9-mavzu. Sath o‘lchashning elektr vositalari. Reja Электр сатҳ ўлчагичлар. Elektr o‘tkazuvchanlik



Yüklə 0,73 Mb.
səhifə2/2
tarix07.06.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#126317
1   2
9-maruza

2.Elektr o‘tkazuvchanlik.
Elektr o‘tkazuvchanlikka (aktiv qarshiligining o‘zgarishiga) asoslangan sath o‘lchagichlar elektr o‘tkazuvchan suyuqliklar sathni nazorat qilish, signalizatsiya va rostlash uchun xizmat qiladi.
Solishtirma qarshiligi Rс<106Оm∙m va dielektrik œtkazuvchanligi >7 bo‘lgan suyuqliklar elektr o‘tkazuvchi suyuqlik deyiladi.
27.3-rasmda sath signalizatorining sxemasi ko‘rsatilgan. Signalizatorning ishlash prinsipi elektrodlar 4 suyuqlik orqali ulanishi bilan rele chulg‘ami 3 dan tok o‘tishi va uning kontakti 5 ulanishi bilan signal lampasi СЛ yonib, yorug‘lik signali berishiga asoslanadi. Elektrodlar 4 ta’minlovchi transformator 2 ning ikkilamchi chulg‘amiga elektromagnit rele chulg‘ami 3 orqali ulangan. Suyuqlik sathi elektrodlargacha ko‘tarilib, ularni ulasa, suyuqliklarning o‘tkazuvchanligi tufayli signal lampasi СЛ yonadi, aksincha, suyuqlik sathi pastga tushib elektrodlarni uzsa, signal lampasi o‘chadi.
Signalizator zanjiridagi kuchlanish o‘zgarmas tokda 24V, o‘zgaruvchan tokda esa 36 V bo‘ladi. Bunday signalizatorlarni qovushoq, kristallanuvchi, qattiq cho‘kmalar hosil qiluvchi va elektrodlarga yopishib qoluvchi muhitlarda ishlatib bo‘lmaydi.
Yuqoridagi sath o‘lchagichlardan tashqari yana induktivli sath o‘lchash asboblari mavjud. Induktiv sath o‘lchagichlarning ishlash prinsipi bitta g‘altak induktivligi yoki ikki g‘altakning o‘z induksiyasi ularning elektr o‘tkazuvchi suyuqlikka botirilgan chuqurligiga bog‘liqligiga asoslangan.
Ikkala g‘altak induktivligi L1 va L2 o‘zgartirilganda ularning o‘z induktivligi tenglamaga mos ravishda o‘zgaradi,
(27.2)
bu yerda, К — tarqatish oqimi bilan aniqlanadigan aloqa koeffitsiyenti.
Bunday sath o‘lchagichlar yadroviy energetika qurilmalarida suyuq metall tarzidagi issiq eltuvchilar sathini o‘lchashda eng ko‘p tarqalgan.
«Kvant» turidagi diskret induktiv sath o‘lchagichlar chiqarilyapti. Ular harorati 680°С gacha bo‘lgan suyuqlantirilgan metall sathini o‘lchashga mo‘ljallangan.
NAZORAT SAVOLLARI
1.Sig‘imli sath o‘lchagichning sxemasi.
2. Signalizatorning ishlash prinsipi.
3. Induktiv sath o‘lchagichlarningishlash prinsipi.
Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin