9-ma’ruza. Sanoat xavfsizligini deklaratsiyasi. Reja



Yüklə 211,3 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/3
tarix18.04.2023
ölçüsü211,3 Kb.
#99546
  1   2   3
2-3



9-ma’ruza. Sanoat xavfsizligini deklaratsiyasi. 
 
Reja 
1.Xavfsizligi deklaratsiyalanishi kerak bo‘lgan xavfli ishlab chiqarish obyektlari 
2.Sanoat xavfsizligi deklaratsiyasini ishlab chiqish 
3.sanoat xavfsizligi deklaratsiyasini qayta ko‘rib chiqish 
 
Xavfsizligi deklaratsiyalanishi kerak bo‘lgan xavfli ishlab chiqarish 
obyektlari 
Qonun hujjatlariga muvofiq xavfli ishlab chiqarish obyektlarining birinchi 
tipiga muvofiq bo‘lgan loyihalanayotgan va faoliyat ko‘rsatayotgan xavfli ishlab 
chiqarish obyektlari sanoat xavfsizligini majburiy deklaratsiyalashga tegishli 
bo‘ladi. 
Boshqa xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligini 
deklaratsiyalash ixtiyoriy asosda amalga oshiriladi. 
Majburiy deklaratsiyalanishi kerak bo‘lgan xavfli ishlab chiqarish 
obyektlarini identifikatsiya qilish xavfli ishlab chiqarish obyektidan foydalanuvchi 
tashkilot, shuningdek sanoat xavfsizligi ekspertizasini o‘tkazish yuzasidan 
akkreditatsiyaga ega bo‘lgan ekspert tashkiloti tomonidan amalga oshiriladi. 
Majburiy deklaratsiyalanishi kerak bo‘lgan xavfli ishlab chiqarish obyekti 
identifikatsiya qilingan taqdirda tashkilot rahbari ushbu obyekt to‘g‘risidagi 
ma`lumotlarni favqulodda vaziyatlar bo‘yicha tegishli hududiy boshqarmaga va 
"Sanoatgeokontexnazorat" davlat inspeksiyasining mintaqaviy organlariga, yuqori 
tashkilotga, vazirlik yoki idoraga (mavjud bo‘lganda) hamda xavfli ishlab 
chiqarish obyekti joylashgan hududdagi mahalliy davlat hokimiyati organiga 
taqdim etadi. Ma`lumotlar ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan shakl bo‘yicha 
rasmiylashtiriladi. 
Favqulodda 
vaziyatlar 
bo‘yicha 
hududiy 
boshqarmalar 
va 
"Sanoatgeokontexnazorat" davlat inspeksiyasining mintaqaviy organlari har yili 
o‘zlarining markaziy apparatlariga, xavfsizligi majburiy deklaratsiyalanadigan 
xavfli ishlab chiqarish obyektlari ro‘yxatiga kiritish uchun umumlashtirilgan 
axborot taqdim etadilar. 
O‘zbekiston 
Respublikasi 
Favqulodda 
vaziyatlar 
vazirligi 
va 
"Sanoatgeokontexnazorat" davlat inspektsiyasi o‘zlarining bo‘linmalari tomonidan 
taqdim etilgan ma`lumotlarni hisobga olgan holda xavfsizligi majburiy 
deklaratsiyalanadigan xavfli ishlab chiqarish obyektlari ro‘yxatini shakllantiradilar 
va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadilar. 



Yüklə 211,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin