9.Husnixatga oʻrgatishning amaliy asoslari
Yozuvga o`rgatish murakkab jarayon bo`lib, u o`quvchining xarakteriga , kayfiy genik imkoniyatiga bog`liq bo`lgan psixolinistik jarayon sanaladi. Maktabga endigina kelgan bolalarni yozuvga o`rgatish nihoyatda qiyin kechadi. Shuningdek , bolalarni yozuvga o`rgatish bevosita o`qishga o`rgatish bevosita o`qishga o`rgatish jarayoni bilan bo`g`lab olib boriladi.
Yozuvga o`rgatish jismoniy va aqliy mehnat talab etadigan og`ir jarayon hisoblanadi. Yozuvga o`rgatish jarayoni o`qituvchilar zimmasiga qator mas`uliyat yuklay di.
Texnik shartlarga qo`yudagilar kiradi:di o`qituvchi bu jarayonda o`quvchilarning grafik va orfografik kunikmalarini yaxshi rivojlantirishga harakat qilmog`I lozim. Grafik malakalari yaxshi rivojlanmagan o`quvchilar yozuv jarayonida tovushni harfga aylantirish, harfni yozish, ularni bir – biriga ulashda keragidan ortiq vaqt sarflaydilar. Grafik malakalarsiz to`g`ri yozuvlar bo`lishi mumkin emas. Bola qanchalik chiroyli yozsa, undagi yangi narsalarni o`zlashtirishga qiziqish ortadi. O`z ichiga sinchkovlik va diqqat bilan qaraydi, yozuvini kuzatib boradi. Yozuvni dastlabki vaqtlarda grafik jihatdangina kuzatsa, keyinchalik orfografik jihatdan ham kuzata boshlaydi.
Yozuv jarayonida yozuvni ifoda qilishning turli usullridan foydalanish mumkin. Masalan; hoshiya chizdirish , havoda qildirish kabiar.
O`quvchilarni yozuvga o`rgatishning muvaffaqiyatli natijasi bir qancha vositalarga bog`liq bo`lib, ularni shartli ravishda 2 turga ajratish mumkin.
Texnik shartlar
2. Ta`limiy shartlar
Sinf jihozlarinining ketma – ketligi.
Sinf xonasining talab darajasiga yoritilishi.
Partad a o`quvchining to`g`ri o`tirishi
Ruchkani to`g`ri ushlashi.
Daftarni 65 % qiyalikda ishlash.
Daftar chizig`ining aniq va ko`z tashlanib turishi.
Ushbu shartlar bir- biriga o`zaro bog`liq holda to`g`ri yo`lga qo`yilsa, chiroyli yozuvga o`rgatishning texnikaviy shartlari bajariladi.
Ta`limiy shartlar – o`qituvchining faoliyati bilan bog`liq bo`lgan shartlar majmuasidir:
1 – sinfga qabul qilingan o`quvchilar o`qishning dastlabki haftalarida o`qish va yozishga bo`lgan qiziqishi kuchli bo`ladi. O`qituvchi o`quvchilarning mana shu qiziqishlarini so`ndirmasdan maqsadga to`g`ri yunaltira bilishi zarur.. Buning uchun bolalarni fiziologik va psixologik xususiyatlarini o`rganish talab etiladi 1- sinf o`qvchisi harfni yozayotganda shu harfning elementlariga tuzulganini, bu elementlar qayerdan qayergacha davom etishini, ularning chiziqlar orasida joylashuvini, harflarning ulchamini o`ylaydi. Boshlang`ich sinflarda yozuvga o`rgatishningeng quly yo`li bu harflarni guruhlarga ajratishdir. Bu guruhlashni harflarlrning o`xshash unsurlariga ko`ra tasnif qilish mumkin;
Ma`lumki o`quvchilarning yozish sur`ati bir xil bo`lmaydi. Lekin shunga qaramasdan butun o`quvchilarning yozish tezligini barobarlash chor - tadbirlarini belgilash, bir darsda yoziladigan material miqdorini aniqlab olish mumkin.Oquvchilar barmoq muskullarining erkin harakatlanishini rivojlantiruvchi mashqlarini doimiy ravishda o`tkazib turish han yozuvga o`rgatishning ta`limiy vositalaridan biri ko`rgazmalilidir. Ko`rgazmalilik 2 xil bo`ladi:
Ko`rgazmali tasvir.
Ko`rgazmali harakat.
Ko`rgazmali tasvir - bu oqituvchi tomonidan birorta harfning yozma shakli ifodalangan bo`lsa, shu shakl kichik hajmda , har bir o`quvchining partasiga beriladi. O`quvchilarning o`zlari harfning yozma shaklini ko`rib, daftarlariga yozadilar. Ammo bunday ko`rgazmalarni tayorlashda ortiqcha bezak larga o`rin bermaslik lozim. Bu ularni diqqatini chalg`itishi mumkin.
Ko`rgazmali harakat o`qituvchi tomonidan amalga oshiriladi, bunda o`qituvchi tomonidan amalga oshiriladi,bunda o`qituvchi har bir harfning yozilish shaklini doskada ko`rsatib izohlaydi. Ko`rgazmali harakatning to`g`ri bo`lishi uchun, avvalo o`qituvchining o`zi chiroyli yozuv qoidalarini, ya`ni har bir harfning yozishni nazariy qoidalarigina emas, balki amaliy yozilishini ham o`zlashtirgan bo`lishi lozim.
Savod o`rgatish davrida husnixat mashg`ulotlari katta o`rin va ahamiyat egallaydi. Savod o`rgatish uchun ajratilgan 140 soatdan tashqari umumta`lim o`rta maktablarning birinchi sinfida husnixat ta`limi uchun 21 soat ajratilgan . Bularning 4 soati alifbogacha bo`lgan (tayyorgarlik) davriga, to`g`ri keladi. 2 – sinfda 23 soat ajratilgan. Alfavitning harflari yozish harakati alomatlariga ko`ra ba`zan bir – birini takrorlaydilar. Masalan, o, o`, e, u, v, g, g`, q.
,,Alifbe’’ ning ba`zi sahifalarida o`xshash unsurli harflarga doir rasmlar , yoki tasvirlar keltiriladiki , biron jihatdan u yoki bu harflar silsilasiga o`xshaydi. Agar ba`zi sabablarga ko`ra bu talablar kitobda rioya etilmagan bo`lsa, o`qituvchi mustaqil ravishda ushbu ishni amalga oshiradi. Ta`kidlab o`tish lozimki, ushbu rasmlar alohida shaklga ega emas, balki umumiy tasvirlardan ajratib olinadi va o`quvchilar o`qituvchilari yordamida uni rangli qalamlar bilan chizadilar. O`zshatishlar jarayonida harflar o`quvchilrning xotirasiga naqshlanadi.
Ta`kidlaganimizdek, alifbegacha bo`lgan davrda husnixat ta`limi uchun 4 soat ajratilgan. Bu soatlar qo`yidagi talablar va qoidalarni o`quvchilarga tushuntirish uchun ajratiladi:
|