9. ma’ruza. Oliy nerv faoliyati fiziologiyasi. Reja: Oliy nerv faoliyati haqida tushincha


Shartli refleks hosil bo’lish mexanizmi



Yüklə 30,08 Kb.
səhifə3/8
tarix12.09.2023
ölçüsü30,08 Kb.
#142959
1   2   3   4   5   6   7   8
9. ma’ruza. Oliy nerv faoliyati fiziologiyasi. Reja Oliy nerv f-fayllar.org

Shartli refleks hosil bo’lish mexanizmi.
Shartsiz refleksni qandaydir befarq ta’sirot bilan bir necha bor mos kelishi natijasida shartli refleks hosil bo’ladi. Markaziy nerv sistemasi ikki nuqtasining bir necha bor bir vaqtda qo’zg’alishi ular o’rtasida vaqtinchalik aloqa hosil bo’lishiga olib keladi, natijada dastlab muayyan shartsiz refleksga hech qanday aloqasi bo’lmagan befarq ta’sirot ushbu refleksni chaqira boshlaydi. Demak, shartli refleks hosil bo’lishi mexanizmi asosida vaqtinchalik aloqaning hosil bo’lishi yotar ekan.
I.P.Pavlov dastlab vaqtinchalik aloqa shartli ta’sirni qabul qiluvchi bosh miya po’stlog’ida va shartsiz refleksning po’stloq osti markazlari o’rtasida hosil bo’ladi, degan. Keyinchalik tajriba natijalariga asoslangan holda, I.P.Pavlov vaqtinchalik aloqa faqat bosh miya po’slog’ida shartli ta’sirotning va shartsiz refleksning po’stloqdagi markazlari orasida hosil bo’ladi, degan xulosaga keladi. I.P.Pavlov laboratoriyasida har qanday shartsiz refleksning bosh miya po’stlog’ida markazi mavjudligi tajribada isbotlab berildi.
Vaqtinchalik aloqaning hosil bo’lishi fiziologik mexanizmi. I.P. Pavlov bo’yicha vaqtinchalik aloqaning hosil bo’lishi bir vaqtda bosh miya po’stlog’ining ikki nuqtasi qo’zg’alishi: ya’ni, shartli ta’sirotni qabul qiladigan va bosh miya po’stlog’idagi shartsiz refleks markazlarining bir vaqtda qo’zg’alishi natijasidir.
Bosh miya po’stlog’idagi bir vaqtdagi qo’zg’alishlarning mavjudligi, qo’zg’alish jarayonining kuchsizroq joydan (shartli ta’sirot natijasida kelib chiqqan), kuchliroq (shartsiz ta’sirot natijasida kelib chiqqan) joyga harakatlanishini keltirib chiqaradi. SHu harakatlar natijasida bosh miya po’stlog’ining ikki nuqtasi o’rtasida yangi yo’l ochiladi. Demak, I.P.Pavlov bo’yicha vaqtinchalik aloqa hosil bo’lishi mexanizmi asosida yangi yo’l ochilishi - dominantlik jarayoni yotadi. Lekin dominant o’choq va vaqtinchalik aloqa o’rtasida katta farq mavjud, dominant o’choq qisqa davom etsa, hosil bo’lgan vaqtinchalik aloqa turg’un bo’ladi. Shuning uchun dominantlik jarayoni vaqtinchalik aloqa hosil bo’lishining boshlang’ich davrida, ya’ni neyronlar orasidagi ishlamay turgan sinapslarning ishlab ketishida katta ahamiyat kasb etadi.
Vaqtinchalik aloqaning mustahkamlanishi, ya’ni bosh miya po’stlog’ining ikki nuqtasi orasidagi sinapslarning o’tkazuvchanligi turg’unligi boshqa mexanizmlar asosida amalga oshiriladi. Ayrim tadqiqotchilar fikricha, neyronlararo sinapslarda o’tkazuvchanlikning osonlashishiga sabab berilayotgan takroriy ta’sirotlar natijasida bosh miya po’stlog’idagi funktsional o’zgarishlardir.
Shartli va shartsiz ta’sirotlarning mos kelishi oraliq neyronlarda yo’qolmaydigan iz qoldiradi, natijada bu yerda o’tkazuvchanlik turg’un bo’lib qoladi.

Yüklə 30,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin