9-mavzu: Harakatga doir masalalar. Harakatga doir masalalar


Tezlik уа harakat vaqtiga ko'ra masofani topishga doir masalalar (Tezlik va vaqt bo'yicba masofani aniqlash)



Yüklə 29,37 Kb.
səhifə2/5
tarix18.12.2022
ölçüsü29,37 Kb.
#76029
1   2   3   4   5
harakatga doir masalalar 1

2. Tezlik уа harakat vaqtiga ko'ra masofani topishga doir masalalar (Tezlik va vaqt bo'yicba masofani aniqlash)
Misol uchun bunday masalaning yechishini qaraymiz: "Piyoda kishi soatiga 6 km tezlik bilan 3 soat yo'lda bo'ldi. Piyoda kishi qancha masofa o'tgan?"
Masala shartini chizma yordamida ham hаl qilish mumkin.
V=6 km/soat S=v*t
t=3 soat
S=? (km)
Shunga o'xshash bir qator masalalarni yechish natijasida o'quvchilar bunday xulosaga kelishadi: agar tezlik уа harakat vaqti mа'1um bo'lsa, u holda masofani topish mumkin. Masofa tezlik bilan vaqtning ko'paytmasiga teng.
Ma'lum tezlik уа masofaga ko'ra, harakat vaqtini topishga doir bir qator masalalami yuqoridagidek qarab bunday xulosaga keladilar: agar tezlik уа masofa ma'lum bo'lsa, u holda harakat vaqtini topish mumkin. Vaqt masofaning tezlikka bo'linganiga teng.
Masala. «Tiko» avtomobili 1 soatda 70 km yo'l yurdi. U shunday tezlik bilan 2 soatda necha kilometr yo'l yuradi? 3 soatda-chi?
Yechish. 2 soatda o'tilgan yo'l 1 soatda o'tilgan yo'ldan 2 marta uzun bo'lgani uchun avtomobil 2 soatda 70 . 2 = 140 (km) yo'l bosadi.
3 soatda bosgan yo'li: 70·3=210 (km) bo'ladi. «Avtomobil 1 soatda 70 km yo'l yurdi» deyish o’rniga «Avtomobilning tezligi soatiga 70 km» yoki avtomobil 70 km/soat tezlik bilan harakatlanyapti deyish ham mumkin.
Uzunlikning o'lchov birliklari mm, sm, dm, m, km; vaqtning o'lchov birliklari sekund, minut, soat bo'lgani kabi tezlikning ham o'lchov birliklari bor. Ular m/min, m/s, km/s, km/min, km/soat bo'lishi mumkin. Tezlikning o'lchov birliklarini yozganda avval uzunlik birligi yozilib, so'ng qiya chiziq «/» (yoki «-») qo'yiladi va qiya chiziq tagiga vaqt yoziladi. Masala yechimini shunday yozish mumkin:
Yechish. 1) 70 km/soat· 2 soat = 140 km. Javob: 140 km.
2) 70 kmlsoat· 3 soat = 210 km. Javob: 210 km.
Berilgan tezlik va berilgan vaqtga ko'ra bosib o'tilgan yo'lni topish uchun tezlik va vaqtni o'zaro ko'paytirish kerak. Umuman, soatiga v km yo'l bosayotganjismning t soatda o'tgan yo'lini S harft bilan belgilasak, bu yo'l S = v·t formulaga (qoidaga) ko'ra hisoblanadi.
1. Gulchehra 1 soatda 4 km yo'l o'tadi. Shunday tezlik bilan 2 soatda necha kilometr yo'l bosadi? 3 soatda-chi? 4 soatda-chi? 30 minutda-chi?
2. Poyezd 56 km/soat tezlik bilan ketyapti. U a) 2 soatda; b) 5 soatda necha kilometr yo'l o'tadi?
3. «Neksiya» avtomobili 90 km/soat tezlik bilan yurmoqda. Uning 1 minutda, 10 minutda, 15 minutda, yarim soatda o'tgan yo'lini toping.

Yüklə 29,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin