1. O‘quvchilar mavzu bilan oxirigacha tanishadilar:
- darslikda berilgan taniqli shaxslarning hayoti va faoliyati bilan tanishish.
2. Liderlikka olib boradigan bosqichlarni aytib bering.
3. Darslikda berilgan QR-kod orqali amerikalik tarixchi Maykl Xartning "100 ta buyuk shaxs" kitobini o‘qing.
RTM: Loyiha va tavsiya
“Liderlikka xos xususiyatlar" mavzusining ikkinchi darsini interfaol uslubida o‘tkazamiz
Ikkinchi darsning birinchi bosqichini sinfni kichik guruhlarga bo‘lish orqali boshlaymiz.
Vazifa barcha kichik guruhlar uchun bir xil.
O‘quvchilar taqdimot tayyorlaydilar. Taqdimotni tayyorlash vaqti 15 daqiqa.
"Mening hayotiy rejalarim" kichik guruhlarda ishlash uchun mavzu.
Taqdimotda quyidagi savollarga javoblar bo‘lishi shart:
Sizda bugungi kunda qanday muhim maqsad va vazifalarin mavjud?
Ularga qanday erishish mumkin?
Maqsadga erishish uchun nimadan boshlaysiz?
Maqsadlaringizga erishganingizdan so‘ng, hayotingizda nimalar o‘zgaradi? Maqsadlaringizga erishganingizni tasavvur qiling. Siz o‘zingizni qanday his qilayapsiz?
Muhim! Kichik guruhlarda tavsiya etilgan ishtirokchilar soni 4-6 kishidan iborat.
RTM: Loyiha va tavsiya
Darsning ikkinchi bosqichi o‘quvchilarning taqdimotlari bilan boshlanadi va tugaydi.
Darsning ikkinchi bosqichi o‘quvchilarning taqdimotlari bilan boshlanadi va tugaydi.
Har bir guruhning chiqish vaqti 5 daqiqa. Agar guruhlar oz bo‘lsa, unda ishlash vaqtini uzaytirish mumkin.
Vaqtga rioya qilish muhimligi esda tuting!
Darsning uchinchi bosqichi: xulosa qilish.
Uy vazifasi: O‘quvchilar “Liderlikka 5 qadam" mavzusida esse yozadilar.
RTM: Loyiha va tavsiya
RAG‘BATLANTIRING! O‘ZGARTIRING! TA’LIM BERING! RTM: Loyiha va tavsiya