Mavzu bo’yicha GLOSSARY
AHOLINI IJTIMOIY HIMOYALASH
|
– aholini bozor iqtisodiyotining salbiy ijtimoiy va iqtisodiy oqibatlaridan asrash, shu oqibatlarning aholi ijtimoiy-iqtisodiy ahvoliga ta'sirini yumshatish.
|
BANDLIK
|
– Mehnatga layoqatli aholining ijtimoiy foydali Mehnat bilan mashg'ul bo'lishi;
fuqarolarning shaxsiy va ijtimoiy ehtiyojlarini qondirish bilan bog‘liq bo'lgan va qonunga zid kelmaydigan, Mehnat daromadi beradigan faoliyati.
|
DEMOGRAFIK HOLAT
|
(yun. Demos (xalq) grafik (yozmoq) - biror mintaqada, mamlakat va dunyo aholisining xolati
|
TURMUSH DARAJASI
|
– aholining zaruriy, moddiy va nomoddiy ne'matlar hamda xizmatlar bilan ta'minlanganlik hamda ularni iste'mol qilish darajasi.
|
SKRINING
|
– (ing. – saralash) maxsus usullar yordamida kasallikni erta va tez aniqlash uchun aholini ommaviy tekshirishdan o‘tkazish.
|
INFRATUZILMA
|
– Ishlab chiqarishga xizmat qiluvchi va jamiyat hayoti uchun zarur bo‘lgan me’yoriy sharoitni ta’minlashga xizmat qiladigan turli-tuman yordamchi xizmat ko‘rsatuvchi sohalar majmui.
|