Favqulodda vaziyatlar vazirligining tashkil etilish va rivojlanish tarixi
Fuqaro muhofazasi va favqulodda vaziyatlar rahbarlar tarkibini tayyorlash bo’yicha Respublika markazi 1992 yili tashkil etilib, 1996 yilgacha faoliyat ko’rsatgan.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning taklifiga binoan 1995-yil 16 avgust kuni Favqulodda Vaziyatlar Vazirligini tuzish haqida qaror qabul qilingan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1996 yil 4 martdagi farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda Vaziyatlar Vazirligi tashkil etilgan bo’lib, mazkur farmon bo‘yicha vazirlikning vazifalari quyidagicha belgilangan:
-favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish, aholi hayoli va salomatligini, moddiy va ma'naviy qadriyatlarini muhofaza qilish, shuningdek tinchlik va harbiy davrda favqulodda vaziyatlar vujudga kelganda ularning oqibatlarini tugatish hamda zararini kamaytirish sohasida davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish;
-favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday hollardagi harakatlarini boshqarishning davlat tizimi (FVDT)ni tashkil etish va uning faoliyatini ta'minlash;
-O‘zbekiston Respublikasining fuqaro muhofazasiga rahbarlik qilish;
-Vazirliklar, idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kenashi, hokimliklarning aholini va milliy boyliklarini muhofaza qilish, avariyalar, halokatlar va tabiiy ofatlar tufayli vujudga kelgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etishga doir faoliyatini muvofiqlashtirib borish;
-Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishga, qholini, mamlakat hududini muhofaza qilishga hamda ular vujudga kelgan taqdirda xalq xujaligi ob'ektlari faoliyatining barqarorligini oshirishga, shuningdek aholini, mansabdor shaxslarni hamda favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday hollardagi harakatlarni boshqarishning davlat tizimi tuzilmalarini tayyorlashga qaratilgan maqsadli va ilmiy-texnik dasturlarni ishlab chiqishni tashkil etish va amalga oshirish
-Favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etish uchun moliya, oziq-ovqat, tibbiyot va moddiy-texnika resurslarining davlat favqulodda zaxira fondlarini tashkil etishga doir ishlarni muvofiqlashtirib borish va xokazo.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2019 yil 10 aprel kuni «O‘zbekiston Respublikasida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish, yong‘in xavfsizligini ta'minlashning sifatli yangicha tizimini tatbiq etish to‘g‘risida»gi farmon hamda «Favqulodda vaziyatlar tuzilmalarining faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaror imzolandi.
FVV xabariga ko‘ra, qabul qilingan hujjatlarga asosan Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimiga:
Ichki ishlar vazirligidan Yong‘in xavfsizligi bosh boshqarmasi, uning hududiy va tarkibiy tuzilmalari hamda Yong‘in xavfsizligi instituti;
Mudofaa vazirligidan-Gidrometeorologik jarayonlarga ta'sir ko‘rsatishni boshqaruv xizmati berildi.
Shuningdek, Gidrometeorologiya xizmati markazi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasarrufiga o‘tkazilmoqda.
Ushbu tuzilmalarni Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimiga berilishi munosabati bilan, vazirlik zimmasiga yong‘in xavfsizligini ta'minlash sohasida qator yangi vazifalar yuklatildi.
Yong‘in xavfsizligi quyi tuzilmalari bazasida tegishli favqulodda vaziyatlar bo‘limlari va yong‘in-qutqaruv tuzilmalari tashkil etilib, ularga yong‘inlarni bartaraf etish bilan birga qutqaruv ishlarini amalga oshirish vazifalari ham yuklatildi.
Favqulodda vaziyatlarda harakat qilish va boshqarish Milliy markazi hamda hududiy tezkor boshqaruv markazlari tashkil etilib, ularga aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida monitoring va prognozlash vakolatlari berildi.
Nukus, Qarshi, Samarqand va Farg‘ona shaharlarida yirik favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun mo‘ljallangan hududiy yong‘in-qutqaruv otryadlari tashkil etilmoqda.
Ilmiy ishlarni rivojlantirish va kadrlarni tayyorlash sohasida yagona tizimni tashkil etish maqsadida:
Yong‘in xavfsizligi instituti unga kunduzgi va sirtqi yo‘nalishlar bo‘yicha yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash bo‘yicha vazifalarni yuklagan holda Akademiyaga aylantirilmoqda;
Favqulodda vaziyatlar muammolari va yong‘in xavfsizligi ilmiy-tadqiqot instituti, Yong‘in-qutqaruvchilarning boshlang‘ich tayyorgarligi va malakasini oshirish markazi hamda oliy harbiy-ta'lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun yoshlarni tayyorlash bo‘yicha Ixtisoslashtirilgan litsey tashkil qilinmoqda.
Bundan tashqari, hududiy Favqulodda vaziyatlar boshqarmalari tarkibida hayotiy faoliyat xavfsizligi markazlari tashkil qilinib, ushbu markazlarda aholini turli xususiyatdagi favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilishga tayyorlash, fuqarolar sog‘ligi va hayotiga xavf tug‘diruvchi omillar bo‘yicha ularning bilim va ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan tadbirlarning o‘tkazilishi belgilangan.
Qayd etilgan hujjatlarda belgilangan vazifalar, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish tizimi samaradorligini oshirishga, ushbu sohada monitoring va prognozlash ishlarini yaxshilashga hamda yong‘inlar va favqulodda vaziyatlarga olib kelishi mumkin bo‘lgan xavflar va tahdidlarni barvaqt aniqlashga xizmat qiladi.
Dostları ilə paylaş: |