniqlang.
A. Shaxsi umumlashgan gap B. Shaxsi ma`lum gap
C. Shaxsi noma`lum gap D. Shaxsi topilmas gap
3. Bor boricha, yo’q – holicha. Ega qaysi so’z turkumi bilan ifodalangan ?
A. taqlid so’z B. olmosh C. ot bilan D. modal so’z
4. Aravani quruq olib qochish kerak emas. Ega nima bilan ifodalangan ?
A. ot bilan B. sifat C. ibora D. olmosh
5. Qaysi qatorda shaxsi topilmas gap berilgan?
A. Xom suvni ichib bo’lmaydi. B. Quyosh yotog’idan bosh ko’tardi.
C. Qimirlagan qir oshar. D. Ko’chada hech kim yo’q.
6. So’z – gapni toping.
A. – Avtobusda ketaman. B. Ma`qul! C. – Yo’q, shoshma !
D. – Azamat ekansan – ku, bolam!
7. “ Qani ” so’zi so’z – gapning qaysi turiga kiradi?
A. Tasdiq so’z – gap B. Undov so’z – gap
C. Taklif so’z – gap D. Inkor so’z – gap
8. Inkorni bildiruvchi so’z – gapni toping.
A. Shunday ulug’ narsani himoya qilmay bo’ladimi?!
B. – U institutga boradimi? - Yo’q.
C. Bundan keyin meni hech eslamang.
D. Onangni sog’intirma.
9. Qaysi qatorda shaxsi ma`lum gap berilgan?
A. Bu kitobni o’qish kerak. B. Yomondan qoch, yaxshiga yondosh.
C. Uning majlisdan kelishini kutish lozim. D. Cho’lga ketish rejasini tuzdik.
10. Biz maktabning jamoat ishlariga faol qatnashamiz.
Ega qaysi so’z turkumi bilan ifodalangan ?
A. taqlid so’z B. ot bilan C. olmosh D. modal so’z
11. Taklif so’z – gaplarni atang.
12. “ Mening tengdoshlarim ” she`ri muallifi kim?
13. Uchovi ko’chaga chiqib ketishdi. Ega qanday ifodalangan ?
14. Hamma hasharga to’plandi. Ega qaysi so’z turkumi bilan ifodalangan ?
15. Daraxtning ko’pi yaxshi ko’kardi. Ega nima bilan ifodalangan ?