9-Mashg’ulot. Minoga va miksinalar



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə4/4
tarix04.05.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#107566
1   2   3   4
9-амалий

Ayiruv organlari
Minogada ayiruv funktsiyasini dastlabki (tana) buyraklari bajaradi. Buyraklar lentasimon shaklda bo’lib orqa aortaga yonbosh holatda butun qorin bo’shlig’ida joylashgan. Jinsiy bezlari bor joyda uni osongina ko’rish mumkin. Buyrak tana bo’shlig’idagi boshqa organlar singari tutqichda osilgan holatda zich bo’lib, orqa uchida siydik yo’li-Volfov kanali yaxshi seziladi. Siydik yo’li alohida teshigi orqali ichak nayining oxirida siydik tanosil sinusi devoriga ochilgan.
Ko’payish organlari
Minogalar-ayrim jinsli hayvon. Jinsiy bezlari oddiy, toq organ bo’lib, ichakning ustki tomonida qorin bo’shlig’ini egallab, jinsiy yo’li yo’q.
Donsimon tuxumdon va urug’don bir qancha bo’laklardan iborat bo’lib, maxsus-tutqichlar orqali qorin bo’shlig’ining orqa tomonida joylashgan. Yetilgan jinsiy hujayralar (tuxum hujayra, spermatazoidlar) jinsiy bezlarning yoriqlaridan qorin bo’shlig’iga tushadi, undan maxsus teshikcha orqali siydik-tanosil sinusga tushib uning kanali orqali tashqariga chiqariladi. Urug’lanishi tashqi.
Markaziy nerv sistemasi
Nerv nayining bosh va orqa miyaga ajralganligini xordali hayvonlardan dastlab to’garak og’izlilarda ko’rish mumkin.
Minogalarda bosh miya boshqa umurtqali hayvonlarga o’xshash bo’limlarga bo’lingan: oldingi miya, oraliq miya, o’rta miya, miyacha va uzunchoq miya. Bosh miya tuzilishidagi sodda belgilar barcha bo’limlarining bitta gorizontal tekislikda ketma-ket joylashganligi va boshqa umurtqalilar uchun xos bo’lgan vertikal tekislikda bukilishini hosil qilmasligidir. Minoga tanasining ko’ndalang kesimida bosh miya deyarli aniq ko’rinadi.
Pintset, ustara, nina yordamida miya qutisidagi parda yoki tog’aychalarni olib, bosh miya tuzilishi bilan tanishish mumkin (lupa yordamida).
Oldingi miya yarim sharlari juda kichik undan chiquvchi hidlov bo’laklari nisbatan katta. Oldingi miya ustki tomonidan epitelial qobiq bilan o’ralgan bo’lib, bo’shlig’i ikkiga ajralgan yon qorinchalar deyiladi(15-rasm).

15-rasm. Minoga bosh miyasining yuqoridan (A) va pastdan (B) ko’rinishi.


1-oldingi miya yarim shari; 2-hidlov bo’laklari; 3-oraliq miya; 4,5-o’ng va chap gabenulyar tanglaylar; 6-epifizni to’sib turgan bosh tepa organi; 7-miya voronkasi; 8-o’rta miyaning ko’ruv bo’laklari; 9-o’rta miya ustidagi teshik; 10-o’rta miya tubi; 11-uzunchoq miya; 12-rombasimon chuqurcha; 13-murtak holidagi miyacha. Rim raqamlarida bosh miya nervlari berilgan.

Oraliq miya bosh miyaning yuqori tomonidan yaxshi ko’rinadi, unga (vazifasiga ko’ra ko’zga o’xshash organlar-pineal va parietal organlar kiradi. Yorganda odatda saqlanmaydi. Peneal organ yorug’lik sezish vazifasini bajaradi va tashqaridan minoga boshining tepasida, burun teshigining orqasida ko’rinib turadi. Oraliq miya tubining oldingi qismidan bir juft ko’ruv nervi chiqadi. Ko’ruv nervlarining orqa tomoniga ichki kovak miya voronkasi joylashgan. Shu voronkaga kam taraqqiy etgan miya osti bezi-gipofiz birikadi. Bu bo’lim bo’shlig’i uchinchi miya qorinchasi deyiladi.


O’rta miya kuchsiz rivojlangan, uning bo’shlig’i «silviev suv yo’li» deyiladi va epitelial parda bilan o’ralgan.
Miyacha murtak holatda, chunki uzunchoq miyadan ajralib chiqqan emas uning o’rnida rombsimon chuqurchaning oldingi tomonidan chegaralab turadigan burtma mavjud xolos, bu burtma nerv moddasidan tuzilgan.
Uzunchoq miya nisbatan katta va orqa miya bilan tutashgan. Oldingi tomondan o’rta miya bilan, orqa tomonidan esa orqa miya kanali bilan tutashgan.
Orqa miya kanalida orqa miya joylashgan bo’lib, lentasimon shaklda bo’ladi. Orqa miya xordaning biriktiruvchi to’qimasi bilan qoplangan, yon tomondan mayda tog’aychalar ya’ni umurtqaning yuqorigi yoy murtaklari bilan, yuqoridan esa orqa miya kanali tolali to’qimalari bilan tutashgan.


16-rasm. Minoga jabra apparatining ko’ndalang kesimi:


1-jabra xaltachasi; 2-nafas nayi; 3-qizilo’ngach; 4-til muskuli; 5-xorda va orqa miyani o’rab turuvchi biriktiruvchi to’qima qobig’i; 6-orqa miya; 7-oldingi kardinal vena; 8-orqa aorta; 9-qorin aortasi; 10-pastki kovak vena; 11-elka muskuli; 12-qorin muskuli.


Skeleti
Asosiy skeleti xorda va miya qutisidan iborat. Minoganing ko’ndalang kesigida xorda yaxshi ko’rinadi. Xorda butun hayoti davomida saqlanib qolinadi. Biriktiruvchi to’qima pardasi nafaqat xordani, balki uning ustida joylashgan markaziy nerv sistemasini ham o’rab oladi. Orqa miya kanalining ikki tomonidagi devorlarida xordaning chetlari bo’ylab qator bo’lib o’rnashgan juft mayda tog’aylar mavjud, bu tog’aylar biriktiruvchi to’qima pardasiga botib kirgan. Ular ustki yoylar deb ataladi va umurtqalar murtagi hisoblanadi.
Miya qutisi juda sodda tuzilgan. U bosh miya ostida joylashgan tog’ay plastinkadan iborat. To’garak og’izlilarda haqiqiy tog’ay miya qopqog’i bo’lmaganligi va miya tepasidan parda bilan qoplanganligi tufayli to’liq ma’nodagi miya qutisi bo’lmaydi. Tog’ay plastinkaga yon tomonidan eshitish kapsulasi, oldindan hidlash kapsulasi tutashadi. Og’iz voronkasi skeleti ham o’ziga xos. Bunda halqasimon tog’aylar va til osti tog’ayidan iborat bo’ladi.
Vitseral skeleti o’zaro juft ko’ndalang tog’ay zanjirlari bilan bog’liq bo’lgan to’qqizta tarmoqlangan jabra yoylaridan iborat. Bu tog’aylar sistemasiga orqa tomondan yurak oldi xaltasining tog’ayi tutashadi. Old tomondan jabra qutisiga, o’zgargan jabra yoyidan iborat bo’lgan, juft stilesimon tog’ay va ko’z osti tog’aylari birikadi (17-rasm).

17-rasm. Minoga kalla suyagining yuqoridan (A), yon tomonidan (B) va pastdan (V) ko’rinishi.


1-shoxsimon tishlar; 2-halqa tog’ay; 3-oldingi lab tog’ayi; 4-orqa lab tog’ayi; 5-hidlov kapsulasi; 6-eshituv kapsulasi; 7-yon lab tog’ay; 8-til tog’ayi; 9-jabra skeleti; 10-yurak oldi tog’ayi; 11-xorda qobig’i; 12-oldingi yuqorigi yoy.

Toq suzgichlarini qator joylashgan uzun ingichka tog’ay shu’lalar-radialiyalar tutib turadi.


Mavzu bo’yicha topshiriqlar:



  1. Daryo minogasining tuzilishini chizib o’rganish.

  2. Minoganing teri qoplag’ichlari, o’q skeleti, bosh skeletini o’rganish.

  3. Nafas olish, ayiruv va qon aylanish tizimlarini tuzilishini o’rganish.

  4. Minoga va miksinalarning ko’payishi va rivojlanishini o’rganish.

5. To’garak og’izlilarning kelib chiqishi va evolyutsiyasini o’rganish.


6. To’garak og’izlilarning kelib chiqishi va evolyutsiyasini o’rganish.
Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin