9-MAVZU.
Bosim va siyraklanishni o‘lchash vositalarining montaj va sozlash
ishlari.
(2- soat)
Reja:
1.
Bosim olish qurilmalarining montaji.
2.
«Sapfir-22» tipidagi o‘zgartirgichning montaj va sozlash ishlari.
3. Ajratuvchi va himoya qurilmalarining montaji. Ajratuvchi
suyuqliklarni quyish
uskunasi.
Bosim texnologik jarayonlarning asosiy parametrlaridan biridir. Ishlab
chiharish jarayonlarining to‘g‘ri olib borilishi, ko‘pincha, bosim kattaligiga bog‘liq
bo‘ladi.
Tekis sirtga normal ta’sir ko‘rsatuvchi
tekis taqsimlangan kuch bosim deb
ataladi:
P = F / S
(22.1)
bu erda, S - tekislik yuzi; F- shu tekislik yuziga tekis va tik ta’sir qiladigan bosim
kuchi. Bosim xalharo birliklar tizimida paskal (Pa) bilan o‘lchanadi. 1 Pa qiymati
jihatidan kuchga perpendikulyar bo‘lgan 1 m yuzaga tekis taqsimlangan 1 N kuch
hosil qilgan bosimga teng (N/m ). Karrali kPa va MPa birliklar keng qo‘llaniladi,
kgk/sm , bar, kgk/m (mm suv ust.), mm sim. ust. kabi birliklardan ham foydalanish
mumkin. 22.1-jadvalda ko‘p uchraydigan bosim birliklarining nisbati keltirilgan.
22.1-jadval
Birliklar
Pa
Bar
kgk/sm
2
kgm/m
2
(mm
suv. ust)
mm sim. ust.
1 Pa
1
10
-5
1,0197 10
-5
0,10197
7,6006d0
-5
1 Bar
10
5
1
1,0197
1,0197-10
4
750,06
1 kgk/sm
2
9,8066-10
4
0,98066
1
10
4
735,56
1
kgk/m
2
(mm.suv. ust)
9,8066
0,98066-10
-4
10
-4
1
7,3566d0
-4
1 mm sim.
ust
133,32
1,3332 10
-3
1,33595 103 13,595
1
O‘lchashda mutlaq, ortikcha, atmosfera va vakuum bosimlar mavjud. R
mut
-
mutlaq bosim -modda xolatining (suyuklik, gaz, bug‘) parametri bo‘lib, R
atm
-
atmosfera va R
ort
- ortikcha bosimlar yig‘indisidan iborat:
Rmut=Ratm+Rort
(22.2)
Ortiqcha bosim mutlaq va atmosfera bosimlari oralaridagi farqdan iborat:
Rort=Rmut-Ratm
(22.3)
Atmosfera bosimi - er atmosferasidagi havo ustunining bosimi;
uning qiymati
barometrlar bilan o‘lchanadi, shuning uchun, bu bosim ko‘pincha
barometrik
bosim deb ataladi. Agar mutlaq bosim atmosfera bosimidan kichik bo‘lsa,
vakuum
(siyraklanish) sodir bo‘ladi.
Rv=Ratm-Rmut
(22.4)
Bosim asboblari ishlash prinsipiga va o‘lchanayotgan
kattalikning turiga
ko‘ra quyidagi turlarga bo‘linadi.
Bosim o‘lchaydigan asboblar ishlash prinsiplariga ko‘ra suyuqlikli, deformasion
(prujinali), yuk-porshenli, elektr, ionli va issiqlik turlariga bo‘linadi.
O‘lchanayotgan bosim kattalikgining turiga ko‘ra o‘lchash
asboblari
quyidagi turlarga bo‘linadi:
manometr - mutlaq va ortiqcha bosimni o‘lchaydi;
barometr - atmosfera bosimini o‘lchaydi;
vakuummetr - berk idish ichidagi suyuqlik va gaz bosimining
siyraklanishini o‘lchaydi;
manovakuummetr - ortiqcha bosim va siyraklanishlarni o‘lchaydi;
naporomer - kichik qiymatli ortiqcha bosimni o‘lchaydi;
tyagomer - kichik qiymatli siyraklanishni o‘lchaydi;
tyagonaporomer - kichik qiymatli bosim va siyraklanishlarni o‘lchaydi;
differensial manometr - ikki bosim ayirmasini (bosimlar farqini)
o‘lchaydi.
Quyida sanoatda eng ko‘p tarhalgan usullar va asboblar ko‘rib chiqilgan.