9-Mavzu. Ma`lumotlar bazasini tiklash Rezervli nusxalash


Funksional diagramma iyerarxiyasini tuzishi



Yüklə 490,49 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/16
tarix14.12.2023
ölçüsü490,49 Kb.
#176934
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Data base security - lecture 9

Funksional diagramma iyerarxiyasini tuzishi 
Chiziqlar turlicha tarmoqlanishi va turli usullar bilan birlashishi mumkin. 
Tarmoqlanish ma’lumotlarning bir qismi yoki barchasi har ajralgan yoyda 
foydalanish mumkinligini anglatadi. Yoy har doim uzatiladigan ma’lumotlar 
to‘plamini identifikatsiyalash uchun tarmoqlanguncha belgilanadi. Agar yoy bandi 
tarmoqlangandan so‘ng belgilanmagan boisa, u holda belgilanmagan band 
barcha ma’lumotlar to‘plamini o‘zida saqlaydi. Bandning har bir belgisi aynan shu 
band mavjudligini aniqlab beradi. 
Funksional diagramma iyerarxiyasini tuzish detallashtirish darajasini oshirish 
orqali boqichma-bosqich olib boriladi. Keyingi har bir daraja diagrammasi asl blok 
strukturasini aniqlab beradi. Modelni tuzish yagona blokdan boshlanadi va uning 
uchun boshlang‘ ich ma’lumotlarni, natijalar, boshqaruv va amalga oshirish 
mexanizmini belgilab beradi. So‘ngra u ketma-ketlik bilan qadamma-qadam 
detallashtirish usulidan foydalangan holda detallashtiriladi. Bunda har bir 
funksiyani ko‘pi bilan 3—7 ta blok bilan taqdim etish tavsiya qilinadi. Barcha 
hollarda har bir kichik funksiya faqat foydalanilgan yoki asl funksiya orqali 
uzatiladigan ma’lumotlar elementlardan foydalaniladi. Ayni paytda hech bir 
element tushirib qoldirilmasligi lozim va bu holat tuzilgan modelning to‘g‘riligini, 
ya’ni uni zid kelmasligini ta’minlaydi. 
Kiruvchi yoki chiquvchi strelkalar 
Bosh diagrammadan kiruvchi yoki chiquvchi strelkalar simvollar (belgilar) va 
sonlardan foydalangan holda raqamlanadi. 
Ramz aloqa turini bildiradi: 
I — kiruvchi, 
S — boshqaruvchi, 
M— mexanizm, 
R — natija, 
Son — asosiy blokning tegishli tomoni bo‘yicha aloqa nomeri yuqoridan pastga va 
chapdan o‘ngga qarab hisoblanadi. 
Barcha diagrammalar bir-biri bilan bloklarning iyerarxik nomerlanishi orqali 
bog‘lanadi: birinchi daraja — AO, ikkinchisi — Al, A2, uchinchi daraja A l l , 
A12, A13 va h.k. Bunda birinchi raqam — bosh blok nomeri, oxirgisi esa — bosh 
blokka tegishli ma’lum bir kichik blok nomeri sanaladi. 



Yüklə 490,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin