9-ma‘ruza. IX bob. Sanoat korxonalarida shamollatish qurilmalariga



Yüklə 456,18 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/4
tarix26.09.2023
ölçüsü456,18 Kb.
#149064
1   2   3   4
9-Sanoat korxonalarida shamollarish qurilmalariga qo’yiladigan asosiy talablar

-r
) H+ (P1-P2) 
• m •
.
 
Ortiqcha bosim miqdorini aniqlagandan yuborilayotgan havo miqdorini ham 
aniqiash mumkin: 
Q = 
/ 2qAP 
bunda, /—havo miqdori koeffitsiyenti; f-havo chiqarib yuboruvchi teshik kesim 
yuzasi. 
Soddalashtirilgan holda bu formula ko’nishiga ega bo’ladi. 
Q
=4.04
VA
P
Agar chiqarib yuborilayotgan havo miqdori, kirib kelayotgan havo miqdoriga 
teng desak, unda biz kirib kelayotgan va chiqib ketayotgan havo harakat tezligini 
topishimiz mumkin; 
V= 2 

bu yerda F — havo chiqib ketiyotgan tirqish kesim yuzasi. 
67 
Chang tozalagichlarning turlari ko'p. Ularni qo'llaganda asosan chang 
tozalovchi qurilmaning ishlatish jihatidan qulayligiga, uning chang tozalash 
darajasiga va arzon-qimmatligiga qarab tanlanadi. 
Havoni tozaiashni va atmosferaga chiqarib yuborishni tashkil qilish 
Ajralib chiqadigan havoni tozalash uni zararsizlashtirishning muhim bosqichi 
hisoblanadi, shu yo’l bilan zavod territoriyasidagi va korxona tashqarisidagi havo 
muhitining ifloslanmasligi ta'minlanadi. Zavod va fabrika atrofidagi sanitariya-
himoya zonalarida havoning ifloslanishidan saqlash ham katta ahamiyatga ega. 
Hozirgi vaqtda havo atmosferasini ifloslantiruvchi asosiy manba ishlab 
chiqarish korxonalaridir. Kimyo sanoati bularning eng asosiylaridan biri 
hisoblanadi. Atrof-muhitni muhofaza qilish hozirgi vaqtda eng muhim 
muammolaridan biri bo’lib,bu ishga butun dunyo mutaxassislarining diqqat 
e'tiborini jalb qilmoqda. 


9
Havoni changdan tozalashda turli vositalardan foydalanadi. 
9.3 Havoni mo'tadillashtirish 
Havoni mo’tadillashtirish sanoat korxonasi xonalaridagi havo holatini ichki 
omillar issiqlik ajralib chiqishi, namlik va tashqi omillar havoning issiq-
sovuqligidan qat'i nazar, avtomatik ravishda bir xil me'yorida yoki berilgan 
programma asosida havo parametrlarini saqlab turish tushuniladi. 
Havoni mo'tadillash sanitar-gigienik sharoitini yaxshilashdan tashqari 
texnologik talablar asosida ham o'rnatilishi mumkin. 
Masalan, kimyoviy tolalar ishlovchi ba'zi bir sexlar havoning parametrlarining 
doimiy bo'lishini taqozo qiladi. Bunday hollarda sexlar deraza va framugalarsiz 
bo'lib, undan havoning birliklarini mo'tadillashtirish qurilmalari ta'minlanadi. Ba'zi 
hollarda havoni mo'tadillashtirish ish sharoitida vujudga keladigan statik 
zaryadlarni namlikning ko'payishi hisobiga yo'qotish maqsadida qo'llaniladi. 
Havoni mo'tadillashtirish uchun maxsus konditsionerlardan foydalaniladi. 
Har xil maqsadlar uchun ishlatiladigan konditsionerlarning seksiyalari nusxalari 
tayyorlangan va bu seksiyalar yordamida istagan ishlab chiqarish sharoiti uchun 
kerakli ishlab chiqarish hajmiga va ehtiyojiga moslashtirilgan kondrtsionerlar 
tayyorlash imkoniyatini mavjud. Seksiya, nusxalari havo qabul qilishini 
ta'minlaydi, uni filtrlab tozalaydi, issiq yoki sovuq bilan ta'minlaydi, harakatga 
keltiradi, namlaydi va boshqa jarayonlarni bajaradi. 
Konditsionerning. ehtiyoji bo'lmagan seksiyalarini o'chirib qo'yish mumkin. 
Konditsionerlarni montaj qilish sistemasini, seksiya tiplarini, tiplashtirilmagan 
shamollatish elementlari bilan qo'shib, o'zgartirish mumkin. Konditsioner 
sistemasini har xil datchiklar va qurilmalar o'rnatib avtomatik rejimga keltirish 
mumkin. 
13-rasmda 
konditsionerlarning 
tuzilish 
chizmasi 
ko'rsatilgan. 
Havo 
konditsionerlarga havo o'tkazgich (1) orqali qabul qilinadi, filtr (2) orqali o'tib har 
xil iflosliklardan tozalaniladi va I kameraga o'tadi va bu yerda qish vaqtida 
isitiladi, yoz vaqtida sovutiladi. Undan keyin havo II kameraga o'tadi, unda havoga 
(5) forsunkalar yordamida suv tomchilari purkash bilan namlanadi. Bundan 
tashqari bu yerda havo qo'shimcha isitilishi yoki sovutilishi mumkin. So'ngra hayo 
III kameraga o'tadi va bu yerda ikkinchi bosqich kaloriferlar (7) bilan uning 
harorati ishchi xonalariga yuborish uchun kerakli holatga keladi. Uni ventilator (9) 
yordamida havo o'tkazgich orqali xonalarga yuboriladi. 
Agar xonada havo zarari maddalar bilan ifloslanmayotgan bo'lsa, unda uni 
o'tkazgich (3) orqali qaytadan ishlov berib, aylanma tizim tashkil qilish mumkin 


