9-mavzu. Raqamli iqtisodiyotda neyrotexnologiyalar va sun’iy intellekt reja



Yüklə 318,02 Kb.
səhifə4/9
tarix19.12.2023
ölçüsü318,02 Kb.
#184960
1   2   3   4   5   6   7   8   9
9-mavzu. Raqamli iqtisodiyotda neyrotexnologiyalar va sun’iy int

birinchidan, u ishlab chiqarish munosabatlarining to‘liq izchilligini namoyish etgan holda rivojlangan industrial jamiyatga asoslanadi. Dunyodagi bironta rivojlangan mamlakat postindustrial xo‘jalik asoslariga industrial yo‘lni aylanib o‘tgan holda o‘tmagan. Rivojlangan moddiy ishlab chiqarishga ega bo‘lmagan, ya’ni industrial davlat sifatida rivojlanmagan holda rivojlangan postindustrial mamlakatga aylanishning imkoni yo‘q.
Ikkinchidan, birlamchi va ikkilamchi sektorlarda ishlayotganlar ulushini pasaygan bir paytda uchlamchi sektorda band bo‘lganlar sonining o‘sishi postindustrial jamiyat namoyon bo‘lishining tashqi omili bo‘lib xizmat qiladi, xolos.
Uchinchidan, xizmatlar sohasidagi strukturali o‘zgarishlar axborot xizmatlari sohasiga daxl qiladi – ularning jiddiy o‘sishi kuzatiladi, shuningdek, mahsulotlarning, ularni ishlab chiqarish va iste’mol qilish jarayonlari bir-biri bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan mahsulotlarning individuallik darajasi yuqoriligi bilan ajralib turadigan xizmatlar hamda intellektual xarakterdagi xizmatlar ulushining ortishi qayd etilmoqda.
To‘rtinchidan, uchlamchi sektorning o‘sishiga qaramay, jamiyatda qo‘shimcha mahsulot ishlab chiqarishda ustuvorlik moddiy ishlab chiqarish tarmoqlarida saqlanib qolmoqda. Aynan ular jamiyatning ijtimoiy sohasi, jumladan, xizmatlar sohasini rivojlantirishning asosiy manbasi bo‘lib qolavermoqda.
Beshinchidan, moddiy ishlab chiqarish sohasidagi o‘zgarishlar ishlab chiqarish vositalarining jadal rivojlanishi, mehnat unumdorligining ortishi va mos ravishda, uchlamchi sektorda qo‘llanadigan ishchi kuchining bo‘shatilishi bilan tavsiflanadi, bunda malaka darajasidan kelib chiqib, bu oddiy quyitarmoqlar bo‘lishi ham, mehnat bilan bandlardan yuqori intellektual tavsiflar talab qiladigan quyitarmoqlar bo‘lishi ham bo‘lishi mumkin. Ta’kidlash joizki, moddiy ishlab chiqarishda band bo‘lganlar sonining mutlaq qisqarishida ishlab chiqarish vositalari rivojlanishi bilan asoslanadigan mehnat unumdorligining o‘sishi hisobiga moddiy ishlab chiqarish tarmoqlari mahsulot hajmining ortishi ro‘y beradi.

Yüklə 318,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin