Tayanch so‘z va iboralar: Zona, kriogen, arktik, tundra gley, muzloq, gidromorf, podzol, botqoq, o‘rmon-dasht, dasht, qora tuproq, sho‘rtob, sho‘rxok, kashtan, cho‘l, qumloq, taqir, sur-qo‘ng‘ir, sho‘r, qizil, sariq, sho‘rlanish darajasi, tog‘, o‘tloq.
Tuproqlarning tasniflanishiga muvofiq ravishda Yer planetasining turli zonalarida tuproq hosil bo‘lish va ularni ichki tasniflash yo‘llarini ko‘rib chiqamiz.
Kriogen (gpekcha kryos – sovuq, muz) zonasi tuproqlari- sovuq iqlim sharoitida shakllangan tuproq turlarining terma guruhi. Kriogen tuproqlarning diagnostik ko‘rsatgichi turli chuqurlikda joylashgan muzloq qatlam – domiy muzlikning ta’sirida shakllanadi. Chunki doimiy muzlik jinslari tuproq kesmasida mavsumiy eriydigan qatlam bilan qo‘shilib ketadi.
Fanda kriogenez, ya’ni domiy muzlikning ta’siri natijasida yuzaga keladigan tuproqlarning paydo bo‘lishi, rivojlanishi va evolyusiyasi degan ma’noni anglatadi. Osiyo va Amerika qit’alarining shimolida joylashgan uzoq muddatli mavsumiy muzlaydigan gley-podzolli kriogan tuproqlari Yevropa qit’asining o‘rmon–dasht zonasining mavsumiy muzlaydigan sur o‘rmon tuproqlarida uchraydigan kriogenli tuproqlardan farq qiladi va shuning uchun ham keyingi turlar «kriogenez» turlarga mansub emas.
Osiyoda qit’asida kriogenez tuproqlar Amerika qit’asiga nisbatan anacha janubga 480 shimoliy kenglikgacha tushib boradi. Umuman olganda, mazkur zona Yer yuzasi qariyib 25% ni tashkil etadigan arktika va subarktika mintaqalariga to‘g‘ri keladi.
Muzloqlarning tuproq hosil bo‘lishiga ta’siri tuproq qoplamining muntazam mexanik buzilishi, deformasiyasi va relyef shakllarining o‘ziga xosligi bilan ajralib turadi.
Kriogen tuproq va ona jinslarning yuqaligi sababli unda tog‘ jinsi fizik nurashining kimyoviy nurashga nisbatan ustunligini va organik qoldiqlar parchalanish tezligining pastligini ko‘rsatadi. Shunga qarab kriogan tuproqlarni tasniflashda ularning:
kriogen deformasiyalanish va krioturbasiya (yuzaning poligonallilik, tepachasimonlilik va dag‘liligi, sovuqdan yorilishi) holatning tyaqqol namoyon bo‘lishi;
kriogen strukturalanishi;
biogen nurash va tuproq paydo bo‘lish maxsulotlarining kriogenlik kaugulyusiyalanishi jarayoni inobatga olinadi.
Shunialohida ta’kidlash joizki, kriogen tuproqlarni tasniflashda, yuqorida aytib o‘tganimizdek, turli mamlakatlarda turlicha tasniflash mezonlari o‘rnatilgan va shuning uchun ham tuproq nomenklaturasi, diagnostikasi va taksonomikasi turlichadir (8.2.1-jadval).