10
8-
rasm. Sanoat konditsionerlarining tuzilish chizmasi 
9.4 Avariya shamollatish tizimi 
Avariya shamollatish sistemasi, avariya natijasida yoki texnologiyani buzilishi 
natijasida sanoat korxonasi xonasiga birdaniga ko'p miqdorda kimyoviy zararli va 
portlash xavfli bo'lgan moddalar yig'ilganda, ularni xonadan qisqa muddat ichida 
chiqarib yuborishga 
xizmat qiladi. 
Avariya shamollatish sistemasi havo so'rish usulida bajariladi. Bunda so'rilgan 
havoning o'rniga havo yuborish mumkin emas, chunki havo oqimi natijasida 
zararli moddalar qo'shni xonalarga tarqalib ketishi mumkin. Bunda xonadagi 
havoning so'rib olish natijasida yangilanish darajasi tarmoq bo'yicha xavfsizlik 
texnikasi va promsanitariya qoida va normalarida keng chegaralarda beigilanadi. 
Masalan, kaprolaktam ishlab chiqarishda havo almashtirish 15 marta, benzol hosil 
qilish sexida 10 marta, reaktor bo'limlarida 5 marta bo'lishi kerak. 
Havo almashtirish darajasini belgilashda avariya natijasida hosil bo'ladigan 
moddaning zaharliligi va miqdoridan tashqari bu moddaning ruxsat etiladigan 
miqdoriga qadar suyultirishga ketadigan vaqtni ham hisobga olish muhim. Chunki 
bunday hollarda avariya rivojini bartaraf etish maqsadida bu zonaga xizmat 
ko'rsatish va remont qiluvchi ishchilarni kirishga to'g'ri keladi. 
Avariya ventilatorlari analizatorlari xavfli holatni ko'rsatishi bilanoq avtomatik 
ravishda ishga tushishi kerak. Bundan tashqari zonaga kirish joyida maxsus 
uzoqdan turib ishga tushirish pulti o'rnatilgan bo'lishi kerak. 
9.5. Mahalliy shamollatish tizimi 
Mahalliy shamollatish sistemalari zararli moddalarning ajralib chiqayotgan 
joylarning o'zida ishlab chiqarish zonasidagi havoga aralashib ulgurmasdan ushlab 
qolish va chiqarib yuborishni ta'minlashi zarur. 
Gigiena nuqtayi nazaridan mahalliy shamollatish zararli moddani ishchi nafas 
olish organlariga yetib bormasligini yoki kamaygan miqdorda yetib borishini 
ta'minlaydi. Bu shamollatish sistemasida atmosferaga chiqarib yuborilayotgan 
havodagi 
zararli 
moddalar 
oz 
havoni 
chiqarish 
bilan 
shamollatishni 
yengillashtiradi. Kiritilayotgan havoga ishlov berish va tozalash kerak bo'lmaydi 
va bu iqtisodiy jihatidan yaxshi natija beradi. Mahalliy shamollatishning turlari . 


11
juda xilma-xil. Shulardan ba'zi birlari bilan tanishib o'tamiz. 
Havo so'ruvchi shkaf (14-rasm, a) asosani kimyo laboratoriyalarida ishlatiladi. 
Bu shkafning yuqori qismida yengil gazlarni yig'ish uchun ma'lum hajm miqdorida 
kenglik qoldiriladi. 
Shkafning texnologik eshikchasi oldidagi havoning harakati 0,5 m dan kam 
bo'lmasligi kerak. Agar ajralib chiqayotgan gaz og'ir va zaharli bo'lsa, havo tezligi 
0,7-1 m/s miqdorda belgilanadi. Bu shkafdan chiqarib yuborilayotgan havo 
miqdorini hisoblab chiqish mumkin. 
L = 3600 V(F
ish
=F
q
)a +VT bunda, L— shkafdan so'rib chiqarib yuborilayotgan 
havo miqdori, 
о 
m /soat;. V—ma'lum kesim yuzasidagi havo tezligi, m/s; xizmat eshikchasi yuzasi, 
m; Fq—qo'shimcha eshikcha va tirqishlar yuzasi, m
2

a
—hisobga olish mumkin 
bo'lmagan zichlanmagan yerlardan so'rilishh mumkin bo'lgan havo hisobiga 
olinadigan koeffitsiyent, odatda, bu koeffitsiyent I,I qabul qilinadi. 
Zararli moddalar ajralishi mumkin bo'lgan texnologik jarayonlarni qobiq bilan 
o'rashga harakat qilinadi va uning bir yoki bir necha yeridan havo so'rilib, 
xonadagi havoga harakati qobiq ichiga qarab yo'naladi, zararli moddalar ish 
joylariga tarqalmasligi ta'minlanadi. 
fft'minlfMiftril 
, III 
a) | V 
____________________________ r I --------------- -- — | 

Yüklə 456,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin